Yarov Jaxongir Baxodirovchning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘sma etiologiyali o‘tkir yo‘g‘on ichak tutilishini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3448.
Ilmiy rahbarlar: Shukurov Bobir Ibragimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.V. Sklifosovskiy nomidagi Tez yordam ilmiy tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi MSKT va ichak dekompressiyasining kam invaziv usullaridan ustuvor foydalanish yo‘li bilan o‘sma etiologiyali o‘tkir yo‘g‘on ichak tutilishini tashxislash va davolash taktikasini tanlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir obturatsion yugon ichak tutilishini rivojlanishida bemorlarning yosh va jinsi, yo‘ldosh kasalliklar turi, yo‘g‘on ichakning shikastlanish sathi, o‘sma jarayonining bosqichi va gistologik strukturasi kabi omillarining kasallikning klinik kechishini prognozlashda ahamiyati asoslangan;
taklif etilgan mul`tislays kompyuter tomografiya belgilar asosida yo‘g‘on ichakning shikastlanish darajasini, o‘sma jarayonining tabiati va bosqichini, asoratlar va qorin bo‘shlig‘i metastazlarining mavjudligini aniqlashga imkon beradigan majmuaviy diagnostik yondashuvi va uning asosidagi shaxsiylashtirilgan xirurgik davolashning strategiyasining samaradorligi isbotlangan; 
o‘tkir obturatsion yug‘on ichak tutilishini xirurgik davolashida shoshilinch ochiq palliativ radikal operatsiyalarni qo‘llashni cheklash hamda ichak dekompressiyasining kam invaziv usullarini qo‘llashga ko‘rsatmalar kengaytirilishi ularning xavfsizligi va davolash natijalarini ishonchli darajada yaxshilash imkon berishi hisobiga asoslangan;
o‘tkir obturatsion yugon ichak tutilishini tashxislash va davolashda noinvaziv va kam invaziv tashxislash (mul`tislays kompyuter tomografiyasi, irrigografiya va kolonoskopiya) va davolash (endoskopik stentlash va kam invaziv kirish orqali kolostomiya) usullarda asoslangan yangi tashhislash va davolash algoritmining davolash taktikasini muqobillashtirishiga, xirurgik amaliyotlarning shikastlantirish darajasini kamaytirishga va davolashning natijalarini yaxshilashi hisobiga samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“O‘sma etiologiyali o‘tkir yo‘g‘on ichak tutilishini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish “ mavzusidagi yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 25 aprel` 16/15 sonli xulosasiga  ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: utkir obturatsion yugon ichak tutilishi bilan og‘rigan bemorlarning yosh va jins tarkibini, yo‘ldosh kasalliklar turini, yo‘g‘on ichakning shikastlanish sathini, o‘sma jarayonining bosqichini va gistologik tuzilmasini batafsil majmuaviy tahlil qilish orqali ushbu toifadagi bemorlarning klinik profili tavsiflanganligi 2024 yil 12 martida Respublika shoshilinch tibbiy yordamilmiy markazining (RShTYoIM) Ilmiy kengashi yig‘ilishida №1 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan, “O‘sma eitiologiyali o‘tkir obstruktiv yo‘g‘on ichak tutilishida yo‘g‘on ichakni vaqtinchalik dekompressiyasini kam invaziv usullari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Tavsiyanoma RShTYoIM ning Namangan (07.05.2025 yil; №5/1son buyruq) va Buxoro (28.12.2024 yil; №273 son buyruq) filiallarining  klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: utkir obturatsion yugon ichak tutilishi bilan og‘rigan bemorlarning yosh va jins tarkibini, yo‘ldosh kasalliklar turini, yo‘g‘on ichakning shikastlanish sathini, o‘sma jarayonining bosqichini va gistologik tuzilmasini batafsil majmuaviy tahlil qilish orqali davolash taktikasini aniq tanlab olishga va tashxislash sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari keraksiz bo‘lgan tashxislash muolajalarini qisqartirish va davolash samaradorligini oshirish natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan 575000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=61) 35075000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor kasallikni o‘sma tabiatini, yo‘g‘on ichakning shikastlanish darajasini, o‘sma jarayonining bosqichini, asoratlar va qorin bo‘shlig‘i metastazlarining mavjudligini aniqlashga imkon beradigan bevosita va bilvosita belgilarni o‘z ichiga oluvchi utkir obturatsion yugon ichak tutilishining multislays kompyuter tomografiya semiotikasi bir tizimga keltirildi va illyustratsiyalar bilan to‘liq bayon etilgan hamda ushbu murakkab onkologik kasallikni xirurgik davolashning shaxsiylashtirilgan strategiyasini tanlashda multislays kompyuter tomografiya belgilar muhim rol` o‘ynashi asoslanganligi 2024 yil 12 martida Respublika shoshilinch tibbiy yordamilmiy markazining (RShTYoIM) Ilmiy kengashi yig‘ilishida №1 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan,  “O‘sma etiologiyali o‘tkir obstruktiv yo‘g‘on ichak tutilishida yo‘g‘on ichakni vaqtinchalik dekompressiyasini kam invaziv usullari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga joriy etilgan.  Tavsiyanoma RShTYoIM ning Namangan (07.05.2025 yil; №5/1son buyruq) va Buxoro (28.12.2024 yil; №273 son buyruq) filiallarining  klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: MSKTni qo‘llanilishi tashxislash aniqligini oshirishga va qorin ichi metastazlari xamda asoratlarni erta aniqlanishi hisobiga davolash natijalarini yaxshilashga asos bulgan. Iqtisodiy samaradorligi: tashxis qo‘yishni tezlashtirish va tashxislashning samarasiz usullariga bo‘lgan xarajatlarni pasaytirish natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan 575000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=61) 35075000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: utkir obturatsion yugon ichak tutilishini xirurgik davolashda shoshilinch ochiq palliativ radikal operatsiyalarni qo‘llashni cheklash hamda ichak dekompressiyasining kam invaziv usullarini qo‘llashga ko‘rsatmalarni kengaytirishning maqsadga muvofiqligi va xavfsizligi, bunday yondashuv orqali operatsiyalarning shikastlantiruvchanligini kamaytirish va davolash natijalarini ishonchli darajada yaxshilash mumkinligi isbotlanganligi 2024 yil 12 martida Respublika shoshilinch tibbiy yordamilmiy markazining (RShTYoIM) Ilmiy kengashi yig‘ilishida №1 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan, “O‘sma eitiologiyali o‘tkir obstruktiv yo‘g‘on ichak tutilishida yo‘g‘on ichakni vaqtinchalik dekompressiyasini kam invaziv usullari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasida o‘z aksini topdi. Tavsiyanoma RShTYoIM ning Namangan (07.05.2025 yil; №5/1son buyruq) va Buxoro (28.12.2024 yil; №273 son buyruq) filiallarining  klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni  54,3% dan 11,1–14,0%gacha, o‘lim holatini 19,4% dan 4,6–5,6% gacha pasaytirdi va bemorlarning hayot sifatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Kasalxonada davolanish davomiyligi 11 dan 4 kungacha qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=61) 12627000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: utkir obturatsion yugon ichak tutilishini tashxislash va davolashda noinvaziv va kichik invaziv tashxislash (MSKT, irrigografiya va kolonoskopiya) va davolash (endoskopik stentlash va kichik-kirish orqali kolostomiya) usullari markaziy o‘rinni egallovchi yangi algoritm ishlab chiqilib, bu algoritm davolash taktikasini muqobillashtirishga, xirurgik amaliyotlarning shikastlantirish darajasini kamaytirishga va ushbu og‘ir xirurgik kasallikni davolashning natijalarini yaxshilashga hizmat qilishi asoslangan. Algoritm RShTYoIM ning klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: davolash taktikasini optimallashtirish shikastlantiruvchi jarrohlik aralashuvlarini kamaytirishga va klinik yakunni yaxshilanishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: davolashni kam invaziv usullarini joriy etilishi vositalarni sezilarli tejalishiga olib kelgan. An’anaviy davolash usulini tannarxi 19800000 so‘m, taklif etilayotgan kam invaziv davolash usulining eng past tannarhi esa 5200000 so‘mni tashkil etib, bir nafar bemorga 14600000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=61) 890600000 iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “O‘sma etiologiyali o‘tkir yo‘g‘on ichak tutilishini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 19 aprel`dagi 02-02/975-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish