Tashulatov Xurshid Shukurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Quyosh elementlari uchun mis(I) komplekslari va perovskit kvant nuqtalari sintezi va fotokimyoviy tadqiqoti”, 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.12 – Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/K211.
Ilmiy maslahatchilar: Nasimov Abdullo Murodovich, texnika fanlari doktori, professor;  Jingbin Zeng, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Norbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Mahesh Kumar, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi quyosh elementlari uchun mis(I) komplekslari va perovskit kvant nuqtalari sintezi va fotokimyoviy tadqiqotidan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Cu(I) ionining bipiridin, fenantrolin, fosfinofenil efir, hamda bixinolin hosilalari tutgan organik ligandlar L1 – L9 ishtirokida 4 ta gomoleptik hamda 14 ta yangi geteroleptik komplekslarieritma muhiti hamda mexanokimyoviy usullarda sintez qilingan;
sintez qilingan komplekslarning fotofizikaviy hamda fotokimyoviy xossalari optik spektroskopiya usullarida o‘rganilganda olingan kompleks birikmalarning qutbliligi turlicha bo‘lgan erituvchilar: metanol, atsetonitril, dimetilsulfoksid, dimetilformamid, toluol, geksan va bosqa erituvchilarda eruvchanligi o‘rganilgan; yaxshi erigan komplekslarning elektron yutilish spektrlari asosida ularning fotofizikaviy hamda fotokimyoviy xosalari haqida xulosa chiqarilgan; 
olingan lyuminessent xossali komplekslarning qo‘zg‘algan holatdan asosiy holatga o‘tish jarayonlari tadqiq qilinganda sensibilizator uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan kompleks birikmalar ajratilgan va ularning molekula tuzilishi bilan xossalari orasidagi bog‘liqlik tadqiq etilgan;
olingan gomoleptik hamda geteroleptik kompleks birikmalarning xossalari FTIQ spektroskopiyasi yordamida o‘rganilganda, mis(I) ioni bilan koordinatsiyalanish bipiridin, fenantrolin hamda bixinolin hosilalarida azot orqali ketgan bo‘lsa, fosfin hosilali kompleksda koordinatsiyalanish fosfor atomi orqali amalga oshsishi aniqlangan;
olingan kompleks birikmalarda metall-donor atomi bog‘ini tadqiq qilish uchun kombinatsion sochilish (Raman) spektroskopiyasi qo‘llanilgan hamda tegishli bog‘larga mos tebranish polosalari tahlili amalga oshilgan;
sterik tosʻilgan ligandli geteroleptik komplekslarning xossalarini kvantokimyoviy hisoblashlari  molekula qo‘zg‘almagan holda  yuqori to‘lgan molekulyar orbital (HOMO) markaziy ionda lokallanishi aniqlangan; shuningdek ularning qo‘zg‘algan holatdan asosiy holatga o‘tish dinamik jarayonlari vaqtga bog‘liq yutilish hamda fluoressensiya usullari yordamida tadqiq etilgan;  
sintez qilingan mis(I) ning gomoleptik hamda geteroleptik komplekslari turli erituvchilarda o‘rganilganda asosiy holda molekula tetraedrik tuzilishli bo‘lib, qo‘zg‘algan holda oksidlanib tekis kvadrat holiga o‘tishi hamda turli erituvchi molekulalari ta’sirida labillik oshishiga sabab bo‘lishi aniqlangan; 
sintez qilingan komplekslar BSQE da sensibilizator sifatida sinab ko‘rilgan;
erituvchi muhansidligi asosida barqaror galogenid noorganik hamda noorganik-organik perovskit KN CsPbBr3, CsPbI3, MAPbBr3, MAPbI3 sintez qilingan hamda sintez jarayonlarining optimal sharoitlari tanlangan;
metilammoniy yodid asosidagi perovskit kvant nuqtalarini atsetonitril erituvchida sintezini amalga oshirishda “yomon erituvchi” sifatida xloroform ishlatilganda olingan MAPbI3 KN 8 oygacha lyuminessent xossalarini saqlab qolishi aniqlangan; 
sintez qilingan perovskit kvant nuqtalarining fizik-kimyoviy hamda fotofizikaviy xossalari zamonaviy tahlil usullari yordamida o‘rganilganda ularning keng yutilish sohasi (quyosh nurlarini maksimal yutilishi) hamda tor nurlanish polosasini (⁓20 nm yarim maksimal kenglik) namoyon qilishi aniqlangan va turli sohalarda (LED, lazerlar, fotokataliz va h.k.) qo‘llanish mumkinligi qayd etilgan;
olingan noorganik hamda noorganik-organik perovskit kvant nuqtalarining kristall tuzilishi o‘rganilganda ularning barchasi faol perovskit faza uchun mos keladigan sodda kubik tuzilishga ega bo‘lishi (Pm3 ̅m) aniqlangan;
sintez qilingan barqaror perovskit KN perovskit quyosh elementlari uchun sensibilizator sifatida sinab ko‘rilgan va MAPbI3 KN sensibilzator sifatida ishlatilgan hamda bunday moddalar perovskit quyosh elementlari uchun mos kelishi aniqlangan;
olingan barqaror noorganik hamda noorganik-organik perovskit KN fotofizikaviy hamda fotokimyoviy xossalari o‘rganilganda ularning an’anaviy kvant nuqtalariga qaragada defektlar ta’siriga chidamliligi aniqlangan; 
sintez qilingan noorganik-organik perovskit kvant nuqtalari hamda noorganik kompleks birikmalar asosida BSQE-perovskit tandem quyosh elementlari tayyorlangan hamda xossalari o‘rganilganda [Cu(L9)2]PF6 kompleksi va MAPbI3 jufti tandem quyosh elementi hosil qilish uchun mos kelishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh elementlari gomoleptik hamda geteroleptik komplekslar, noorganik va noorganik-organik perovskit KN olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mis(I) ning turlig organik ligandlar bilan gomoleptik hamda geteroleptik komplekslari olingan. Olingan komplelkslar turli organik eritituvchilarda yuqori barqarorlikni namoyon qilishi aniqlangan hamda “Navoiazot” aksiyadorlik jamiyati “Markaziy laboratoriyasi”da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 27 maydagi № 03-4/3307 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mis ionini ekstraksiya qilish uchun yangi komplekslar taklif qilingan.  
Cu(I) ionining 4 ta gomoleptik 6 ta geteroleptik komplekslari bo‘yoq sezgir bo‘lgan quyosh elementlari uchun qo‘llanilganda bo‘yoq moddalar fotosensibilizatorlik hamda yuqori assimilyasiya koeffisientiga ega ekanligi aniqlangan hamda “BMAX building materials” MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“BMAX building materials” MChJ ning 2025 yil 21 apreldagi № 74/A sonli ma’lumotnomasi). Natijada molyar nur yutish koeffisienti yuqori bo‘lgan mis(I) komplekslari tanlangan.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2023-2025 yillari bajarilayotgan “Organik bo‘yoqlar bilan modifikatsiyalangan galoid perovskit kvant nuqtalarining optik xususiyatlarini sintez qilish va tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihasida dissertatsiyasida olingan ilmiy natijalardan foydalanilgan (2025 yil 24 apreldagi №10-1982 sonli ma’lumotnoma). Jumladan, tadqiqot davomida sintez qilingan metilammoniy qo‘rg‘oshin yodid perovskit kvant nuqtalari 8 oygacha o‘z xossalarini saqlab qolishi aniqlangan. Dissertatsiyada ko‘rsatilgan usullar tufayli perovskit materiallari eritmalarining fototurg‘unligini oshirish mumkin bo‘lgan. Bu esa ularni yangi turdagi quyosh panellarini ishlab chiqarishda foydalanish istiqbollarini ochib bergan.
Xitoy xalq respublikasi Xinjiang Shafiya Biotechnology Co., LTD. korxonasida noorganik hamda noorganik-organik yodid perovskit kvant nuqtalari biomolekulalarni aniqlashda qo‘llash uchun tavsiya qilingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish