Xoldarov Muhammadjon Shoxruxbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za qator oralariga ishlov beruvchi kultivator-chuqur yumshatkich ish organini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T2323.
Ilmiy rahbari texnika fanlari doktori, professor Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Mamadaliev Mahammadjon Xabibullaevich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Asqar Kimsanovich, texnika fanlari doktori, professor va Boyboboev Nabijon G‘ulomovich texnika fanlari doktori, professor tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Yetakchi tashkilot sifatida, «Namangan muxandislik-texnologiyalar instituti» Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II.Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za qator oralariga ishlov beruvchi kultivator chuqur-yumshatkich ish organini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash yo‘li bilan yumshatilgan tuproq qatlamlarida suv va havo rejimini yaxshilash, o‘simlik ildiz tizimini rivojlanishi uchun zamin yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: g‘o‘za qator oralariga ishlov beruvchi kultivator-chuqur yumshatkich ish organini tuproq ostki qismini qo‘yilgan talab darajasida sifatli yumshatilishini taʼminlashini hisobga olgan holda mashinaning chuqur yumshatkichi ishlab chiqilgan;
g‘o‘za qator oralariga ishlov beruvchi kultivator-chuqur yumshatkich mashinasining chuqur yumshatuvchi ish organini ramada joylashish parametrlarini g‘o‘za ildiz tizimi va rivojlanishini hamda himoya yo‘lagini hisobga olgan holda asoslangan;
chuqur yumshatkich ish organini tuproqqa kirish va o‘tkirlanish burchaklari, iskanasining kengligi va uzunligi hamda tortishga qarshiligini aniqlash imkonini beruvchi analitik ifodalar tuproq xossalari (namligi, zichligi, qattiqligi) va mashinaning harakat tezligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
chuqur yumshatkich ish organining agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi regressiya tenglamalari tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizimni birgalikda echish orqali, minimal energiya sarfi evaziga maksimal agrotexnik samaradorlikni ta’minlovchi maqbul ish organ parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.G‘o‘za qator oralariga ishlov beruvchi kultivator-chuqur yumshatkich ish organini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagilarga erishilgan;
g‘o‘za qator oralariga ishlov beruvchi kultivator-chuqur yumshatkich
(Patent UZ FAP 01897) va chuqur yumshatkich ish organi (Patent UZ FAP 02147) uchun foydali modellariga 2 dona patentlari olingan. Gʻo‘za qator oralariga ishlov beruvchi kultivator-chuqur yumshatkichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 7 avgustdagi 05/04-04-367-son ma’lumotnomasi). Natijada chuqur yumshatkichli ish organlari bilan jihozlangan kultivator-chuqur yumshatkich yaratilgan;
g‘o‘za qator oralariga ishlov berish uchun ishlab chiqarilgan kultivator-chuqur yumshatkichning tajriba nusxasi Andijon viloyatining Andijon va Baliqchi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 7 avgustdagi 05/04-04-367-son ma’lumotnomasi). Natijada chuqur yumshatkich ish organlari bilan jihozlangan kultivator qo‘llanilganda mehnat sarfi 51,0 foizga va bir gektar maydonga sarflangan ekspluatasion harajatlar 32% ga kamayishiga erishilgan;
g‘o‘za qator oralariga ishlov berish uchun ishlab chiqarilgan kultivator-chuqur yumshatkichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «AndijonTexMash» MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 7 avgustdagi 05/04-04-367-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator oralariga ishlov berish uchun ishlab chiqarilgan kultivator-chuqur yumshatkichni yaratilishiga asos bo‘lgan.