Mamedova Muattar Nasriddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ba’zi azoreagentlar bilan Cr(III) va Pb(II) ionlarini atrof-muhit ob’ektlarida sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish”, 02.00.02 – Analitik kimyo, 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K868.
Ilmiy rahbarlar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaeva Muborak Maxmusovna, biologiya  fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Xilola Ummatalievna, kimyo fanlari doktori, professor; Pulatov Xayrulla Lutpullaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi immobillangan organik reagentlar bilan sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish, atrof-muhit obektlarida Cr(III) va Pb(II) ionlari monitoringini o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
Ipak fibroin va PPF tolalariga (4-)-4-[(1-gidroksi-naftalin-2-il-gidraziniliden]-7-nitro-3-okso-naftalin-1-sulfo natriyli tuzi va 4-((4-(3-(2-arsono-4-nitrofeniltriaz-2-enil)-fenil)-diazenil)-benzosulfonat tuzi organik reagentlarini  immobillash uchun tanlangan Cr(III) va Pb(II) ionlariga sezgir qavat sifatida taklif qilingan;   
Cr(III) va Pb(II) ionlari uchun (4-)-4-[(1-gidroksi-naftalin-2-il-gidraziniliden]-7-nitro-3-okso-naftalin-1-sulfo natriyli tuzi va 4-((4-(3-(2-arsono-4-nitrofeniltriaz-2-enil)-fenil)-diazenil)-benzosulfonat tuzi  organik reagentlarning immobillanishi analitik sulfo (-SO3) guruh va funksional faol gidroksil (-OH), aza (-N=N) guruhlar orqali birikishi  aniqlangan; 
Cr(III) va Pb(II) ionlarini (4-)-4-[(1-gidroksi-naftalin-2-il-gidraziniliden]-7-nitro-3-okso-naftalin-1-sulfo natriyli tuzi va 4-((4-(3-(2-arsono-4-nitrofeniltriaz-2-enil)-fenil)-diazenil)-benzosulfonat tuzi  organik reagentlari bilan kompleks hosil qilishida eritma muhiti pH=7-8 oralig‘ida borishi topilgan;   
Cr(III) va Pb(II) ionlarini immobillangan GNGS va ANFB organik reagentlaridan foydalanib, atrof-muhit obektlarida aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullar ishlab chiqilgan;
Navoiy viloyati «Elektrokimyo zavodi» AJ chiqindi suvi tarkibida Cr-13,07%, Pb-0,155%, daryo suvlari Cr-0,028%, Pb-0,0007%, Ohangaron tumani sanoat zonasi hududi tuprog‘i tarkibida Cr-50,0 mkg/g, Pb-76 mkg/g, Olmaliq KMK hududi tuprog‘i tarkibida Cr-64,7 mkg/g, Pb-57,5 mkg/g da RChM ga nisbatan xrom va qo‘rg‘oshin ionlari  monitoring qilingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Atrof-muhit obektlari tarkibidagi xrom,  qo‘rg‘oshin ionlarini immobillangan GNGS va ANFB reagentlari bilan aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: Immobillangan organik reagentlar yordamida Cr(III) va Pb(II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektrofotometrik usuli Navoiy viloyati «Elektrokimyo zavodi» AJ da amaliyotiga joriy qilingan («Elektrokimyo zavodi» AJ ning 2024 yil 27 sentyabrdagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq va chiqindi suvlar tarkibidagi Cr(III) va Pb(II) ionlarini tezkor miqdoriy aniqlash imkonini bergan;
(4-)-4-[(1-gidroksi-naftalin-2-il-gidraziniliden]-7-nitro-3-okso-naftalin-1-sulfo natriyli tuzi va 4-((4-(3-(2-arsono-4-nitrofeniltriaz-2-enil)-fenil)-diazenil)-benzo-sulfonat tuzi reagentlari Qashqadaryo viloyati «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ da joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ ning 2024 yil 10 oktyabrdagi 993/G‘k-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, Cr(III) va Pb(II) ionlarini  tuproq va chiqindi suvlari tarkibida aniqlashning tezkor, arzon, tanlab ta’sir etuvchanligi bilan farq qilishi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish