Akilov Djaxangir Xabibullaevichning
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik dorsalgiyalarda davolash-profilaktik va reabilitatsion dasturlarning majmuaviy algoritmlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tib698.
Ilmiy maslahatchi: Mirdjuraev El`bek Mirshovkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gul`nara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurgujaev Erkin Smagulovi,  tibbiyot fanlari doktori, professor; Urinov Muso Boltaevich,  tibbiyot fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi turli aholi guruhlari orasida nospesifik dorsalgiyalarni tashxislash, patogenetik asoslangan davolash-profilaktika va reabilitatsiyaga endashuvni optimallashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kognitiv-emotsional terapiyani surunkali nospesifik dorsalgiyalarda kompleks davolash tarkibida patogenetik neyromodulyasiya sifatida qo‘llash zarurligi va uning markaziy sensitizatsiyani pasaytirishdagi ahamiyati sababli o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
surunkali nospesifik dorsalgiyalarda kasbga doir xavf omillarini hisobga olgan holda klinik-funksional va psixoemotsional holatni ko‘p bosqichli baholash hamda davolash ijtimoiy-ruhiy modelni integratsiyalash asosida yondashuvlar takomillashtirilgan; 
surunkali nospesifik dorsalgiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar uchun kasbiy faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shaxsiylashtirilgan neyroreabilitatsion va profilaktik tadbirlar kompleksi ishlab chiqilib, mehnatga layoqatsizlikni oldini olish maqsadida ularning kasbiy salomatlikka ta’sir etuvchi omillarini hisobga olgan holda tarkibiy va funksional integratsiyasi asoslangan;
ilk bor surunkali nospesifik dorsalgiyalarda og‘riq sindromining xronizatsiyasi va residivlar xavfini bashoratlashda psixoemotsional buzilishlar o‘ta ahamiyatli patogenetik determinant sifatida klinik jihatdan asoslangan hamda xavfli guruhni aniqlash va maqsadli profilaktik strategiyani shakllantirishda ularni stratifikatsiya mezoni sifatida qo‘llash imkoniyati isbotlangan;
surunkali nospesifik dorsalgiyalarda funksional faollikni tiklash, kinezofobiyani kamaytirish va og‘riqning surunkalanish mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida kognitiv-harakat terapiyasining markaziy neyroplastik adaptatsiya va kognitiv-emotsional modulyasiya orqali neyroreabilitatsion yondashuv optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:    
Nospesifik bel og‘rig‘i bilan kasallangan turli kasbiy guruhlardagi bemorlarni tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi yangilik: ilk bor kognitiv-emotsional terapiyani surunkali nospesifik dorsalgiyalarda kompleks davolash tarkibida patogenetik neyromodulyasiya sifatida qo‘llash zarurligi va uning markaziy sensitizatsiyani pasaytirishdagi ahamiyati sababli o‘zaro bog‘liqlik aniqlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Olimlar kengashi tomonidan 26.12.2024 yildagi 46-son bilan tasdiqlangan “Nespesifik dorsalgiyalar tashxislash va davosiga  innovatsion yondashuvlar" va “Nespesifik dorsalgiyasi bo‘lgan bemorlarning reabilitatsiya qilishning zamonaviy strategiyalari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon Davlat tibbiyot instituti O.Yu. Otabekov nomli klinikasi 2025 yil 14 yanvardagi 10i/ch-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali 2025 yil 13 yanvardagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur ilmiy yangilik – kognitiv-emotsional terapiyani surunkali nospesifik dorsalgiyalarda patogenetik neyromodulyasiya sifatida joriy etish orqali og‘riqni idrok etishdagi markaziy sensitizatsiyani pasaytirish imkonini berishi, xavf guruhidagi bemorlarda residivlar va mehnatga layoqatsizlik holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, hayot sifati va reabilitatsiya samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: markaziy sensitizatsiyani erta aniqlash va korreksiya qilish orqali og‘riqning xroniklashuvi oldini olinadi, qayta-qayta shifoxonaga murojaatlar soni va davolash xarajatlari qisqaradi. Bemorlarni qisqa muddatda faol hayotga qaytarish sog‘liqni saqlash tizimi yukini kamaytish natijasida iqtisod qilinadi. Xulosa: kognitiv-emotsional terapiya va markaziy sensitizatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan neyroreabilitatsion yondashuv amaliyotga joriy etish uchun samarali va ilmiy asoslangan tavsiya sifatida xizmat qiladi.
