Tashimov Nurlan Erpolatovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga oid kompetensiyalarini grafik dasturlar vositasida rivojlantirish metodikasi (Chizma geometriya fani misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizmachilik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8783
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy kengash, PhD.03/08.05.2024A.11.02
Rasmiy opponentlar: Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ko‘kiev Bobirmirzo Baxodir o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon Davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi grafik dasturlar vositasida talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga oid kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasiga doir tavsiyalarni talabalarning individual ta’lim traektoriyasini hisobga olgan holda ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ishining ilmiy yangiligi:
talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga oid kompetensiyalarini grafik dasturlar vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari va shart-sharoitlari, tashkillashtirish shakllari, turlari, ko‘rinishlarini hisobga olgan holda, tafakkurini rivojlantiruvchi usullar va kognitiv-mustaqillik darajalari chizma geometriya faniga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil bilish faoliyatini grafik dasturlar vositasida rivojlantirish modeli, individual ta’lim traektoriyasini hisobga olgan holda, faoliyatning xususiyatlari, korreksiyalash, modulli, taksonomik, kvalimetrik va kompetensiyaviy yondashuvlar, grafik dasturlarlar texnologiyalari, vertikal va gorizontal integratsiyalash, o‘quv materiallarini taqdim etishning turli darajalarini kiritish asosida rivojlantirilgan;
talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga oid kompetensiyalarini grafik dasturlar (“GeoGebra”, “Rhino”, “T-FLEX CAD”, “AutoCAD”, “Visio”) vositasida rivojlantirish metodikasi, mustaqil ish yo‘riqnomalari, individuallashtirilgan o‘quv-didaktik ta’minot, metrik va pozision masalalar, innovatsion ta’lim texnologiyalari va axborot-metodik ta’minotini qo‘llash asosida rivojlantirilgan;
grafik dasturlar vositasida talabalarning chizma geometriya fanidagi mustaqil bilish faoliyatiga tayyorgarligining samaradorligi, motivatsion, kognitiv va faoliyatli mezonlarni reproduktiv, produktiv, kreativ baholash darajalariga moslashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan kasbga yo‘naltirish, tasavvur qilish qulayligi va muvofiqligini ta’minlash asosida rivojlantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida “Chizma geometriya” fanini o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga oid kompetensiyalarini grafik dasturlar vositasida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga oid kompetensiyalarini grafik dasturlar orqali rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari va shart-sharoitlari, tashkillashtirish shakllari, turlari, ko‘nikmalarini inobatga olgan holda, tafakkurini rivojlantiruvchi usullar va kognitiv-mustaqillik darajalari chizma geometriya faniga integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalari “GeoGebra”, “Rhino”, “T-FLEX CAD”, “AutoCAD” va “Visio” grafik dasturlarini joriy etish orqali chizma geometriya fanini o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga oid kompetensiyalari (modellashtirish, loyihalash)ga doir takliflardan bakalavriatning 60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi uchun “Chizma geometriya” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va malaka talablari mazmuniga singdirilgan. Natijada, chizma geometriya fanini o‘qitish jarayonida talabalarning mantiqiy fikrlashi va fazoviy tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
talabalarning mustaqil bilish faoliyatini grafik dasturlar vositasida rivojlantirish modeli, individual ta’lim traektoriyasini hisobga olgan holda, faoliyatning xususiyatlari, korreksiyalash, modulli, taksonomik, kvalimetrik va kompetensiyaviy yondashuvlar, grafik dasturlarlar texnologiyalari, vertikal va gorizontal integratsiyalash, o‘quv materiallarini taqdim etishning turli darajalarini kiritish asosida rivojlantirishga oid takliflar “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522-sonli buyrug‘i), “Muhandislik kompyuter grafikasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi 110-sonli buyrug‘i), “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi 4/3.1.-sonli qarori), “Chizma geometriya” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2025 yil 27 martdagi 8/3.1.-sonli qarori) metodik ta’minoti mazmuniga singdirilgan. Natijada “Chizma geometriya” fanidan mustaqil ishlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga oid kompetensiyalarini grafik dasturlar (“GeoGebra”, “Rhino”, “T-FLEX CAD”, “AutoCAD”, “Visio”) vositasida rivojlantirish metodikasi, mustaqil ish yo‘riqnomalari, individuallashtirilgan o‘quv-didaktik ta’minot, metrik va pozision masalalar, innovatsion ta’lim texnologiyalari va axborot-metodik ta’minotini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan. “Muhandislik kompyuter grafikasi” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi 110-sonli buyrug‘i), “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” nomli darsliklar (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi 4/3.1.-sonli qarori) va “Chizma geometriya” nomli o‘quv qo‘llanma (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2025 yil 27 martdagi 8/3.1.-sonli qarori)lar ishlab chiqilgan va amaliyotda joriy etilgan. Natijada, mazkur o‘quv-didaktik ta’minot orqali talabalarning mustaqil bilish faoliyatiga tayyorlash va baholash sifatini oshirishga erishilgan.
grafik dasturlar vositasida talabalarning chizma geometriya fanidagi mustaqil bilish faoliyatiga tayyorgarligining samaradorligi, motivatsion, kognitiv va faoliyatli mezonlarni reproduktiv, produktiv, kreativ baholash darajalariga moslashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan kasbga yo‘naltirish, tasavvur qilish qulayligi va muvofiqligini ta’minlash asosida baholash singdirilgan. “Muhandislik kompyuter grafikasi” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi 110-sonli buyrug‘i), “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” nomli darslik (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi 4/3.1.-sonli qarori) va “Chizma geometriya” nomli o‘quv qo‘llanma (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2025 yil 27 martdagi 8/3.1.-sonli qarori)lar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Natijada, «Chizma geometriya” fanini o‘qitishda talabalarning mustaqil bilish faoliyatini grafik dasturlar vositasida rivojlantirilganini uzlyuksiz nazorat qilish texnologiyasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.