Davlatova Aziza Aripdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish kasalliklarining tug‘ruqdan keyingi septik asoratlarini rivojlanishiga ta’sirining klinik va immunologik asoslari», 14.00.21 – stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib806.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nadira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fattaxov Ravshan Abdurashidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mara university of technology (Malayziya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan homilador ayollarda tug‘ruqdan keyingi davrning yiringli-septik kasalliklari rivojlanishining asosiy patogenetik mexanizmini o‘rganish asosida ularning davolash-profilaktika choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda tug‘ruqdan keyingi septik asoratlar rivojlanish xavfining prognostik belgisi bo‘lgan asosiy klinik-immunologik va bakteriologik prediktorlar aniqlangan;
homiladorlarda og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarining immunosupressiv ta’siri tufayli tug‘ruqdan keyingi septik kasalliklarning rivojlanishiga ta’sirining patogenetik mexanizmlari, immun tizimining eng muhim biomarkerlari va ularning tug‘ruqdan keyingi davr asoratlarini bashorat qilishdagi roli aniqlangan;
homilador va tuqqan ayollarda og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish kasalliklari fonida oksidativ stressni keltirib chiqaradigan erkin radikallar tomonidan endotoksikozni oshiruvchi dinamik muvozanat va lipidlarning peroksidlanish tizimining teskari aloqa prinsiplari bo‘yicha ishlashi buzilishi aniqlangan;
tug‘ruqdan keyingi davrda yiringli-septik asoratlar rivojlanishining prognostik prediktori sifatida ayollar qon zardobida endotoksin mavjudligi yallig‘lanish jarayonining og‘irligini va davolash samaradorligini bashorat qilish va baholash uchun ahamiyati aniqlangan; 
o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida homilador ayollarning og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish bo‘yicha shaxsiy tavsiyalarni taqdim etish imkonini beruvchi "Oral Health for Moms" mobil ilovasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiqi bo‘yicha 2024 yil 26 avgustdagi 5– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda tug‘ruqdan keyingi septik asoratlar rivojlanish xavfining prognostik belgisi bo‘lgan asosiy klinik-immunologik va bakteriologik prediktorlar aniqlangan. Ilmiy yangilik ahamiyati: Homilador ayollarni stomatologik kuzatib borish zarurligini, asoratlarning erta dagnostikasi va prognozlash asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahridagi 7-son ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №73), Samarqand shahar 1-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №480), Samarqand shahar 3-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №7), Samarqand viloyati stomatologik poliklinikasining bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №9) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Homilador ayollarning tugruqdan keyingi asosaratlarni oldi olingan. Iqtisodiy samaradorligi: Og‘ir yiringli-septik holatlar rivojlanishining oldini olish uzoq muddatli va qimmat turuvchi davolanish, reanimatsiya bo‘limlariga yotqizish, qimmat antibiotik terapiyasi va jarrohlik davolanish uchun 73050000 so‘m iqtisod qilishga erishildi, bu sog‘liqni saqlashga byudjet mablag‘larini sarflashni maqbullashtiradi. Xulosa: tuqqan ayollarda shoshilinch tug‘ruq, homila tushishining har xil turlari bo‘lishi, anamnezida kesarcha kesish operatsiyasi mavjudligi, homiladorlik davrida surunkali temir tanqisligi anemiyasi, turli xil o‘tkir virusli infeksiyalar stomatologik kasalliklar rivojlanishining prediktori sifatida aniqlangan
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlarda og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarining immunosupressiv ta’siri tufayli tug‘ruqdan keyingi septik kasalliklarning rivojlanishiga ta’sirining patogenetik mexanizmlari, immun tizimining eng muhim biomarkerlari va ularning tug‘ruqdan keyingi davr asoratlarini bashorat qilishdagi roli aniqlangan; Ilmiy yangilik ahamiyati: tug‘rukdan keyingi asoratlarni erta  oldini olishga klinik yondashuv o‘zgartirilgan, septik kasalliklarning rivojlanish prediktorlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahridagi 7-son ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №73), Samarqand shahar 1-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №480), Samarqand shahar 3-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №7), Samarqand viloyati stomatologik poliklinikasining bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №9) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ruqdan keyingi septik asoratlar rivojlanishi bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarni erta aniqlash tug‘ruqdan keyingi og‘ir holatlar, onalar kasallanishi va o‘limini kamaytirish orqali profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali infeksiya o‘choqlarini o‘z vaqtida sanatsiya qilish va manzilli profilaktika tadbirlarini tayinlash imkonini beradi, bu esa asoratlarni qimmatbaho davolash, reanimatsiya tadbirlari va uzoq muddatli kasalxonaga yotqizishga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada kamaytiradi, kasalxonada yotish muddati 10 kundan 5 kungacha qisqardi, qo‘shimcha tekshiruvlar uchun har bir bemordan 800000 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: yallig‘lanish reaksiyasining kuchayishi va yallig‘lanish oldi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi tug‘ruqdan keyingi yiringli-septik asoratlarning rivojlanishiga yordam berishi va ularning patogenezdagi roli aniqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: homilador va tuqqan ayollarda og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish kasalliklari fonida oksidativ stressni keltirib chiqaradigan erkin radikallar tomonidan endotoksikozni