Siddiqova Qizlarxon To‘raqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ba’zi 3d-metallarning β-diketon hosilalari asosidagi koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K862.
Ilmiy rahbar: Daminova Shahlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Azizov Olimjon Toxirovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ba’zi 3d-metallarning β-diketon hosilalari asosidagi koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining β-diketon va 2-aminobenzimidazol hosilalari ishtirokida 17 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ligand va sintez qilingan kompleks birikmalarning geometrik hamda energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyati aniqlangan, shuningdek, aralash ligandli komplekslarining turli izomerlari geometriyasining optimallashtirish natijalariga ko‘ra, asosiy ligandning bidentatli koordinatsiyasiga ega bo‘lgan strukturasi termodinamik jihatdan eng barqaror ekanligi isbotlangan;
spektroskopiya va RSA usullari orqali olingan koordinatsion birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalari aniqlanib, ularni oktaedrik geometriyada (Co2+, Ni2+) va tetroganal piramida (Cu2+, Zn2+) tuzilishidagi koordinatsion birikmalar hosil qilishi isbotlangan;
koordinatsion birikmalar [Co(acac)2·(MAB)2], [Ni(BNA)2(MAB)2]·DMFA, [Ni(acac)2MAB·H2O]·C2H5OH, [Cu(acac)2MAB], [Zn(acac)2MAB], [Cu(BNA)2] ning kristallografik ma’lumotlaridan foydalanib, Hirshfeld sirt xususiyatlari o‘rganilib, ular asosida komplekslar kristall tuzilishidagi molekulalararo o‘zaro ta’sirlarda asosiy ulushlar H…H (54,8-71,7%) ulushlariga to‘g‘ri kelishi, elektron zichligi yuzasi va elektron zichligini xaritalashga asoslanib, molekulaning sirt maydonlari va kristal bo‘shliqlar hajmi aniqlangan;
sintez qilingan yangi komplekslarning termik xossalarining metall va ligand tabiatiga bogʻliqligi aniqlanib, kompleks birikmalarda termik barqarorlik ligandlar Asas< BNA va metallar Su2+ Co2+ Ni2+ Zn2+ qatorida ortib borishi isbotlangan;
sintez qilingan [Ni(acac)2‧MAB‧H2O]‧C2H5OH kompleksining bakteriyalarga qarshi biologik faolligi yuqori aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining β-diketon hosilalari bilan aralash ligandli koordinatsion birikmalarini sintezi, ularning tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Ni(acac)2MAB·H2O]·C2H5OH, [Cu(acac)2MAB], [Zn(acac)2MAB], [Co(acac)2(MAB)2 tarkibli kompleks birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk /cons/retrievihg.html CCDC depozit raqami 2383609, 2440465, 2440466, 2405560). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
kompleks birikma sintezi uchun tanlangan ligandlar bilan sanoat oqava suvlari tarkibidan og‘ir metall ionlarini aniqlash va ularni kompleks birikmalar holida cho‘ktirish orqali tahlil qilish usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ texnologik eritmalarida sinab ko‘rilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Ajning 2024-yil 6-sentyabrdagi 23/01-01-07/524-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur usul yordamida texnologik eritmalari hamda chiqindi suvlaridagi og‘ir metall ionlarini konsentrlash imkonini bergan.