Boltibaev Shuxratjon Komiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Davriy rejimda ishlayotgan o‘zaro bog‘liq magistral gaz quvurlarini matematik modellashtirish va tadqiq etish», 05.01.07–«Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T58.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kabulov Anvar Vosilovich, texnika fanlari doktori, professor; Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:davriy rejimda chegaraviy shartlarning turli berilishida magistral` gaz quvurining gidravlik parametrlarini hisoblash uchun matematik modellar, sonli-analitik usullar va dasturiy vositalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quvur orqali uzatilayotgan gaz harorati o‘zgarishining matematik modeli atrof muhit haroratining sutkalik sinusoidal o‘zgarishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
gaz iste’molining sutkalik davriy o‘zgarishi holida magistral` gaz quvuri chiziqli qismi uchun chegaraviy shartlar berilishining turli kombinatsiyalariga mos masalalarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
izotermik rejimdagi teleskopik magistral` gaz quvuri tarmog‘ining gazodinamik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun chegaraviy va ichki shartlar davriy berilishining turli kombinatsiyalariga mos yagona hisob algoritmi ishlab chiqilgan;
jadval ko‘rinishidagi va bir yoki ko‘p pog‘onali qismlardan tashkil topgan funksiyalarni Fur`e qatorlari shaklida ifodalovchi samarali sonli algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
gaz quvuri tarmog‘i va uning chiziqli qismlarining parametrlarini hisoblash bo‘yicha «Dinamik rejimdagi teleskopik magistral gaz quvurining turlicha ichki va chegaraviy shartlarini hisobga olib gaz sarfi va bosimining sutkalik o‘zgarishini hisoblovchi dastur», «Resiver o‘rnatilgan, davriy rejimda faoliyat ko‘rsatayotgan magistral gaz quvurining elementar qismida gaz sarfi va bosimini o‘zgarishini hisoblovchi dastur», «Davriy rejimdagi magistral gaz quvurining elementar qismida inersiya kuchini hisobga olgan holda gaz sarfi va bosimini o‘zgarishini hisoblovchi dastur» yaratilgan. Dasturiy vositalariga «UNICON.UZ» DUK tomonidan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan («UNICON.UZ» DUKning 2018 yil 9 oktyabrdagi xulosasi). Natijada gaz quvuri tarmog‘i va uning chiziqli qismlarining parametrlarini hisoblash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot gaz tashish tizimlari optimal rejimlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ko‘p bo‘g‘inli gaz quvuri uchun bo‘g‘inlar gidravlik ko‘rsatkichlari, oraliq nuqtalardagi gaz olish/qo‘shishning jadalliklari berilganida gaz bosimi va massa sarfini aniqlash algoritmi asosida yaratilgan dasturiy vosita O‘zbekiston neft` va gaz sanoati amaliyotiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 33-8/2533-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida dinamik rejimda faoliyat yuritayotgan gaz tashish tizimining ish rejimini aniqlash, magistral` gaz quvurini gidravlik hisob qilish va optimal boshqarishda kompressor stansiyasi uskunalarini ishga tushirish va o‘chirish rejimlarini aniqlashda mehnat sarfini 9,5%ga kamaytirish imkonini bergan;
atrof muhit haroratining sinusoidal o‘zgarishi tufayli quvur orqali uzatilayotgan gaz haroratining o‘zgarishini hisoblash algoritmi «O‘zLITIneftegaz» OAJ mutaxassislari tomonidan quvurlar tizimlarini hisoblash jarayonida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 33-8/2533-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida quvur orqali tashilayotgan tabiiy gazning termodinamik ko‘rsatkichlarini aniqlash va gidravlik hisoblashlar o‘tkazish uchun avtomatik ishchi o‘rin tashkil etish jarayonida mehnat unumdorligini orttirish imkonini bergan;
davriy chegaraviy shartlarning turlicha berilishida magistral` gaz quvuri chiziqli qismining gazodinamik ko‘rsatkichlarini aniqlash algoritmi va dasturiy vosita «Samarqandshahargaz» muhandis mutaxassislari bilan birgalikda gaz tashish tizimlari gazodinamik ko‘rsatkichlarini aniqlashda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 33-8/2533-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida gaz quvuri faoliyatini boshqarish, kompressor stansiya uskunalarini ishga tushirish va o‘chirish rejimlarini aniqlash, o‘zaro bog‘liq chiziqli qismlar gidravlik parametrlarini tezkor aniqlash imkonini bergan.