G‘anieva Shaxrizod Nurmaxamadovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika fanlarini o‘qitishda VR (virtual reality) texnologiyalarini yaratish va foydalanish metodikasi”, 13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4103.
Ilmiy rahbar: Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi texnika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida tuzilgan bir martalik Kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna pedagogika fanlari doktori, professor, Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika fanlarini o‘qitishda virtual reallik texnologiyalarini yaratish va foydalanish metodikasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika fanlarini o‘qitishda zamonaviy o‘quv texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-metodik asoslarini zamonaviy o‘quv va VR texnologiyalarining axborot xavfsizligini ta’minlash aspektlarining huquqiy, tashkiliy va texnik sathlarini tahlil qilish orqali aniqlashtirilgan;
texnika fanlarini o‘qitish jarayonini modernizatsiyalashtirish uchun VR texnologiyalarining imkoniyatlarini aniqlash va ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish asosida interaktivlik, vizuallik hamda amaliyotga yaqinlik darajasini oshiruvchi metodik tizim takomillashtirilgan;
texnika fanlarini o‘qitishda, ayniqsa, axborot xavfsizligi yo‘nalishidagi kriptografiya, tarmoq xavfsizligi va foydalanishni boshqarish kabi tushunchalarni o‘qitishda VR texnologiyalarini samarali qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tahlil qilish, ular asosida o‘quv modullarini ishlab chiqish va o‘quv jarayonining tashkiliy-pedagogik komponentlarini qo‘llashning metodik jarayoni takomillashtirilgan;
texnika fanlarini VR texnologiyalar va VR o‘quv materiallari asosida o‘qitishda real muammolar bilan bog‘liqlik darajasi aniqlovchi diagnostik, formativ va peer-assesment usullaridan foydalanib talabalar bilimini baholash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarga texnika fanlarini virtual reallik texnologiyalari vositasida o‘qitish usulini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika fanlarini o‘qitishda zamonaviy o‘quv texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-metodik asoslarini tahlil qilish orqali VR texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar “Tahdid razvetkasi texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, №834515 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda texnika fanlarini o‘qitishda zamonaviy o‘quv texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-metodik va VR texnologiyalarining pedagogik asoslari tahlil qilish imkoni oshirilgan;
talabalarga texnika fanlarini virtual reallik texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish orqali zamonaviy o‘quv va VR texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishda aniqlangan didaktik komponentalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining IL-4721071198 - raqamli “3D texnologiyalar asosida axborot texnologiyalari bo‘yicha milliy virtual universitet tizimini yaratish” innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazining 637-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ishlanmalar Oliy ta’lim muassasalari uchun virtual universitet tizimi tarkibida texnika fanlarini o‘qitishda foydalaniladigan resurslarni yaratish, foydalanuvchilarni autentifikasiya qilish hamda elektron axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
texnika fanlarini o‘qitishda virtual reallik texnologiyalarini yaratish va foydalanish metodikasini takomillashgan modeli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining IL-4721071198 - raqamli “3D texnologiyalar asosida axborot texnologiyalari bo‘yicha milliy virtual universitet tizimini yaratish” innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazining 637-sonli ma’lumotnomasi);
texnika fanlarini o‘qitishda virtual reallik texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar “Tahdid razvetkasi texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, №834515 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning “Kiberxavfsizlik asoslari” fanidan VR texnologiyalaridan foydalanish kompetensiyalarini rivojlanishiga olib keldi.