Abdirashidov Ablakulning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilmalar nochiziqli deformatsiyalanuvchan elementlarining suyuqlik bilan o‘zaro nostatsionar ta’siri», 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.DSc/FM82.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudoynazarov Xayrulla texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.08.2018.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mardonov Botirjon, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Abdusattorov Abdusamad, texnika fanlari doktori, professor; Abirov Rustam Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilmalar elastik-qayishqoq deformatsiyalanuvchan va emiriluvchan elementlari (qobiq, plastinka va plita)ning nochiziqli deformatsiyalanishi jarayonida fazaviy holatini o‘zgartiruvchi suyuq muhit va gaz bilan nostatsionar o‘zaro ta’sirlashish muammosini matematik modellashtirish va sonli echishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinamik yuklangan elastik-qayishqoq deformatsiyalanuvchan quvurlarning metastabil va kriogen suyuqliklar bilan o‘zaro ta’sirlashishning samarali hisoblash modeli ishlab chiqilgan;
quvurlarning bir qismi (neft`-gaz quvurlari), neft` va kondensatlarni saqlovchi rezervuarlarning qayishqoq deformatsiyalanuvchanlik va plastik yupqalashish sohalari gidroelastik tizimlardagi nochiziqli to‘lqin masalalarini echish orqali aniqlangan;
metall plastinkaning ta’sir etuvchi kuch yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda qoldiq deformatsiyasi paydo bo‘lishi gidroelastiklik masalasini (plastinka, suyuqlik va tezkor kengayuvchi gaz pufakchasining o‘zaro nostatsionar ta’siri masalasini) sonli echish orqali aniqlangan;
quvurlar va gidroinshootlar devorlarining nochiziqli deformatsiyalanishi jarayonida metastabil va kriogen suyuqliklarda qaynash (ya’ni dinamik rivojlanuvchi va yangi fazalari paydo bo‘luvchi) sohalarining mavjudligi nostatsionar gidroelastik-qayishqoqlik masalalarini sonli echish orqali aniqlangan;
gidroinshootlar to‘lqin nazariyasi asosida er va suv osti quvurlari mustahkamligini hisoblashning sonli hisoblash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilmalar nochiziqli deformatsiyalanuvchan elementlarining suyuqlik bilan o‘zaro nostatsionar ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash usullari, algoritmlar va dasturlar natijalari asosida:
gaz quvurlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati hisobining loyiha sifatini oshirish, ob’ektlardan samarali va ishonchli foydalanish, sinov muddatlarini va moddiy-texnik xarajatlarni kamaytirishning sonli hisob uslubi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Muborakneftgaz» MChJ korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati ning 2018 yil 7 maydagi 02/12-1-92-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi sinov-qurilma va texnologik ishlar bo‘yicha matematik model, sonli hisob algoritmi va dasturga asoslangan ilmiy-texnik tavsiyalar gaz quvurlari sistemasi mustahkamligi va sistemaning ishdan chiqish ehtimolligini oldindan aniqlash moliyaviy sarf-xarajatlarni 10-14 foizgacha kamaytirish imkonini bergan;
qumloq muhitga yotqizilgan gaz quvurlarining deformatsiyalanganlik-kuchlanganlik holatini hisob usullari «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Muborakneftgaz» MChJ korxonasining KS va IL bo‘limlarida «Dengizkul`-MGPZ» loyihash jarayonlariga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 7 maydagi 02/12-1-92-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi qumloq muhitga yotqizilgan gaz quvurlarining deformatsiyalanganlik holatini baholash va qabul qilingan darajadagi ishonchlilikni saqlagan holda yakuniy natijada sarf-xarajatlarni 10 foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
gaz quvurlari materiali mustahkamligi shartining bajarilishi tekshirilib, gaz quvurlarining ixtiyoriy kesimidagi nuqtada ta’sir etuvchi kuchlanish qiymatini aniqlashning matematik ifodasi «Muborakneftgaz» MChJ korxonasidagi KS va IL bo‘limda texnik hisoblashlar jarayonlariga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 7 maydagi 02/12-1-92-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi quvurdagi plastik yupqalashish sohalarini aniqlash orqali buzilishlarga olib keluvchi holatlarning oldini olish va tizimning bexosdan ishdan chiqish ehtimolligini 12-14 foizga kamaytirish imkonini bergan;
gaz quvurini yotqizishning optimal sathini aniqlash bo‘yicha quvurning deformatsiyalanuvchi muhit bilan o‘zaro nochiziqli ta’sirini e’tiborga olish hisobini bajaruvchi matematik model, algoritm va dastur ««Dengizkul`-MGPZ» gaz quvurlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati hisobi» mavzudagi texnik topshirig‘ini bajarishda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 7 maydagi 02/12-1-92-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi mehnat xarajatlari hajmini 12-14 foizga kamaytirish imkonini bergan.