Madusmanova Nazira Kuchkarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immobillangan yangi nitrozo birikmalar hosilalari bilan temir(II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02–Analitik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.4.PhD/T850.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.28.03.2018.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immobillanganyangi nitrozoguruh tutganorganik reagentlar yordamida temir (II) ionini aniqlashning ekspress, yuqori tanlab ta’sir etuvchan, sezgir sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Fe(II) ionini aniqlash uchun nitrozonaftol asosidagi organik birikmalarining immobillanishi aniqlangan;
analitik reaksiyalarning ximizmi Fe(II) ionlari bilan reaksiyaga kirishadigan funksional aktiv guruhlarining analitik reaksiya mexanizmi isbotlangan, ularning tuzilishini va analitik aktiv guruhlar tabiatini hosil qilgan komplekslarining xossalariga ta’siri aniqlangan;
ilk bor Fe(II) ionlarini aniqlash uchun yangi immobillangan nitrozoreagentlar sintez qilingan;
Fe(II) ionini aniqlashda nitrozonaftol asosidagi immobillangan nitrozo-reagentlar afzalligi va kamchiliklari eritmaga nisbatan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immobillangan yangi nitrozo birikmalar hosilalari bilan temir (II) ionlarini sorbsion-spektroskopik usullari yordamida aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir (II) ionini analitik usulda aniqlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP №05417, 2017 y.). Natijada yangi nitrozo birikmali organik reagent yordamida temir (II) ionini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
yangi maqsadli sintez qilingan 2-nitrozo-5-metoksi fenol tolali sorbent SMA-1 ga immobillab temir (II) ionini aniqlash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 29 iyundagi FB-20/20054-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usulda immobillangan 2-nitrozo-5-metoksi fenol reagent yordamida temir (II) ionini chiqindi suvlar tarkibidan tozalash samaradorligini 85–90 %gacha oshirish imkonini bergan;
yangi maqsadli sintez qilingan 2-gidroksi-3-nitrozo-1-naftaldegid tolali sorbent SMA-1 ga immobillab temir (II) ionini aniqlash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 29 iyundagi FB-20/20054-son ma’lumotnomasi). Natijada immobillangan 2-gidroksi-3-nitrozo-1-naftaldegid reagent yordamida temir (II) ionini chiqindi suvlar tarkibidan tozalash uslubini ishlab chiqish imkonini bergan.