oshiruvchi dinamik muvozanat va lipidlarning peroksidlanish tizimining teskari aloqa prinsiplari bo‘yicha ishlashi buzilishi aniqlangan; Ilmiy yangilik ahamiyati: kompleks profilaktikaning bir qismi sifatida antioksidant terapiyani qo‘llash istiqbollarini ochib beradi, shuningdek, xavf guruhidagi homilador ayollarda oksidativ stress belgilarini kuzatish zarurligini ta’kidlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahridagi 7-son ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №73), Samarqand shahar 1-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №480), Samarqand shahar 3-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №7), Samarqand viloyati stomatologik poliklinikasining bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №9) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:  olingan ma’lumotlar oksidlanish disbalansini tuzatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi, bu esa tug‘ruqdan keyingi og‘ir holatlar chastotasini kamaytirishga, ayollarning reproduktiv salomatligini yaxshilashga, oilaviy va demografik farovonlikni saqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: antioksidant terapiyani qo‘llash va tug‘ruqdan oldin og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish asoratlar xavfini kamaytirishga, davolanish davomiyligi va narxini qisqartirishga, kasalxonada bo‘lish muddatini 10 kundan 5 kungacha qisqartirishga, shuningdek, tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarni reanimatsiya qilish va tiklash xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi, jumladan, 1 kunlik yotoq 119 so‘mni tashkil etganda 5 kun uchun 7305000 so‘m, davolanish uchun esa 73050000 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: homilador va tuqqan ayollarda endotoksikozni oshishiga qarshi antioksidant terapiya stomatologik asoratlar xavfini kamaytirgan.
to‘rtinchi  ilmiy yangilik: tug‘ruqdan keyingi davrda yiringli-septik asoratlar rivojlanishining prognostik prediktori sifatida ayollar qon zardobida endotoksin mavjudligi yallig‘lanish jarayonining og‘irligini va davolash samaradorligini bashorat qilish va baholash uchun ahamiyati aniqlangan; Ilmiy yangilik ahamiyati: stomatologik prediktorlarning prognostik qiymatini ilmiy asoslash stomatologik skriningni homiladorlikni olib borish standartiga integratsiyalash zaruratini keltirib chiqaradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahridagi 7-son ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №73), Samarqand shahar 1-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №480), Samarqand shahar 3-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №7), Samarqand viloyati stomatologik poliklinikasining bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №9) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlik va tug‘ruqning asoratli kechishi chastotasini kamaytiradi, onalar va perinatal kasallanish darajasini pasaytiradi, ayollarning reproduktiv salomatligini saqlashga va demografik barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bu kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartirishga, intensiv terapiya va antibakterial yuklamaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga, takroriy murojaatlar va nogironlikni kamaytirishga yordam beradi. Uzoq muddatli istiqbolda bu sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yukni kamaytirishga, ayollarning mehnat qobiliyatini saqlab qolishga olib keladi, jumladan, umumiy iqtisod 10 bemorga 73050000 so‘mni, diagnostikaga sarf-xarajat 8000000 so‘mni tashkil qildi. Xarajatlarning samaradorlik koeffisienti hisoblanganda 9,13 ni tashkil qildi. Xulosa: ishlab chiqilgan dastur tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarda yiringli-septik asoratlarni o‘z vaqtida tashxislash va yanada samarali oldini olishga yordam bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida homilador ayollarning og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish bo‘yicha shaxsiy tavsiyalarni taqdim etish imkonini beruvchi "Oral Health for Moms" mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilik ahamiyati: Ilovadan foydalanish homiladorlik va tug‘ruqning turli davrlarida gigiena va profilaktika tavsiyalariga rioya qilishni yaxshilashga yordam bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahridagi 7-son ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №73),Samarqand shahar 1-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (8.11.2024 y. №480), Samarqand shahar 3-tug‘ruqxonasi bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №7), Samarqand viloyati stomatologik poliklinikasining bo‘yicha buyruq (3.11.2024 y. №9) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: raqamli platformadan foydalanish, ayniqsa, yuzma-yuz maslahat olish imkoniyati cheklangan sharoitda tibbiy kuzatuvning uzluksizligini ta’minlaydi va ayollarni o‘z sog‘lig‘ini faol boshqarishga jalb qilish, jamiyatda profilaktika madaniyatini mustahkamlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilova masofadan turib maslahat berish va og‘iz bo‘shlig‘ini muntazam parvarish qilish muhimligini eslatish orqali stomatolog va akusher-ginekologga tashriflar sonini kamaytirishga yordam beradi, davolanish va diagnostikadan 1 bemor uchun 7850000 so‘m iqtisod qilishga erishildi, bu esa ham bemorlar, ham sog‘liqni saqlash tizimi uchun vaqt va resurslarni tejaydi. Xulosa: yangi mobil ilovadan foydalanish homiladorlik va tug‘ruqning turli davrlarida gigiena va profilaktika tavsiyalariga rioya qilish bilan og‘ir asoratlarni oldini olish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yukni kamaytirgan, onalar va perinatal kasallanish darajasini pasaytirgan, intensiv terapiya va antibakterial yuklamaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan, stomatolog va akusher-ginekologlarga takroriy murojaatlarni va nogironlikni kamaytirishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish