Yakubova Nafisa Odiljonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muhandislik grafikasi darslarida talabalarni ijodiy-kreativ fikirlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilk) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2620 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Saydaliev Saidkarim Saydinabievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy kengash, PhD.03/08.05.2024A.11.02
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Malikov Kozim Gafurovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi muhandislik grafikasi darslarida talabalarni ijodiy–kreativ fikrlashga o‘rgatish hamda metodikasini takomillashtirish orqali ilmiy–metodik xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ishining ilmiy yangiligi: 
    talabalarni ijodiy – kreativ fikrlashga o‘rgatishning amaliy metodlari ishlab chiqish va ularni muhandislik grafikasi o‘quv jarayoniga integratsiyalash hamda aniq, hayotdagi real muammolarni echishga qaratilgan vazifalar, loyihalar va grafik topshiriqlar orqali ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
muhandislik grafikasi darslarida talabalarni ijodiy–kreativ fikrlashga o‘rgatish metodikasining samarali tizimi ishlab chiqilganligi bilan talabalarni ijodiy fikrlashga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik hamda psixologik omillarning integratsiyasiyasiga asoslangan imkoniyatlari optimallashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida muhandislik grafikasi fanlarining mazmuni va metodikasini rivojlantirishda talabalarni ijodiy–kreativ fikrlashga o‘rgatishning didaktik imkoniyatlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va interaktiv o‘qitish metodlaridan majmuaviy foydalanish, amaliy topshiriqlar, loyihaviy faoliyat va raqamli vositalarini amalda qo‘llash asosida jarayonning amaliy–tatbiqiy mexanizmlari takomillashtirilgan;
muhandislik grafikasi fanlaridan talabalarni ijodiy–kreativ fikrlash ko‘rsatkichlarini baholash hamda jarayonni nazorat qilish metodikasi nafaqat an’anaviy baholash usullari bilan, balki loyiha va tasavvurga asoslangan interaktiv metodlar orqali nazorat qilish imkoniyatini oshirilgan va talabalarning ijodiy fikrlash salohiyatlarini, murakkab texnik muammolarni ijodiy yondashuvlar asosida echishning ilmiy asoslangan pedagogik shart–sharoitlari takomillashtirilgan.
    IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandislik grafikasi darslarida talabalarni ijodi–kreativ fikrlashga o‘rgatish fazoviy tasavvurini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarni ijodiy–kreativ fikrlashga o‘rgatishning amaliy metodlari ishlab chiqish va ularni muhandislik grafikasi o‘quv jarayoniga integratsiyalash hamda aniq, hayotdagi real muammolarni echishga qaratilgan vazifalar, loyihalar va grafik topshiriqlar orqali ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilga oid taklif va tavsiyalar 60111200–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Chizmachilik” (1-qism) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitet o‘quv-uslubiy kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2023-yil 4-iyuldagi №88-sonli buyrug‘i bilan berilgan 88-04-raqamli nashr guvohnomasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-iyundagi 02-07-2026/04-son dalolatnomasi). Natijada muhandislik grafikasi darslarida talabalarni ijodi-kreativ fikrlashga o‘rgatish holatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlashga sharoit yaratilgan;
muhandislik grafikasi darslarida talabalarni ijodiy – kreativ fikrlashga o‘rgatish metodikasining samarali tizimi ishlab chiqilganligi bilan talabalarni ijodiy fikrlashga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik hamda psixologik omillarning integratsiyasiyasiga asoslangan imkoniyatlari optimallashtirilishiga oid takliflar 60111200–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Chizma geometriya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitet o‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil 25-oktyabrdagi 3-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2024-yil 31- oktyabrdagi №196-sonli buyrug‘i bilan berilgan 196-03-raqamli nashr guvohnomasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-iyundagi 02-07-2026/04-son dalolatnomasi). Natijada muassasalarida talabalarni ijodiy-kreativ fikrlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning pedagogik talablarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tizimida muhandislik grafikasi fanlarining mazmuni va metodikasini rivojlantirishda talabalarni ijodiy-kreativ fikrlashga o‘rgatishning didaktik imkoniyatlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va interaktiv o‘qitish metodlaridan majmuaviy foydalanish, amaliy topshiriqlar, loyihaviy faoliyat va raqamli vositalarini amalda qo‘llash asosida jarayonning amaliy–tatbiqiy mexanizmlarini takomillashtirilishiga oid takliflar 60111200–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Chizmachilik” (1-qism) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitet o‘quv-uslubiy kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2023-yil 4-iyuldagi №88-sonli buyrug‘i bilan berilgan 88-04-raqamli nashr guvohnomasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-iyundagi 02-07-2026/04-son dalolatnomasi). Natijada oliy pedagogik ta’lim tizimida o‘qitiladigan muassasalarida muhandislik grafikasi fanlarining mazmuni va metodikasini takomillashtirishda talabalarni ijodiy-kreativ fikrlashga o‘rgatishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish samaradorligi oshgan;
muhandislik grafikasi fanlaridan talabalarni ijodiy–kreativ fikrlash ko‘rsatkichlarini baholash hamda jarayonni nazorat qilish metodikasi nafaqat an’anaviy baholash usullari bilan, balki loyiha va tasavvurga asoslangan interaktiv metodlar orqali nazorat qilish imkoniyatini oshirilgan va talabalarning ijodiy fikrlash salohiyatlarini, murakkab texnik muammolarni ijodiy yondashuvlar asosida echishning ilmiy asoslangan pedagogik shart–sharoitlari takomillashtirilishiga oid takliflar 60111200–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Chizma geometriya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitet o‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil 25-oktyabrdagi 3-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2024-yil 31-oktyabrdagi 196-sonli buyrug‘i bilan berilgan 196-03-raqamli nashr guvohnomasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-iyundagi 02-07-2026/04-son dalolatnomasi). Natijada muhandislik grafikasi darslarida ijodiy-kreativ fikrlashga o‘rgatish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda ko‘rsatkichlar dinamikasini ta’minlovchi pedagogik model yaratish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish