Shaymanova Nigora Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda rekreatsiya turizmini rivojlantirish istiqbollari (Qashqadaryo viloyati misolida) », 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3159 .
Ilmiy rahbar: Amonboev Maxammadsidiq, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Astanakulov Olim Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatida rekreatsiya turizmini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ilmiy, amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “rekreatsiya turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aholining rekreatsiyaga bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari, rekreatsiya va sog‘lomlashtirish maskanlarida turizmni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar (mavjud infratuzilma, tabiiy resurslar, xizmatlar sifati)ni tizimli ravishda tadqiq etish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Qashqadaryo sohili” sanatoriyasining rivojlanish holati, unga bo‘lgan aholi talabining shakllanishi va xizmat ko‘rsatish samaradorligining respublikadagi boshqa sanatoriyalar bilan solishtirma hamda ekonometrik korrelyasiya tahlili asosida dam oluvchilar tashrifining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan G‘elon qishlog‘ining tabiiy-geografik jozibadorligi, ekologik sof muhiti va an’anaviy hayot tarziga asoslangan holda, madaniy-ko‘ngilochar ob’ektlar, oilaviy dam olish maskanlari va sog‘lomlashtirish infratuzilmasini tashkil etish orqali hududga tashriflarning umummavsumiy tavsifini shakllantirish asosida kurort zonasi tashkil etish asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan sanatoriyalar va sog‘lomlashtirish tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda sayohatchilarga mazkur maskanlarda taqdim etiladigan qulaylik va xizmat ko‘rsatish darajasini baholash orqali o‘z rekresion ehtiyojlarini qondirish variantlarini tanlashda yordam beruvchi “yulduz” toifasini berish mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatida rekreatsiya turizmini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy, amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “rekreatsiya turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini aholining rekreatsiyaga bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari, rekreatsiya va sog‘lomlashtirish maskanlarida turizmni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar (mavjud infratuzilma, tabiiy resurslar, xizmatlar sifati)ni tizimli ravishda tadqiq etish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tourism product” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda rekreatsiya va sog‘lomlashtirish maskanlarida turizmni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Qashqadaryo sohili” sanatoriyasining rivojlanish holati, unga bo‘lgan aholi talabining shakllanishi va xizmat ko‘rsatish samaradorligining respublikadagi boshqa sanatoriyalar bilan solishtirma hamda ekonometrik korrelyasiya tahlili asosida dam oluvchilar tashrifining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi 03-10-17-4465-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-335-son Qaroriga 1-ilova hududlarda tibbiy va sog‘lomlashirish turizmini rivojlantirish, sanatoriyalarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha sanatoriylar faoliyatini yaxshilash imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan G‘elon qishlog‘ining tabiiy-geografik jozibadorligi, ekologik sof muhiti va an’anaviy hayot tarziga asoslangan holda, madaniy-ko‘ngilochar ob’ektlar, oilaviy dam olish maskanlari va sog‘lomlashtirish infratuzilmasini tashkil etish orqali hududga tashriflarning umummavsumiy tavsifini shakllantirish asosida kurort zonasi tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi “G‘elon” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-424-sonli Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi 03-10-17-4465-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikaning turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha islohotlarni izchil davom ettirish, tog‘ va tog‘oldi hududlardagi ishga tushirilmagan mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga ekologik infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hamda boshqa muhandislik infratuzilmalarini barpo etish vazifalarini amalga oshirish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan sanatoriyalar va sog‘lomlashtirish tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda sayohatchilarga mazkur maskanlarda taqdim etiladigan qulaylik va xizmat ko‘rsatish darajasini baholash orqali o‘z rekresion ehtiyojlarini qondirish variantlarini tanlashda yordam beruvchi “yulduz” toifasini berish mezonlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-335-son Qaroriga 1-ilovada inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi 03-10-17-4465-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda tibbiy va sog‘lomlashirish turizmini rivojlantirish, sanatoriyalarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha sanatoriylarga mehmonxonalar kabi toifa (yulduz) berish (sertifikatlashtirish) tizimini joriy qilish imkoni yaratilgan.