Akramxodjaeva Dilfuza Shakadirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antifosfolipid sindromli kelib chiqishi turli bo‘lgan nefropatiyalar klinik-immunologik jihatlari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib234.

Ilmiy rahbar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.30.08.2018.Tib.50.01.

Rasmiy opponentlar: Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlari doktori; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: antifosfolipid sindromli (AFS) kelib chiqishi turli bo‘lgan nefropatiyalarning klinik-immunologik jihatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

antifosfolipid sindromli kelib chiqishi turli bo‘lgan nefropatiyalarda yallig‘lanishning o‘tkir fazasi oqsillari (SRB) miqdorining ortishi kasallikning og‘irlik darajasi hamda trombotik asoratlar yuzaga kelishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;

ilk bor antifosfolipid sindrom bilan assotsiirlangan birlamchi nefropatiyalarda immun tizim ko‘rsatkichlarning buyraklar faoliyati, klinik-laborator hamda gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;

antifosfolipid sindromli kelib chiqishi turli bo‘lgan nefropatiyalarda immunitetning T-hujayraviy bo‘g‘ini (CD3+, CD4+, CD8+) va nospesifik rezistentligi (CD16+) ko‘rsatkichlari mutanosib ravishda pasayishining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

antifosfolipid sindrom bilan assotsiirlangan birlamchi nefropatiyalarda yallig‘lanishga xos (IL-1β, IFN-γ) va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-4) miqdorining o‘zaro nomutanosib ortishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Antifosfolipid sindromli kelib chiqishi turli bo‘lgan nefropatiyalar klinik-immunologik jihatlarini aniqlash va tashxislashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Antifosfolipid sindromli va AFSsiz birlamchi nefropatiyalarning serologik markerlari va immunologik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 8n-d/31-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma antifosfolipid sindrom bilan assotsiirlangan birlamchi nefropatiyalarni tashxislashda serologik va immunologik markerlarni aniqlash, tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;

«Birlamchi va ikkilamchi antifosfolipid sindrom bilan assotsiirlangan nefropatiyalarning immunologik ko‘rsatkichlarining solishtirma tahlili» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 8n-d/31-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma antifosfolipid sindromli kelib chiqishi turli bo‘lgan nefropatiyalar immun tizim ko‘rsatkichlari holatini erta tashxislash va taqqoslash, autoimmun jarayon rivojlanishini bashoratlash va kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishga xizmat qilgan;

antifosfolipid sindromli kelib chiqishi turli bo‘lgan nefropatiyalar klinik-immunologik jihatlarini aniqlash va tashxislashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent shahar nefrologiya markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi I va III klinikalari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 dekabrdagi 8n-z/246-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshiradi, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallikni dializgacha bo‘lgan muddatini uzaytirish, asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish