Allanazarov Olimjon Raxmonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «GAT texnologiyalari asosida aloqa ob’ektlari kadastrining kartografik-geodezik ta’minotini takomillashtirish», 11.00.06–Geodeziya. Kartografiya (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T968.

Ilmiy rahbar: Muxitdinov Muxsinjon Mo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Avezboev Sa’dulla Avezboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Doniyor Ochilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: aloqa ob’ektlari kadastrini kartografik-geodezik ta’minlash, uning elektron kartalarini GAT  texnologiyalarida tuzish, kadastr kartografik tizimini ishlab chiqish hamda ma’lumotlar bazasini yaratish usullarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

aloqa ob’ektlari toifalari va ko‘rsatkichlarini guruhlash usullari GAT texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;

aloqa ob’ektlari kadastrini kartografik-geodezik ta’minlash usullari geografik axborot tizimlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;

aloqa ob’ektlarini planga olish va topografik-geodezik asosini yaratish GPS o‘lchash usullariga muvofiq takomillashtirilgan;

aloqa ob’ektlari raqamli kartalarini yaratish usullari kadastrni kartografik ta’minlash algoritmi asosida takomillashtirilgan;

aloqa kadastri «Aloqa-GAT» ma’lumotlar bazasi modeli kadastr kartalarini yaratishni inobatga olgan holda takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

GAT texnologiyalari asosida aloqa ob’ektlari toifalari va ko‘rsatkichlari xususiyatlariga ko‘ra kadastr tadqiqot ob’ekti sifatida guruhlashtirish tamoyillarini inobatga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

GAT texnologiyalari asosida takomillashtirilgan aloqa ob’ektlari toifalari va ko‘rsatkichlarini guruhlash usullari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Geodeziya va kartografiya Milliy markazida aloqa ob’ektlari davlat kadastrini olib borishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 02/02-5199-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida aloqa ob’ektlari davlat kadastri ma’lumotlar bazasini guruhlar bo‘yicha shakllantirish imkoniyati yaratilgan;

kadastrni kartografik ta’minlash algoritmi asosida takomillashtirilgan aloqa ob’ektlari raqamli kartalarini yaratish usullari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasi tasarrufidagi Geodeziya va kartografiya Milliy markazida aloqa ob’ektlari davlat kadastrini olib borishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 02/02-5199-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida barcha davlat kadastrlarida, jumladan, aloqa ob’ektlari kadastrida ham geografik axborot tizimlari ArcGIS, MapInfo, Panorama dasturlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan;

kadastr kartalarini yaratishni inobatga olgan holda takomillashtirilgan aloqa kadastri «Aloqa-GAT» ma’lumotlar bazasi modeli O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasi tasarrufidagi Geodeziya va kartografiya Milliy markazida aloqa ob’ektlari davlat kadastrini olib borishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2018 yil 2 iyuldagi 02/02-5199-son ma’lumotnomasi). Natijada kadastr ob’ektlarining iqtisodiy va sifat ko‘rsatkichlarini baholashda raqamli kartalarni yaratish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish