Umarov Kamoliddin Xusniddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘zbek teatrining o‘rni (1991-2023-yy.)”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/San288.
Ilmiy rahbar: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01. 
Rasmiy opponentlar: To‘ychieva Sayyora Suyarkulovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Ismolilov Anvar Hamdamovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri ijtimoiy-madaniy jarayonlarining o‘zbek teatri taraqqiyotiga ta’siri va shakllanish bosqichlarida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda an’anaviy tarzda milliy teatr uzoq asrlik tarixga ega ekanligi, sovet mustabid tuzumi sharoitida u kuchli tarzda mafkuralashgani, soxta sotsialistik realizm tamoyili ushbu san’atdagi milliylik unsurlariga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
mustaqillik yillarida o‘zbek teatrining ijtimoiy-madaniy faoliyati jamiyat a’zolarida milliy identlikni shakllantirish, teatr boshqaruvi tizimida modernizatsiya, ish faoliyatida milliylik va zamonaviylikka yo‘g‘rilgan transformatsiya jarayoni yuz berganligi aniqlangan;
O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotining keyingi yillarida jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotining muhim sohasi sifatida teatr san’atida “ma’naviy-madaniy qudrat” va mafkuraviy-siyosiy jabhada uning “ijtimoiy kuchi” mavjudligi dalillangan, mazkur jarayon madaniyatdagi ijtimoiy buyurtma vositasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligi isbotlangan; 
o‘zbek teatrining rivojlanishi “Yangi O‘zbekistonni qurish”, “Uchinchi Renessansni barpo etish”, “yangi ma’naviy makon”, “ma’rifatli davlat”ni yaratishdan iborat zamonaviy ijtimoiy-madaniy jarayonlar bilan uyg‘unlikda  rivojlanishi davlat va jamiyat taraqqiyoti, kishilar ma’naviy olamini boyitishga olib kelishi dalillangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘zbek teatrining o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda xalqaro madaniy aloqalar va ijodiy hamkorlik zarur ahamiyat kasb etayotgani bois, mamlakatimizning xalqaro integrasion jarayonlarda faol qatnashishi, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni va maqomini yanada mustahkamlanishida teatr san’ati muhim o‘rin tutishi ochib berilganini tasdiqlovchi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2023-yilning 22-28-may kunlari o‘tkazilgan “Evroosiyo” xalqaro teatr festivalining tashkiliy jarayonlarida va spektakl muhokamalarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 14-avgustdagi 02-11-18-2631-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatr san’ati orqali mamlakatimizning xorij davlatlari bilan xalqaro integratsion va ijtimoiy-madaniy aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
bugungi globallashuv davrida teatrning muhim ijtimoiy funksiyalari, jamiyat birdamligi va badiiy madaniyat rivojiga ta’siri, teatr va jamiyatning o‘zaro hamkorligi, yangi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda teatrlarning boshqaruvi, xalqaro integrasion jarayonlarning o‘zbek teatridagi o‘rni muhim ekanligi ochib berilgani bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan xalqaro teatr festivallari faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 14-avgustdagi 02-11-18-2631-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek teatrining madaniy diplomatiyani rivojlantirishdagi o‘rni, ijtimoiy-madaniy faoliyati jamiyat a’zolarida milliy identlikni shakllantirishi, teatr boshqaruvi tizimida modernizasiya, ish faoliyatida milliylik va zamonaviylikka yo‘g‘rilgan transformasiya jarayoni yuz berganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda Evropa tipidagi professional teatr san’ati yuzaga kelgandan boshlab, hozirgacha bo‘lgan davrda ijtimoiy-madaniy jarayonlarning sahna san’atiga ta’siri dalillangani hamda O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o‘zgarishlar yuz berishi natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda o‘zbek teatri boshqaruvida ham modernizasiya va transformasiya hodisalari sodir bo‘lganiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 14-oktyabrdagi 01-44-305-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Hamma uchun” ko‘rsatuvida taqdim etilgan spektakllar bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar orqali jamiyat birdamligi va badiiy madaniyat rivojida o‘zbek teatrining ahamiyati masalalariga oid ilmiy xulosalar keng auditoriyaga teatrning zamonaviy ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi ahamiyati ochib berilgan;
O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotining keyingi yillarida jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotining muhim sohasi sifatida teatr san’atida “ma’naviy-madaniy qudrat” va mafkuraviy-siyosiy jabhada uning “ijtimoiy kuchi” mavjudligi, buyuk allomalar va jadidlarning ma’naviy merosini o‘rganish orqali yoshlar ma’naviy olamining boyitilishi, mazkur jarayon madaniyatdagi ijtimoiy buyurtma vositasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Buyuk allomalar va ma’rifatparvar jadidlarning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan” 42-bandi “Buyuk alloma va ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 22-apreldagi 10/222-sonli dalolatnomasi) Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar teatrning ijtimoiy-madaniy jaryonlar bilan uzviyligi, buyuk alloma va jadidlarning faoliyatini yoritishi, jamiyatda ijtimoiy muhitni shakllantiruvchi, yoshlarning ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatishi asosida uning hozirgi davrdagi muhim vazifalarini yoritishga va targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish