Eshtursunov Davron Abdisamatovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Polimerlar sirtida nanoo‘lchamdagi metall zarrachalarini hosil qilish va ularning xossalari”, 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K726.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Davron Jumazarovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Haydar Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Ishankulov Alisher Farmonovich, kimyo fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sifatida polimerlar sirtida nanoo‘lchamdagi metall zarrachalarini hosil qilish va ularning xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora polivinilxlorid asosidagi PPE-2 anion almashinuvchi material sirtida Fe3O4 va CuO nanokristallari cho‘ktirish usuli asosida gidrotermal sharoitda sintez qilingan;
ilk bora 180 °C da 8 soat davomida sintez qilingan Fe3O4/PPE-2 nanokompozit material yordamida tekstil sanoat chiqindi suvlari tarkibida mavjud bo‘lgan zaharli organik bo‘yoq – Rodamin B (20 mg/10 mL eritma) quyosh nuri ta’sirida, pH=6.5–7.5 sharoitda 180 daqiqada 98,2% fotokatalitik parchalanishga uchradi. Fotokatalitik jarayonning kinetik tahlili natijasida reaksiyaning tezlik doimiysi 0,027 min⁻¹ ekanligi aniqlangan;
ilk bora sintez qilingan Fe3O4/PPE-2 va CuO/PPE-2 nanokompozit materiallar sirtidagi metall oksid nanokristallarning morfologiyasi ularning fotokatalitik va optik xossalariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi eksperimental ravishda aniqlangan;
ilk bora CuO/PPE-2 nanokompozit material patogen bakteriya shtammlari E. coli, P. aeruginosa kabi klinik muhim, antibiotiklarga chidamli bakterial shtammlarga nisbatan 36 ℃, 24 soat davomida samarali bakterisid ta’sir ko‘rsatgani eksperimental isbotlangan;
polimer tarkibidagi ionogen va kompleks bog‘lovchi guruhlar ishtirokida sintez qilingan nanokompozitlar, sof metall oksid nanokristallarga nisbatan yuqori disperslik, strukturaviy barqarorlik, fotokatalitik samaradorlik va antibakterial xossalarga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polivinilxlorid (PVX) asosida Fe3O4 va CuO zarrachalari bilan modifikatsiyalangan funksional nanokompozitlarning sintezi, morfologiyasi va fotokatalitik xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fe3O4/PPE-2 polimer nanokompozitining tarkibi, strukturasi, fotokatalitik faolligi va regeneratsion xossalarini tavsiflovchi ilmiy ma’lumotlardan xorijdagi 3 ta impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda foydalanilgan (Sustainability, 2025, Vol. 17, No. 9, p. 4084 (Journal Impact Factor, IF 3.3); Reactive and Functional Polymers, 2025, Vol. 216, Article 106457 (Journal Impact Factor, IF 5.1); Carbohydrate Polymer Technologies and Applications, 2025, Vol. 6, Article 100835 (Journal Impact Factor, IF 5.4)). Natijada, ushbu nanokompozit fotokatalizator sifatida Rodamin B bo‘yog‘iga nisbatan degradatsiyasida yuqori samaradorlikka ega materiallar sifatida tavsiflangan hamda ekologik xavfsiz va qayta ishlanadigan funksional materiallar yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
funksional polimer nanokompozit “Gurlan Global Teks” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 21.04.2025 yildagi №03-03/1-03/3-3815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu material korxonadan chiqadigan oqava suvlarni zararli moddalardan samarali tozalash imkonini bergan.