Paluanova Gulmira Jolimbetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Quyi Amudaryo deltasida tarqalgan sichqonsimon kemiruvchilar (Rodentia: Nesokia indica, Mus musculus, Microtus transcaspicus)ning bioekologiyasi va ular bilan zamonaviy kurash usullari”, 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B982.
Ilmiy rahbar: Asenov Gappar, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Seytnazarov Sulayman Kutlimuratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Amudaryo deltasida tarqalgan sichqonsimon kemiruvchilar (Rodentia: Nesokia indica, Mus musculus, Microtus transcaspicus)ning bioekologiyasini asoslash, tarqalish xususiyatlarini va ahamiyatini ochib berish, ularga qarshi zamonaviy kurash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quyi Amudaryo deltasi to‘qay va agrolandshaftlaridagi Plastinka tishli kalamush, uy sichqoni va Kaspiy orti dala sichqonining landshaftlararo tarqalishi tahlil qilingan;
ilk bor Kaspiy orti dala sichqonining bioekologik xususiyatlari tavsiflangan;
Quyi Amudaryo deltasida tarqalgan Nesokia indica, Mus musculus, Microtus transcaspicus turlarining son dinamikasidagi o‘zgarishlari va ularning ko‘payish biologiyasi ochib berilgan;
to‘qay va agrolandshaftlardagi sichqonsimon kemiruvchilarning trofik aloqalari va ahamiyati ochib berilgan;
sichqonsimon kemiruvchilar keltiradigan zararining oldini olish va ular bilan zamonaviy kurash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyi Amudaryo deltasida tarqalgan sichqonsimon kemiruvchilar (Rodentia: Nesokia indica, Mus musculus, Microtus transcaspicus)ning bioekologiyasi va ular bilan zamonaviy kurash usullari yuzasidan olingan ilmiy natijalari asosida:
Quyi Amudaryo deltasining to‘qay va agrolandshaftlarida tarqalgan Plastinka tishli kalamush, uy sichqoni, Kaspiy orti dala sichqoni sonining hozirgi holati, ekologik sharoitlarda tarqalishi, joylashishi, ko‘payish biologiyasidagi o‘zgarishlar hamda biologik resurslarni saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 26 yanvardagi 01/18-2-283-son ma’lumotnomasi). Natijada, sichqonsimon kemiruvchilar populyasiyalari holatini baholash va saqlab qolish imkonini bergan;
Quyi Amudaryo deltasining tabiiy hududlarida, uning atrofidagi aholi turar joylarida, omborxonalarida va ekin maydonlarida tarqalgan sichqonsimon kemiruvchilarning bioekologiyasi, ko‘payishidagi nasldorligi o‘rganilgan va uning turli yuqumli kasalliklarni tarqatishdagi ahamiyati qiyosiy tahlil qilinib, olingan ilmiy va amaliy natijalar o‘rganilgan hududning turli qismlarida istiqomat qilayotgan, faoliyat olib boradigan har xil soha vakillari foydalanishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 24 yanvardagi 01/383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan sichqonsimon kemiruvchilar populyasiyasi, bioekologiyasi o‘rganilib aniq ma’lumotlar asosida monitoring qilish hamda ushbu turlarning turli yuqumli kasalliklarni saqlashdagi va tarqatishdagi ahamiyatini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish