Dadabaev Shavkat Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va tahlilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish», 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2018.1.PhD/Iqt518.
Ilmiy rahbar: Abduvaxidov Farxod Tuychievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tovar-moddiy zaxiralar hisobi va tahlilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tovar-moddiy zaxiralar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda hisobdorlikni ta’minlash, hisob ob’ektlarini tan olish va foydali qazilmalarni baholashning uslublaridan bilvosita yondashuv asosida foydalanishga ko‘ra takomillashtirilgan;
tovar-moddiy zaxiralarni tashib keltirish, tayyorlash va omborxonada saqlash xarajatlari 1210 - “Tashib keltirish xarajatlari”, 1220 - “Tayyorlash xarajatlari” va 1230 - “Omborxonada saqlash xarajatlari” ishchi schyotlarida hisobga olish orqali ularni tannarxini to‘g‘ri aniqlashga oid tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish taklifi asoslangan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda meyordan ortiq transport tayyorlov xarajatlarini korxona xarajatlariga mutanosib ravishda taqsimlashda davriy tizimda yuritish orqali xarajatlar va ularning iqtisodiy elementlariga ko‘ra guruhlashga mosligi hamda ob’ektivligini ta’minlash asoslangan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tovar-moddiy zaxiralar samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar tasnifi ishlab ishlab chiqish hamda ilk bor mul`tiplikativ modeldan foydalangan holda iqtisodiy tahlilning zanjirli almashtirish usulini qo‘llash asosida har bir omilning ta’sirini aniqlash uslubiyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobi va tahlilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tovar-moddiy zaxiralar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda hisobdorlikni ta’minlash, hisob ob’ektlarini tan olish va foydali qazilmalarni baholashning uslublaridan bilvosita yondashuv asosida foydalanishga ko‘ra takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Buxgalteriya hisobi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda sanoat korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish, ularni baholash, joriy hisobni yuritish va hisobotda aks ettirish, ichki nazorat hamda tahlil tizimini tashkil etish, tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy tamoyillari yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
tovar-moddiy zaxiralarni tashib keltirish, tayyorlash va omborxonada saqlash xarajatlari 1210 - “Tashib keltirish xarajatlari”, 1220 - “Tayyorlash xarajatlari” va 1230 - “Omborxonada saqlash xarajatlari” ishchi schyotlarida hisobga olish orqali ularni tannarxini to‘g‘ri aniqlashga oid tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 5 dekabrdagi 04/05-3755-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni hisob siyosatida taklif etilgan yangi ishchi schyotlarni qo‘llash orqali xom-ashyo va materiallarni tashib keltirish, tayyorlash va saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning yanada aniqligi hamda ularning hisobini yuritish uslubiy jihatdan takomillashuvi ta’minlangan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda meyordan ortiq transport tayyorlov xarajatlarini korxona xarajatlariga mutanosib ravishda taqsimlashda davriy tizimda yuritish orqali xarajatlar va ularning iqtisodiy elementlariga ko‘ra guruhlashga mosligi hamda ob’ektivligini ta’minlash taklifi “O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 5 dekabrdagi 04/05-3755 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma tarkibiga kiruvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralarning boshlang‘ich hisobini yuritish hamda meyordan ortiqcha transport-tayyorlov xarajatlarini mutanosib ravishda korxona xarajatlariga taqsimlash tovar-moddiy zaxiralar hisobini davriy tizimda yuritish aniqligi ta’minlangan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tovar-moddiy zaxiralar samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar tasnifi ishlab ishlab chiqish hamda ilk bor mul`tiplikativ modeldan foydalangan holda iqtisodiy tahlilning zanjirli almashtirish usulini qo‘llash asosida har bir omilning ta’sirini aniqlash uslubiyotini takomillashtirish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi 2024 yil 5 dekabrdagi 04/05-3755 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sement ishlab chiqaruvchi korxonalarda material xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlilini amalga oshirishda sarflanadigan vaqt miqdori 5 foizga tejalgan hamda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini 0,4 foizga tejash imkoniyati yaratilgan.