Kurbanov Botirjon Jurabaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda OIV-infeksiyasi profilaktikasi tadbirlarini takomillashtirishda kasallik yuqqan muddatini aniqlashning o‘rni va ahamiyati», 14.00.30–Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib443.

Ilmiy rahbar: Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika OITSga qarshi kurash  markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibrohim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: OIV-infeksiyasining profilaktikasi tadbirlarini takomillashtirishda kasallik yuqqan muddatini aniqlashning o‘rni va ahamiyatini asoslashdaniborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

respublikada ilk marotaba antitanachalar avidligini baholash orqali OIV-infeksiyasining yuqish muddati asoslangan;

ilk marotaba OIVni yuqtirganlik muddatini baholash tizimi ishlab chiqilgan;

OIVni 6 oy ichida yuqtirganlarning epidemiologik tahlillari hamda kasallikning klinik bosqichlari, SD4 hujayralar soni va virusli yuklama ko‘rsatkichlari asosida epidemiologik nazorat takomillashtirilgan;

OIVni yuqtirganlik muddati SD4 hujayralar miqdori, virusli yuklama va infeksiyaning klinik bosqichlari bilan teskari bog‘liqlikka ega ekanligi asoslangan;

OIVning tashxisini aniqlashda ushbu kasallikni yuqtirish muddatini aniqlash usuli natijasini serologik, immunologik va molekulyar-genetik tahlil ma’lumotlar bilan taqqoslash zarurligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda OIV-infeksiyasi profilaktikasi tadbirlarini takomillashtirishda kasallik yuqqan muddatini aniqlashning o‘rni va ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘zbekistonda OIV-infeksiyasining epidemiologik nazoratini takomillashtirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 8n-d/142-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma OIV-infeksiyasiga erta tashxis qo‘yish va epidemiologik nazorat doirasida kasallanish ko‘rsatkichini aniqlash imkonini bergan;

«Shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi» sanitariya  me’yor va qoidalari (0342-17-sonli SanQvaM). Mazkur me’yoriy hujjat davolash-profilaktika muassasalarida shifoxona ichi infeksiyalarini kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish imkonini beradigan sanitariya-gigiena, profilaktik va epidemiyaga qarshi majmuaviy chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan.

OIV-infeksiyasiga tashxis qo‘yish va epidemiologik nazorat doirasida kasallanish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahri va Toshkent viloyati OITSga qarshi kurash markazlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 8n-z/171-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amalaiyotga joriy qilinishi aholi orasida kasallanishni OIV-infeksiyasi yuqqanlarni muddatiga ko‘ra aniqlash, OIV-infeksiyasini aniqlashning mukammaligini  izohlash, maqsadli  hamda epidemiyaga qarshi tejamkor dasturlarni ishlab chiqish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish