Xonnazarova Saltanat Tulqinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab biologiya ta’limida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6639.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab biologiya ta’limida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab biologiya ta’limida o‘quvchilar kognitiv faoliyatini faollashtirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv kompetentlikni rivojlantirishga ustuvorlik berish hamda kognitiv faoliyatni takomillashtirishning innovatsion metodik tizimini ishlab chiqish, kognitiv faoliyat topshiriqlarini chuqur va ko‘p qirrali integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
biologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarining kognitiv faoliyatini faollashtirishning funksional-metodik modeli maqsadli, mazmunli va natijaviy komponentlari xorijiy tajribalar asosida integral muvofiqlashtirish, o‘quv jarayonini tizimli rejalashtirish, o‘quv materiallarini maqsadli identifikatsiyalash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini kompleks baholash hamda ularning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etishga oid komponentlar asosida takomillashtirilgan;
biologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarining kognitiv faoliyatini faollashtirishning zamonaviy metodik ta’minoti muammoli-izlanishga asoslangan o‘quv topshiriqlari (keyslar), kreativ fikrlashni ragʻbatlantiruvchi intellektual, va mental xaritalar ijodiy topshiriqlar hamda mustaqil ta’lim jarayonini optimallashtirishga qaratilgan kognitiv-rivojlantiruvchi materiallar asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini baholash samaradorligi kognitiv faoliyatni ko‘p qirrali va obektiv baholash, ularning individual rivojlanish dinamikasini diagnostikalash, monitoring qilish orqali aniqlash, zarur pedagogik korreksiyalash hamda biologiya ta’limi samaradorligini orttirish texnologiyasi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab biologiya ta’limida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktab biologiya ta’limida o‘quvchilar kognitiv faoliyatni faollashtirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv kompetentlikni rivojlantirishga ustuvorlik berish hamda kognitiv faoliyatni takomillashtirishning innovatsion metodik tizimini ishlab chiqish, kognitiv faoliyat topshiriqlarini chuqur va ko‘p qirrali integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalari "Biologiyani o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan va amaliyotga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 28-oktyabrdagi 313.1-sonli qarori asosida berilgan 2024-481U-483 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Maktab biologiya ta’limida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirishda raqamli ta’lim imkoniyatlari kengaytirilgan;
biologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarining kognitiv faoliyatini faollashtirishning funksional-metodik modelini maqsadli, mazmunli va natijaviy komponentlarni xorijiy tajribalar asosida integral muvofiqlashtirish, o‘quv jarayonini tizimli rejalashtirish, o‘quv materiallarini maqsadli identifikatsiyalash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini kompleks baholash hamda kognitiv-assosiativ a’loqalarni modelli transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalari "Xalqaro baholash tadqiqotlari (PISA, TEMSS, PIRLS)" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrugʻi asosida berilgan 194-345 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktab biologiya ta’limida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirish mazmuni boyitilgan;
biologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarining kognitiv faoliyatini faollashtirishning zamonaviy metodik ta’minoti muammoli-izlanishga asoslangan o‘quv topshiriqlari (keyslar), kreativ fikrlashni ragʻbatlantiruvchi intellektual va mental xaritalar ijodiy topshiriqlar hamda mustaqil ta’lim jarayonini optimallashtirishga qaratilgan kognitiv-rivojlantiruvchi materiallar asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari "Biologiyani o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 29-martdagi 11-05-1971/04-sonli dalolatnoma). Natijada, maktab biologiya ta’limida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga yoʻnaltiruvchi o‘qitishning intensivligi ta’minlangan;
o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini baholash samaradorligi kognitiv faoliyatni ko‘p qirrali va obektiv baholash, ularning individual rivojlanish dinamikasini diagnostikalash, monitoring qilish orqali aniqlash, zarur pedagogik korreksiyalash hamda biologiya ta’limi samaradorligini orttirish texnologiyasi asosida aniqlashtirishga oid yondshuvlari "Xalqaro baholash tadqiqotlari (PISA, TEMSS, PIRLS)" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 29-martdagi 11-05-1971/04-sonli dalolatnoma). Natijada, maktab biologiya ta’limida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini baholash metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.