Nuraliev Shuxrat Baxtiyorovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Antratsen va uning hosilalari asosida biologik faol moddalar olish texnologiyasi”, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K957.
Ilmiy rahbar: Nurmonov Suvanqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirxamitova Dilorom Xudoyberdievna, texnika fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Anvar Egamberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot sifatida: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tar-mahsulot tarkibidagi antratsen va uning hosilalari asosida biologik faol moddalar olish, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun  biologik  faolligini aniqlash, sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
piroliz jarayoni ikkilamchi tar-mahsuloti tarkibi aniqlangan, suyuqlanish va erituvchilarda erish xususiyatiga ko‘ra qayta kristallab antratsen 17,7 %,  9-metilantratsen 3,56 %,  2-metilantratsen 3,1 % ajratib olingan;
ilk bor 2-metilantratsen va 9-metilantratsenni karbon kislotagacha oksidlash reaksiyalarida nitrat kislota qo‘llanilgan;
tar-mahsulotdan ajratib olingan antratsen bilan qo‘rg‘oshin (IV)- atsetat ishtrokida antratsen-9-il atsetat sintez qilish usuli ishlab chiqilgan va reaksiyaning mexanizmi taklif etilgan;
antratsen va qo‘rg‘oshin (IV)- atsetat ishtrokida antratsen-9-il atsetat olish texnologiyasi yaratilgan va mahsulotning mahallilashtirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi mahsuloti hisoblangan tar-mahsulotidan ajratib olingan antratsen va uning hosilalaridan sintez qilingan efirlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan metil antratsen-2-karboksilat, metil antratsen-9-karboksilat, antratsen-9-il atsetat efirlari biologik faol modda sifatida “Norin klaster don” MChJ va “Max Izmailov” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2024 yil 1 avgustdagi 2-8/3276-son ma’lumotnomasi). Natijada ombor uzunburuni Sitophilus granarius zararkunandasining 90-93 % nobud bo‘lishiga va import preparatini mahalliylashtirish imkonini bergan;
olingan metil antratsen-2-karboksilat, metil antratsen-9-karboksilat, antratsen-9-il atsetat efirlari biologik faol modda sifatida “Elektrkimyozavodi” QK AJ da amaliyotga joriy qilingan (“Elektrkimyozavodi” QK aksiyadorlik jamiyati 2024 yil 17 iyulgadi № 76- son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shma korxonasining 2025-2027 yillardagi pestisidlar ishlab chiqarish istiqbolli rejalariga kiritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish