Pazilova Dilnoza Ziyavutdinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maxsus poyabzal uchun elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘lgan rezina tagliklar texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari», 05.06.03–Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T805.

Ilmiy rahbar: Maksudova Umida Mirzaraximovna, texnika fanlari nomzodi, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Musaev Sayfullo Safoevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: statik elektrdan himoya qiluvchi maxsus poyabzal uchun elektr o‘tkazuvchi rezinali tagliklar kompozisiyasi va uni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

poyabzal tagligi uchun qo‘llanilgan rezina tarkibiga texnik uglerod kiritish hisobiga uning elektr o‘tkazish xususiyatini oshirish usullari ishlab chiqilgan;

rezina tagliklar kompozisiyasi tarkibidagi to‘ldiruvchi texnik uglerodning miqdori bo‘yicha elektr o‘tkazuvchanlik va fizik-mexanik xususiyatlari o‘zgarish bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;

SKMS-30 butadien metilstirol` kauchugi asosida ishlab chiqilgan rezina kompozisiyasini olish va qo‘llashning texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;

elektr o‘tkazuvchi rezina tagliklarning kirishishida elim plyonkalarini issiqlik faollashtirish texnologik jarayoni optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Elektr o‘tkazuvchi maxsus poyabzal uchun qo‘llanilgan rezina tagliklarning yangi tuzilishlarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

elektr o‘tkazuvchi maxsus poyabzal uchun rezinali taglik olish texnologiyasi «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan «Kafolat rezina» MChJ korxonasiga joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2018 yil 11 iyundagi FB-9/667-1-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi rezina tagliklar olish imkoniyati yaratilgan;

tok o‘tkazuvchi poyabzal ishlab chiqish texnologik reglamenti «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan «Nafis» MChJ korxonasiga joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2018 yil 11 iyundagi FB-9/667-1-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘liq elektr tokini o‘tkazuvchi rezinali taglik assortimentini kengaytirish imkoni yaratilgan;

ishlab chiqilgan elektr o‘tkazuvchi rezina tagliklaridan tayyorlangan poyabzal modellari «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan «Vostok» NIChBda ishlab chiqarishga joriy qilingan. Ishlab chiqilgan «Statik elektr tokini o‘tkazish uchun maxsus poyabzal (tok o‘tkazuvchi poyabzal)» uchun texnikaviy shartlar TSh 64-0207245-001:2004 O‘zR  “O‘zstandart” Davlat reestrida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2018 yil 11 iyundagi FB-9/667-1-son ma’lumotnomasi). Natijada pirotexnika chiqarishning xavfli omillarini bartaraf etuvchi mahalliy maxsus poyabzal ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish