Doniyorov Muxiddin Normamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Biologiya darslarida xalqaro baholash tadqiqotlari PISA topshiriqlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7812.
Ilmiy rahbar: Azimov Ibragimjon Toshpulatovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Arepbaev Islambek Muratbaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biologiya darslarida oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishda PISA xalqaro baholash tadqiqotlaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari biologiya fanining ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan xalqaro tadqiqot natijalarini tahlil qilish, o‘quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashning innovatsion muhitini yaratish, kognitiv, jarayonli, refleksiv, motivatsiyali tamoyillar, tayanch va fanga doir kompetensiyalar bilan integrativ, refleksiv aloqalarini ta’minlash, kontekst tuzilishdagi mashqlar hamda PISA topshiriqlaridan foydalanish samaradorligini prognozlash asosida aniqlashtirilgan;
biologiya fanidan o‘quvchilar tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholashning turli darajadagi (matnidagi ma’lumotlarni eslab qolish va gapirib berish, g‘oya va malakalar, strategik fikrlash, kengaytirilgan fikrlash) asosida ishlab chiqilgan kontekst PISA topshiriqlari orqali o‘quvchilarning intelektual salohiyatli, iqtidorli, kreativ fikrlaydigan va kommunikativ kompetentligi (umumiy, kasbiy, ijodiy, reproduktiv, samarali aloqalarni o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash)ni rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
xalqaro baholash dasturi biologiya fanini o‘qitishning tarkibiy asoslari (mazmuni, maqsadi va vazifalari) hamda o‘quvchilarning shaxsiy-hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirishga asoslangan ta’limning interaktiv muhitiga moslashuvchanligini adaptiv va amaliy yo‘nalganlik tamoyillari asosida rivojlantirish, PISA topshiriqlarini yaratishga qo‘yiladigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik talablar hamda biologiya darslarining barcha turlariga refleksiv moslashtirish asosida “Biologiya o‘qitishda xalqaro baholash” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan;
biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini PISA topshiriqlari asosida tashkil etish darajalari (reproduktiv, produktiv, izlanishli, ijodiy) mazmuni xalqaro baholash dasturiga muvofiq (standart, nostandart, ochiq javobli va kompyuterda bajarishga asoslangan testlar) topshiriqlar asosida takomillashtirilgan hamda o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan didaktik va metodik ta’minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiya darslarida xalqaro baholash tadqiqotlari PISA topshiriqlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablari biologiya fanining ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan xalqaro tadqiqot natijalarini tahlil qilish, o‘quvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashning innovatsion muhitini yaratish, kognitiv, jarayonli, refleksiv, motivatsiyali tamoyillar, tayanch va fanga doir kompetensiyalar bilan integrativ, refleksiv aloqalarini ta’minlash, kontekst tuzilishdagi mashqlar hamda PISA topshiriqlaridan foydalanish samaradorligini prognozlashga oid takliflar “Biologiya o‘qitish metodikasidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi TDPU Kengashining 2024-yil 30-noyabrdagi 4/3.1-sonli qarori asosida berilgan 2024-581U-500 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari biologiya o‘qitish tizmida xalqaro baholash tadqiqot natijalarini tahlil qilish imkoni yaratilgan;
biologiya fanidan oʻquvchilarning intelektual salohiyatli, iqtidori, kreativ fikrlaydigan va kommunikativ kompetentligi hamda tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari asosida rivojlantiruvchi turli darajadagi PISA kontekst topshiriqlar tizimi “Biologiya o‘qitish metodikasidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi TDPU Kengashining 2024-yil 30-noyabrdagi 4/3.1-sonli qarori asosida berilgan 2024-581U-500 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, biologiya fanidan oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari asosida rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimini tadbiq etish samaradorligi oshgan;
xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish biologiya fanini o‘qitishning tarkibiy asoslari hamda shaxsiy-hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirishga asoslangan ilmiy-metodik ta’minotini PISA topshiriqlarini bajarishga o‘rgatuvchi metodlarni amaliyotga joriy etishga oid takliflar “Biologiya o‘qitishda xalqaro baholash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida berilgan 194-345 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlar asosida rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minotini PISA topshiriqlarini bajarishga o‘rgatuvchi metodlarni amaliyotga joriy etish imkoni kengaytirilgan;
biologiya o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini PISA topshiriqlari asosida tashkil etish mazmuni xalqaro baholash dasturiga muvofiq o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan didaktik va metodik ta’minotini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan "Biologiya o‘qitish jarayonida 7-sinf oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini PISA xalqaro tadqiqotlarini tatbiq etish metodikasini takomillashtirish modeli”iga oid takliflardan Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy tadqiqot rejasining “Pedagogik yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha ilg‘or pedagogika texnologiyalarini joriy etish, pedagog kadrlarni sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, elektron ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirish, o’quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, multimedia va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish” nomli ustuvor yo’nalish doirasida yaratilgan didaktik materiallar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 11-yanvardagi 11-05-179/04-sonli dalolatnoma). Natijada, umumta’lim maktablari o‘quvchilarning PISA topshiriqlari bajarish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish