Achilov Nurbek Norboy o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompyuter grafikasi vositasida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish (kompyuter grafikasi asosida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizma geometriya va muhandislik grafikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1331
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Saydaliev Saidkarim Saydinabievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy kengash, PhD.03/08.05.2024A.11.02
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardov Sanjar Xudoyqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi muhandislik kompyuter grafikasi fani asosida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ishining ilmiy yangiligi:
muammolarning innovatsion yechimlarini topish jarayonida “Muhandislik kompyuter grafikasi” fani vositasida talabalarning ijodiy qobiliyatʼini rivojlantirish innovatsiyalar, tanqidiy fikrlash va kompyuter grafikasi koʻʼnikmalarini amaliy qoʻʼllashni rivojlantirishga qaratilgan tizimli yondashuv (oʻquv maqsadlari, amaliy loyihalar, ijodkorlik integratsiyasi, loyihaga asoslangan taʼlim)ni maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
“Muhandislik kompyuter grafikasi” fanidan bajariladigan mustaqil taʼlim orqali talabalarda ijodiy faoliyat va qobiliyatlarni rivojlantirish innovatsion loyiha topshiriqlari, rivojlangan tendensiyalar, fanlararo ijodkorlikni rivojlantirish, ijodiy koʻʼnikmalarni real hayotda qoʻʼllash, konstruktivlik va uzlyuksiz kasbiy rivojlanish kabi ijobiy ta’lim muhitidagi pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
“Muhandislik kompyuter grafikasi” fani vositasida talabalarning ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish modeli o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasida individual va jamoaviy loyiha xususiyatlarni hisobga olish, ijodiy atmosferaning barqarorligini ta’minlash, “Muammoli vaziyat”, “Tizimli ijodiy faoliyat”, “Kaskad” mantiqiy-tahliliy sxema kabi interfaol metodlarning takomillashgan taʼminoti asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlash va diagnostik baholash tizimi o‘qitish samaradorligini oshirish bilan refleksivlik holatini muntazam korreksiualash bo‘uicha komrozision - ijodiu faoliuatning ijobiu dinamikligini kengautirish asosida takomillashtirilgan va samaradorligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandislik kompyuter grafikasi fani vositasida o‘qitish samaradorligini oshirish hamda talabalarning ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
muhandislik kompyuter grafikasi orqali talabalarning konstruktorlik dasturlarining avtomatlashtirilgan imkoniyatlari hamda statistik ko‘rsatkichlarni faktorli tahliliga oid takliflar tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023 yil 19-maydagi № 02/01-01-82-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislar tomonidan konstruktorlik dasturlarining barcha zamonaviy imkoniyatlari haqida ma’lumot olishlarining zamini yaratilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qituvchilarida kompyuter grafikasi orqali ijodiy va intellektual qobiliyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish hamda mahoratlarini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Yangiliklar 24” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-maydagi 05-09-232-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari grafik dasturlarining barcha zamonaviy imkoniyatlari haqida ma’lumot olishlariga erishilgan;
muhandislik kompyuter grafikasi fanini zamonaviy grafik dasturlar o‘qitish usulini qo‘llash metodikasi hamda talabalarni qiyoslash usuli yordamida ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish texnologiyasini takomillashtirishga oid takliflar “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi № 166-481 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishga erishilgan;
muhandislik kompyuter grafikasi asosida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni va talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini (yuqori, o‘rta, past) innovatsion test topshiriqlari (konstruktorlik dasturlarining buyruqlaridan foydalanish ketma-ketligini aniqlash) vositasida nazorat qilish metodi orqali taklif va tavsiyalardan “Muhandislik kompyuter grafikasi” nomli elektron darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-son buyrug‘i, 232-355 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini talabaning shaxsiy potensialini namoyon bo‘lishiga qaratilgan sub’ekt-sub’ekt munosabatlar tizimini individual ta’lim traektoriyasi bilan refleksivlik holatini muntazam korreksiyalash bo‘yicha kompozision-ijodiy faoliyatning ijobiy dinamikligini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Muhandislik kompyuter grafikasi fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish texnologiyasi” nomli mustaqil ish daftari ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur o‘quv-metodik taʼminot talabalarni ijodiy kasbiy topshiriqlarni mustaqil ta’lim asosida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.