Sayt test rejimida ishlamoqda

Yaxshibaev Doniyor Sultonbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv havzalaridagi ko‘p fazali stratifikatsiyalangan oqimlar rivojlanishi dinamikasini modellashtirish», 05.01.07–«Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari bo‘yicha).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T699

Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudaykulov Savet Ishankulovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markaz.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi, DSc.27.06.2017.T.07.01  

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori; Navruzov Kurolboy, fizika-matematika fanlari doktori, professor.  

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: suv havzalardagi oqimlar stratifikatsiyasi nazariyasini o‘zaro kirishuvchan va ta’sirlashuvchan ko‘p fazali muhitlar harakati modeli asosida qayta qurish va natijalar ishonchliligini mavjud poluempirik ma’lumotlar va tajriba natijalari yordamida asoslashdan iborat.

III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi:

konstruktiv tizimli uslubiyat asosida har biri ikki fazadan iborat ikki qatlamli suv havzalarida bosim ta’siri ostida shakllanadigan potensial oqimlar dinamikasi va turg‘unlikning buzilishi ikki qatlam umumiy chegarasidagi o‘zgarishlar tufayli ro‘y berish jarayonlarining matematik modeli yaratilgan;

silindrik quvurda oqayotgan ikki fazali suyuqlik laminar oqimi modeli asosida urinma kuchlanishlar va mexanik energiya dissipatsiyasini hisoblash uchun formulalar keltirib chiqarilgan;

silindrik quvurda oqayotgan ikki fazali suyuqlik turbulent oqimi stratifikatsiyasi jarayonida uch qatlam ko‘rsatkichlari va umumiy chegaralarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

quvurdan ochiq fazoga oqib chiqayotgan bo‘ylama, radial va tangensial tezlikka ega ko‘p fazali struya masalasi X.A.Raxmatulinning ko‘p fazali o‘zaro kirishuvchan va ta’sirlanuvchan suyuqliklar modeli asosida shakllantirilgan hamda ishlab chiqilgan kichik qo‘zg‘alishlar usuli asosida tomchilar hosil bo‘lishiga mos chastota va Veber sonining kritik qiymatlari topilgan;

atmosfera oqimining pastki qatlami va suv havzasi tepa qatlami ikki fazali muhitlar stratifikatsiyasi masalasini quyosh nurini va sohalarda issiqlik almashinuvi omillarini hisobga olgan holda echish uchun sonli-analitik algoritm ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bir va ikki fazali stratifikatsiyalangan oqimlar matematik modellari, ular asosida shakllantirilgan masalalarning echimlari va ishlab chiqilgan dasturiy vosita asosida:

ko‘p fazali o‘zaro kirishuvchan va ta’sirlanuvchan suyuqliklar modeli, hisoblash algoritmi asosida ishlab chiqilgan «Suv havzalaridagi ko‘p fazali stratifikatsiyalashgan oqimlar rivojlanishi dinamikasini modellashtirish» dasturiy vositaga «Unicon.uz» DUK tomonidan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan («Unicon.uz» DUKning 2018 yil 16 oktyabrdagi xulosasi). Natijada suyuqlikning zichlik bo‘yicha qatlamlanishi kuzatiladigan suv sovituvchi havzalarda stratifikatsiyalangan ko‘p fazali oqimlar qonuniyatlarini o‘rganish, suv omborlari va yirik daryolar sirtida to‘lqin hosil bo‘lishini hisoblash usullarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;

urinma kuchlanishlar va mexanik harakat dissipatsiyasini hisoblash uchun formulalar asosida silindrik quvurda oqayotgan ikki fazali suyuqlik laminar oqimi jarayonlari modeli suv ombori quyi b`efida oqindi va cho‘kindili oqimlarni boshqarish maqsadida «Amudaryo chap qirg‘oq irrigatsiya tizimlari havza» boshqarmasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 17 iyuldagi 33-8/5240-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida stratifikatsiyalanishni bashoratlash dasturi suv ombori foydali hajmini 7%ga oshirish, suv ombori quyi b`efida oqindi va cho‘kindili oqimlarni bashoratlash, suv omboridan foydalanish koeffisientini 6%ga oshirish imkonini bergan;

silindrik quvurda oqayotgan ikki fazali suyuqlik turbulent oqimining stratifikatsiya jarayonlari uch qatlam ko‘rsatkichlari va umumiy chegaralarini topish usuli hamda dispers aralashma oqimidagi gidravlik parametrlarning o‘zgarishini aniqlash maqsadida «Qaramazi-Qilichbay» irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 17 iyuldagi 33-8/5240-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida quvurlarning o‘tkazish qobiliyatini va suv omborining foydali hajmini baholash, quyi b`efda nanosli oqimlarni boshqarish imkonini bergan;

atmosfera oqimining pastki qatlami va suv havzasi tepa qatlami ikki fazali muhitlar stratifikatsiya masalasining quyosh nurini va sohalarda issiqlik almashinuvi omillarini hisobga oluvchi sonli hisoblash algoritmi asosida Amudaryoning quyi qismi daryo o‘zanidagi aylanma oqimning turg‘unligini aniqlash, Xorazm hududida daryo o‘zanidagi qirg‘oq himoyalovchi inshootlarni qurishda «Xorazm suv loyiha» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 17 iyuldagi 33-8/5240-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida radiatsion nurlarning issiqlik balansiga ta’siri jarayonida sutkalik issiqlikning tebranish amplitudasini aniqlash va dasturiy vosita orqali uzoq muddatli bashoratlash sifatini 10%ga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish