Gayibov Ulugbek Gapparjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Euphorbia o‘simliklarining polifenol birikmalarini mitoxondriya funksional parametrlariga ta’siri», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/B249.
Ilmiy rahbar: Aripov Taxir Fatixovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Suyarov Akrom Amirkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Euphorbia o‘simligidan ajratib olingan polifenol birikmalarni mitoxondriya funksional parametrlariga ta’sirini va ular asosida dori vositalarini yaratish imkonini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in vitro va in vivo sharoitlarda polifenol birikmalarning antioksidant/antiradikal faolliklari aniqlangan;
superoksidradikal, gidroksilradikal, peroksid vodorod, difenilpikrilgidrazil (DFPG) kabi erkin radikallarga nisbatan faolliklari asoslangan;
polifenol birikmalarni mitoxondriya membranalaridagi lipidlarni perekisli oksidlanishi mahsulotlarini kamaytirish xususiyatlari aniqlangan;
polifenollarni mPTP megaporasiga, mitoKATP kaliy kanaliga, oksidlanish-fosforlanish jarayonlariga, mitoxondriya membranalari orqali kationlarni passiv transportiga ta’siri biologik faol moddalarning fiziologik konsentratsiyalarida isbotlangan;
birikmalar mitoxondriyalarining energetik parametrlarini tiklanishiga olib kelishi va xujayra hamda to‘qimalarni gipoksik stress holatida barqarorligi ochib berilgan;
Euphorbia o‘simliklaridan ajratib olingan polifenollar IV-V kam zaharli birikmalar sinfiga tegishli ekanligi eksperimental hamda ularning LD50 qiymati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polifenol moddalarni mitoxondriya funksional parametrlariga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
PS-1, PS-2 va PS-3 larning antioksidantlik faolligini namoyon qilishi FA-A11-T061 raqamli «Maxalliy o‘simlik xomashyosi polifenollari asosida virusga qarshi dori vositalari yaratish» fundamental loyihasida in vitro sharoitda mitoxondriya membranalarini Fe2+/askorbat bilan indusirlangan peroksidli oksidlanish modellarida antioksidant faolliklari aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil
14 noyabrdagi 4/1255-3009-son ma’lumotnomasi). Natijada Fe2+/askorbat bilan indusirlangan peroksidli oksidlanish modellarida antioksidant faolliklari va ularning zaharlilik darajasini aniqlash imkonini bergan;
gipoksiya xolatida va undan keyin kechadigan xolatlarda mitoxondriyalarni ximoyalab, organizmdagi adaptatsiya jarayonini kuchaytirishi Barselona Avtonom universitetining maqsadli ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (Universitat Autonoma de Barcelona (Ispaniya) 2018 yil
12 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada organizmdagi oksidativ stress va neyrodegenerativ holatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash imkonini bergan;
polifenol birikmalarni mitoxondriya funksional parametrlariga ta’sirini gipoksik stressni korreksiyalash va jigar mitoxondriyalari energetik parametrlari Lodz Universitetining maqsadli ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (Wydziat biologii I ochrony Srodowiska (Pol`sha) universitetining 2018 yil 22 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada mitoxondriya funksional parametrlariga polifenol birikmalarning ta’sir mexanizmlarini aniqlanishi ko‘plab kasalliklarni oldini olib neyroneyroprotektorlik xossalarini tavsiflash imkonini bergan.