Xasanova Nilufar Xaknazarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Xorij tajribasi asosida kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishni kvalimetrik mezonlar orqali aniqlash va tahlil qilish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Ped5227 
Ilmiy rahbar: Nizamova Saida Adilovna, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Nurad Ismatovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ashirov Mansur Allanazarovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda xorij tajribasi asosida kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, kvalimetrik mezonlar asosida aniqlash va tahlil qilish metodikasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
akademik liseylarda xorij davlatlarining tajribalarini kimyo darslarida qo‘llashning nazariy va uslubiy asoslari takomillashtirilgan; 
xorij tajribasi asosida kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishni kvalimetrik mezonlar asosida aniqlash va tahlil qilish metodikasi bo‘yicha tashkiliy- pedagogik model takomillashtirilgan;
xorij tajribasi asosida kimyo fanini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarning ijodkorlik, yaratuvchanlik qobiliyatlari, ilmiy savodxonligini oshishiga yo‘naltirilgan loyiha ishi, mantiqiy topshiriqlar, muammoli o‘qitish bo‘yicha ta’lim resurslari ishlab chiqilgan;
kimyo fanini o‘qitishni xorij tajribasi asosida tashkil etish va ta’lim samaradorligi kvalimetrik mezonlar, pedagogik tajriba-sinov tahlillari asosida aniqlangan, olingan natijalar tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari asosida akademik liseylarda anorganik kimyo fanidan “Anorganik kimyo” nomli darslik o‘quv jarayoniga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi “500” -sonli buyrug‘i, 500/4-033). Natijada akademik liseylarda kimyo taʼlimiga ilg‘or xorijiy tajribalardan loyiha ishlari joriy etish orqali o‘quvchilarning ijodkorlik, yaratuvchanlik, ilmiy savodxonlik qobiliyatlari rivojlantirilgan;
akdemik liseylarning rus tilida o‘qiydigan guruhlari uchun “Neorganicheskaya ximiya” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 26 dekabrdagi “754” -sonli buyrug‘i, 000-040) nomli darslik o‘quv jarayoniga tatbiq etildi. Natijada darslikda berilgan mantiqiy topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning kreativ fikrlashga, bilim olishni faollashtirishga erishilgan;
kimyo ta’limida muammoli o‘qitish usullari takomillashtirilgan va foydalanilgan. Dunyoda va atrof muhitda ro‘y berayotgan muammolarning sabablari va ularning echimlarini topish uchun muammoli vaziyatlar va muammoli savollar ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining amaliyotga tatbiq etilganlik ma’lumotnomasi (2024 yil 22 noyabr, 02/01-01-126). Natijada muammoli o‘qitish asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va fanga oid umumiy kompetensiyalar rivojlantirilgan;
kimyo fanini o‘qitishda xorij tajribasidan foydalanish va olingan natijalar kvalimetrik mezonlar, matematik hisoblashlar bilan tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining amaliyotga tatbiq etilganlik ma’lumotnomasi(2025 yil 21 yanvar, 02/01-01-17). Natijada kimyo fanini o‘qitish samaradorligi 12,65 % oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish