Omonqulov Ulug‘bek Maxsiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Biologiya darslarida iqtidorli o‘quvchilarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7873.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Uchqun Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bakirov To‘lqinjon Yunusalievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD),  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biologiya darslarida iqtidorli o‘quvchilarnining tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtidorli o‘quvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishga doir ilgari mavjud bo‘lgan pedagogik, psixologik, metodik va didaktik qarashlar qiyosiy tahlil qilinib, ular tizimli tartibda umumlashtirildi, biologiya fanini o‘qitish jarayonida tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik imkoniyatlar aniqlanib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha kompleks yondashuv ishlab chiqildi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda biologik bilimlarni egallashda ilmiy-tadqiqot uslublaridan samarali foydalanish mexanizmlari, biologiya fanining o‘ziga xos tabiiy-ilmiy mazmuni va eksperimentallik xususiyatidan kelib chiqib, iqtidorli o‘quvchilarni ilmiy izlanishga yo‘naltiruvchi darsdan tashqari mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, kichik ilmiy loyihalar va muammoli vaziyatlar asosida tashkil etiladigan o‘quv faoliyati shakllari, tadqiqotchilik kompetensiyasini baholash va rivojlanish dinamikasi aniqlashtirilgan;
mazkur tadqiqot doirasida biologiya fanining nazariy va amaliy imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali iqtidorli o‘quvchilarning mustaqil izlanish faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan zamonaviy, innovatsion yondashuvlar tizimi ishlab chiqildi, biologiyaning eksperimental, diagnostik va ekologik yo‘nalishlariga oid mavzularda kichik hajmli tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bosqichma-bosqich metodik tavsiyalar, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, analitik tafakkurini rivojlantirish, empirik kuzatish asosida ilmiy xulosalar chiqarish, gipoteza ilgari surish va uni tekshirish kabi tadqiqotchilik faoliyatining asosiy komponentlari aniqlashtirildi, iqtidorli o‘quvchilar bilan individual va guruhiy ishlash, ularni fan olimpiadalari, ilmiy konferensiyalar, loyiha tanlovlariga tayyorlash jarayonida qo‘llash takomillashtirilgan;
tadqiqot doirasida rivojlangan davlatlar ta’lim tizimlarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar, xususan biologiya fanida o‘quvchilarning tadqiqotchilik salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni kichik ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, integrativ yondashuvlari asosida darslarni loyihalash va amaliyotga joriy etish mexanizmlari chuqur tahlil qilingan. Bu tajribalar asosida O‘zbekiston ta’lim tizimining xususiyatlari, mavjud infratuzilma va metodik baza inobatga olingan holda biologiya darslarida iqtidorli o‘quvchilarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan takomillashtirilgan pedagogik model ishlab chiqilgan;
tadqiqot jarayonida iqtidorli o‘quvchilarning tadqiqotchilik faoliyatini samarali rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlari to‘plami ilmiy-nazariy asoslar nuqtaiy nazaridan qayta ko‘rib chiqildi va mazmunan takomillashtirildi, biologiya fanining o‘ziga xos xususiyatlari – tajriba, kuzatuv, diagnostika va modellashtirish kabi faoliyat turlari asosida tuzilgan o‘quv topshiriqlari o‘quvchilarning analitik, tanqidiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularni real hayotiy muammolarni ilmiy asosda echishga yo‘naltirish imkonini beruvchi vosita sifatida qayta ishlab chiqildi, o‘quv topshiriqlarining mazmuni, murakkablik darajasi, natijadorlik ko‘rsatkichlari va baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan metodik ta’minot ishlab chiqilgan. Bu ta’minot o‘qituvchilarga o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, ularning mustaqil izlanish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, biologiya fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar bilan integratsiyalashtirish imkoniyatlari takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlarining tizimlashtirilgan shakli hamda ularni o‘qitish jarayoniga samarali integratsiya qilish bo‘yicha didaktik va metodik ta’minot sifatida “Biologiyani o‘qitishda innovatsion texologiyalar”, “Biologiyadan masala va mashqlar testlar echish (odam va uning salomatligi)” nomli o‘quv qo‘llanmalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiya darslarida iqtidorli o‘quvchilarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
mavzuning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish, taklif etilgan model va metodik tavsiyalarni asoslash hamda ularni amaliyotda sinovdan o‘tkazish maqsadida kompleks ilmiy-tadqiqot usullari majmuasidan foydalanildi. Jumladan: nazariy tahlil usuli orqali mavzuga oid mahalliy va xorijiy pedagogik, psixologik, falsafiy hamda ilmiy-metodik adabiyotlar, ilg‘or tajribalar va elektron resurslar qiyosiy tahlil qilinib, tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqishga oid takliflar “Biologiyani o‘qitishda innovatsion texologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1 son qaroriga asosan berilgan 2024/214U-294 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik, psixologik, metodik va didaktik adabiyotlarda iqtidorli o‘quvchilarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishni tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
iqtidorli o‘quvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishga xizmat qiluvchi biologiya fanida mustaqil tadqiqot olib borish bo‘yicha nazariy tahlil usuli orqali mavzuga oid mahalliy va xorijiy pedagogik, psixologik, falsafiy hamda ilmiy-metodik adabiyotlar, ilg‘or tajribalar va elektron resurslar qiyosiy tahlil qilinib, tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqishga oid takliflar “Biologiyani o‘qitishda innovatsion texologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining      2025-yil 17-martdagi 11-05-1649/04-sonli ma’lumotnoma). Natijada, biologiya fanidan umumta’lim maktablariga iqtidorli o‘quvchilar uchun tadqiqot metodlari, shakllari va vositalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
xorijiy tajribalar asosida biologiya darslarida iqtidorli o‘quvchilarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion modelni ishlab chiqishga oid metodik tavsiyalarni asoslash hamda ularni amaliyotda sinovdan o‘tkazish maqsadida kompleks ilmiy-tadqiqot usullari majmuasidan foydalanildi. Jumladan: nazariy tahlil usuli orqali mavzuga oid mahalliy va xorijiy pedagogik, psixologik, falsafiy hamda ilmiy-metodik adabiyotlar, ilg‘or tajribalar va elektron resurslar qiyosiy tahlil qilinib, “Biologiyani o‘qitishda innovatsion texologiyalar”, “Biologiyadan masala va mashqlar echish (odam va uning salomatligi)” nomli o‘quv qo‘llanmalar asosida takomillashtirishga oid takliflar “Biologiyadan masala va mashqlar echish (odam va uning salomatligi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-noyabrdagi 4/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2024-581U-491 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishda biologiyadan o‘quv topshiriqlarini shakllantirish va metodik tizimini takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish