Hazratqulov Mutallib Rashidovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiy ta’limda inshoning o‘rni va uni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped352.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

Ilmiy rahbar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.

Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Hasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Suyunov Husniddin Miltiqboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:inshoni tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, metodik tamoyillarini belgilash, insho turlari, ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash hamda insholarni tekshirish, baholash bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

insho yozishda modulli instruksiyalardan foydalanish o‘quvchilarda yozma nutq malakalarining rivojlanishiga, mustaqil fikrlash ko‘nikmasining oshishiga asos bo‘lishi aniqlangan;

boshlang‘ich sinflarda og‘zaki va yozma insholarni tashkil etishda jamoaviy, erkin va individual yondashuv o‘quvchilarning nutq va tafakkurini  rivojlantirish bilan bir qatorda ularning aqliy, ruhiy, ma’naviy yuksalishiga ta’sir etishi asoslangan;

umumta’lim maktablarida insho yozishning maqsadi, shakli, mavzusi va janriga ko‘ra turlari tasniflangan, inshoni tashkil etishda o‘qituvchi kompetentligi muhim o‘rin tutishi dalillangan;

inshoni tahrir qilish, tekshirishning adabiyot darslariga xos tartib-qoidalari ishlab chiqilgan hamda ularni baholash mezonlari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Maktab o‘quvchilari ma’naviy kamolotini ta’minlash va adabiy ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

insho yozishda modulli instruksiyalardan foydalanish, o‘quvchilarda yozma nutq malakalarining rivojlantirish, insholarni tashkil etishda jamoaviy, erkin va individual yondashuvlarga oid takliflaridan Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2015 yil 27 apreldagi 20, 22-QQ, 14/6-5474/6,01-04/464-son qarori bilan tasdiqlangan “Huquq bilimdonlari” respublika insholar tanlovining me’yoriy-metodik ta’minoti ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 24 yanvardagi 01-20-son ma’lumotnomasi). Natija tanlov ishtirokchilarida inshoning tafakkur mustaqilligini ta’minlashdagi, uning ruhiy kamoloti hamda ma’naviy sog‘lomlashuvidagi ahamiyatini  ko‘rsatishga xizmat qilgan;

o‘quvchilarning nutq va tafakkurini  rivojlantirish,  kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ma’naviy olamini boyitish, so‘z boyligining oshirishga oid takliflari Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan qator ko‘rsatuvlarni tayyorlashda  foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 19 noyabrdagi 14-01-163-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuvlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, keng dunyoqarashni egallashga o‘rgatish borasidagi ma’lumotlar bilan boyigan;

insho yozish turlari, inshoni tashkil etishda o‘qituvchi kompetentliligi, jamoaviy, erkin va individual yondashuvlar, inshoni tahrir qilish va tekshirish xususiyatlariga oid takliflari “Boshlang‘ich sinflarda ishlarni o‘rgatish” o‘quv moduli mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 dekabrdagi 89-03-4317-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv mazmuni bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlar orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning insholarni tashkil etish, o‘tkazish va baholashga oid kompetensiyalarini rivojlantirish imkoni yuzaga kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish