Hamidov Fayzullo Ramazonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er tuzish loyihalarida qishloq xo‘jaligi er turlari tarkibini optimallashtirish (Buxoro viloyati materiallari misolida)», 06.01.10–Er tuzilishi, kadastr va er monitoringi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T839.
Ilmiy rahbar: Avezbaev Sa’dulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Abdusoli Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev To‘lqin Mansurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er tuzish loyihalarida qishloq xo‘jalik er turlari tarkibini optimallashtirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er tuzish loyihalarida qishloq xo‘jalik er turlari tarkibini optimallashtirish usullari massivning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sharoitlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish bo‘linmasi er maydonini, ozuqa etishtirish va foydalanishni, yil davrlari bo‘yicha mehnat va ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish va ularni taqsimlash hamda tovar mahsulotlarini etishtirishni hisoblash usullari ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
etishtirilgan mahsulotni qayta ishlovchilar bilan birgalikda faoliyatini ta’minlovchi agroklasterlarni tashkil etish usullari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtiruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida yagona texnologik zanjirda bo‘lgan innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
er tuzish ishlarini tartibga solish dasturi sug‘oriladigan tuproqlarning bonitirovkalash natijalarini elektron tarzda tez va sifatli bajarilishini hamda “onlayn” tarzda markazlashgan boshqaruvini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er tuzish loyihalarida qishloq xo‘jalik er turlari tarkibini optimallashtirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
er tuzish loyihalarida qishloq xo‘jalik er turlari tarkibini optimallashtirishning takomillashtirilgan usullari va sug‘oriladigan tuproqlarni bonitirovkalash natijalarini elektron tarzda tez va sifatli bajarilishini hamda “onlayn” tarzda markazlashgan boshqaruvini ta’minlash dasturi «Davergeodezkadastr» tasarrufiga kiruvchi “O‘zdaverloyiha\" davlat ilmiy loyihalashtirish institutida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 31 yanvardagi 02-05-742-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan tuproqlarning bonitirovkalash ishlarini “onlayn” tarzda markazlashgan boshqarish imkoniyati yaratilgan;
erdan foydalanishi samaradorligini oshirishda klasterlarni qo‘llash iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida etishtirilgan mahsulotni qayta ishlovchilar bilan birgalikdagi faoliyatini ta’minlovchi agroklasterlarni tashkil etish usullari «Davergeodezkadastr» tasarrufiga kiruvchi “O‘zdaverloyiha\" davlat ilmiy loyihalashtirish instituti Buxoro filiali er tuzish loyihalarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 31 yanvardagi 02-05-742-son ma’lumotnomasi). Natijada yagona texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injinering, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish – inovatsion ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
fermer xo‘jaliklarining er maydonlari va ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish, ularni taqsimlash hamda tovar mahsulotlarini etishtirishni inobatga oluvchi iqtisodiy matematik modeli O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufiga kiruvchi Jondor tuman er resurslari va davlat kadastri bo‘limiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 31 yanvardagi 02-05-742-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi erlarining tuproq unumdorligi past va sho‘rlangan hududlarida erdan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlash imkoniyati yaratilgan.