Xakimov Farrux Todjidinovichnning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo davlatlarida raqamli transformatsiya mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish omili sifatida”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ss543
Ilmiy rahbar: siyosiy fanlar doktori, professor Jo‘raev Qodir Asadovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.S.24.02
Rasmiy opponentlar: Yovkochev Shuxrat Akmalovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Xolov Aktam Xatamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: siyosiy fanlar.
II. Tadqiqot maqsadi: Markaziy Osiyo davlatlarida raqamli transformatsiya jarayonlarining mintaqaviy hamkorlikka ta’sirini baholash hamda raqamli texnologiyalar asosida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Raqamli transformatsiya tushunchasining ilmiy-nazariy mohiyati va uni tadqiq qilish bo‘yicha turli yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari hamda raqamli transformatsiyaning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan;
hozirgi o‘zgaruvchan geosiyosiy sharoitda Markaziy Osiyo davlatlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda samarali raqamli trasformatsiyaga erishish bo‘yicha tavsiyalar Raqamli trasformatsiya indeksini ilmiy-metodologik modelini shakllantirish orqali ishlib chiqilgan;
Markaziy Osiyo davlatlarida kechayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari, ularning milliy dastur va strategiyalari, raqamlashtirish siyosatining o‘zixa xos jihatlari va maqsadli ko‘rsatgichlari qiyosiy tahlil qilingan;
raqamli transformatsiya va uning siyosiy jihatlari mintaqaviy hamkorlikning neofunksionalizm nazariyasi hamda Raqamli o‘zaro bog‘liqlik indeksining ilmiy-metodologik modelini ishlab chiqish orqali ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Markaziy Osiyoda mintaqaviylashuvning zamonaviy tendensiyalarini inobatga olgan holda raqamli transformatsiya va raqamli texnologiyalar mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Dissertatsiya doirasida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni ta’minlashda raqamli transformatsiya va raqamli texnologiyalarning o‘rni, ahamiyati va ushbu sohada hamkorlikni jadallashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosalar, bildirilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi faoliyatida, jumladan, 2024-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan madaniyat sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari” mavzusidagi Qo‘mita eshituvlarini tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2024-yil 9-oktyabrdagi 04/6-10-2474-sonli dalolatnomasi).
Tadqiqot natijalaridan, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan mamlakatimizda “elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish va elektron davlat xizmatlarining ulushini oshirish hamda Markaziy Osiyoda yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish kabi yo‘nalishlarda bildirgan taklif va tavsiyalari Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2022-yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturining I – “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” yo‘nalishining
9-maqsadi 31-bandi hamda VII – “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” yo‘nalishining 94-maqsadi 352-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda amaliyotga joriy qilingan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2024-yil 2-oktyabrdagi 483-sonli dalolatnomasi).