Xalilova Barno Toirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «STEAM ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentliligini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (geografiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8818.
Ilmiy rahbar: Xalilova Xurshida Teshabaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonava Dildora Nazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: STEAM ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirish bo‘uicha ilmiy asoslangan tavsiualar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirish modeli shaxsiy individual yo‘l xaritasiga ko‘ra ta’lim samaradorligini oshirish, qulay psixologik muhitni yaratishga qaratilgan virtual muhit va real bilim olish sur’ati dinamikasini texnologik sxemalashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini shakllantirish metodikasi axborot olish va uni qayta ishlash mobilligini oshirishga qaratilgan virtual ta’lim muhitidagi shaxsiy imkoniyatlar va hayotiy tajribani pedagogik kontentga manzilli adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirish jarayoni olingan bilim va ko‘nikmalarni haqiqiy pedagogik amaliyotda korreksion-rivojlantiruvchi shaklda faol qo‘llash, o‘zini rivojlantiruvchi masalalar bilan integrativ uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida texnologik kompetentlikning shakllanish samaradorligi pedagogik diffuziya faoliyatiga ko‘ra texnologik komponentlar shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning ilg‘or tendensiyalari mazmuniga mos jarayonli-adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. STEAM ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligining tarkibiy tuzilmasi va mazmunini ta’lim jarayonini optimallashtirish tamoyiliga ko‘ra STEAM ta’limning o‘quv materiallarini taqdim etish shakllarini diversifikatsiyalash imkoniyatlariga asoslanib kognitiv-nazariy, amaliy-operatsion, raqamli madaniyat va refleksiv komponentlar majmuasi asosida aniqlashtirishga oid xulosalar T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagodika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida ilmiy tadqiqot ishlari rejasining AI-XT-092997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadryatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolar” nomli amaliy loyiha doirasida bajarilgan (2024 yy.) loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasining imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentlikni shakllantirish metodikasini STEAM ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning professional harakatlarga internal va eksternal ta’sir darajasi mavjudligi sababli o‘qituvchining texnologik darajasini refleksiv rivojlantirish argumentlarini belgilash hamda “InnoTech STEAM” mualliflik metodi asosida takomillashtirishga oid materiallar mustaqil ta’lim va amaliu mashg‘ulotlar mazmuniga singdirilgan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagodika fanlari ilmiy tadqiqot instetuti Qoraqalpog‘iston fillarida ilmiy tadqiqot ishlari rejasining AI-XT-092997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalshning muammolar” nomli amaliy loyiha doirasida bajarilgan (2024 yy.) vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasining asosida Tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirishning funksional modelini STEAM ta’limning o‘qituvchi faoliyatida metodik tamoyillarning bilan ta’lim metodlari, shakllari va vositalari komparativligiga ko‘ra reversiv bosqichlarni tasniflash asosida ishlab chiqishga oid ilmiy tahliliy materiallar T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagodika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida ilmiy tadqiqot ishlari rejasining AI-XT-092997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolar” nomli amaliy loyiha doirasida bajarilgan (2024 yy.) vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada STEAM ta’limi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasining takomillashtirish ko‘lami kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida texnologik kompetentlikning shakllanish darajalarini kasbiy texnologik harakatni baholash hamda shaxsiy tajribaga ko‘ra axborotlarni qabul qilish pozisiyasining istiqbolni bashoratlashda ijobiy va salbiy evristikaning STEAM ta’lim bilan invariantligiga ko‘ra aniqlashtirishga oid takliflar T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagodika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida ilmiy tadqiqot ishlari rejasining AI-XT-092997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadryatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolar” nomli amaliy loyiha doirasida bajarilgan (2024 yy.) vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasining samaradorligi darajasi ortishiga ko‘maklashgan.