ikkinchi yangilik:  surunkali nospesifik dorsalgiyalarda kasbga doir xavf omillarini hisobga olgan holda klinik-funksional va psixoemotsional holatni ko‘p bosqichli baholash hamda davolash ijtimoiy-ruhiy modelni integratsiyalash asosida yondashuvlar takomillashtirilganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Olimlar kengashi tomonidan 26.12.2024 yildagi 46-son bilan tasdiqlangan “Nespesifik dorsalgiyalar tashxislash va davosiga  innovatsion yondashuvlar" va “Nespesifik dorsalgiyasi bo‘lgan bemorlarning reabilitatsiya qilishning zamonaviy strategiyalari”  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti O.Yu.Otabekov nomli klinikasi 2025 yil 14 yanvardagi 10i/ch-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali 2025 yil 13 yanvardagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul nospesifik bel og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda kasbga bog‘liq xavf omillarini (uzoq muddatli statik yuklama, jismoniy ortqinlik va ruhiy zo‘riqish) hisobga olgan holda klinik-funksional va psixoemotsional holatni ko‘p bosqichli baholash imkonini beradi. Bu yuqori xavf guruhini erta aniqlash, maqsadli reabilitatsiyani yo‘naltirish va residivlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Shu orqali bemorlarning hayot sifati va faolligi oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan ijtimoiy-ruhiy yondashuv reabilitatsiyaga ehtiyoj yuqori bo‘lgan bemorlarni saralab olish, resurslarni samarali taqsimlash va ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, ishchi aholi va harbiylar uchun mehnat faolligiga tez tiklanish orqali iqtisodiy foyda keltiradi. Xulosa: ishlab chiqilgan ko‘p bosqichli baholash va reabilitatsiya algoritmi nospesifik bel og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarni samarali tashxislash va davolash imkonini berib, klinik amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
uchinchi yangilik:  surunkali nospesifik dorsalgiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar uchun kasbiy faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shaxsiylashtirilgan neyroreabilitatsion va profilaktik tadbirlar kompleksi ishlab chiqilib, mehnatga layoqatsizlikni oldini olish maqsadida ularning kasbiy salomatlikka ta’sir etuvchi omillarini hisobga olgan holda tarkibiy va funksional integratsiyasi asoslanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Olimlar kengashi tomonidan 26.12.2024 yildagi 46-son bilan tasdiqlangan “Nespesifik dorsalgiyalar tashxislash va davosiga  innovatsion yondashuvlar" va “Nespesifik dorsalgiyasi bo‘lgan bemorlarning reabilitatsiya qilishning zamonaviy strategiyalari”  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti O.Yu.Otabekov nomli klinikasi 2025 yil 14 yanvardagi 10i/ch-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali 2025 yil 13 yanvardagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan dastur nospesifik bel og‘rig‘i bilan kasallangan xavf guruhidagi bemorlar — uzoq statik kuchlanish, jismoniy yuklama va psixoemotsional stressga duch keluvchi kasbiy faol aholi uchun shaxsiylashtirilgan profilaktika va neyroreabilitatsiya usullarini joriy etish imkonini beradi. Bu echim residivlarni kamaytirish, hayot sifati va funksional faollikni yaxshilash, shuningdek vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan yondashuv natijasida bemorlarni davolash va reabilitatsiya jarayonlari qisqartirildi, og‘riq, depressiya va xavotir darajasi pasaytirildi, bemorlarda hayot sifati yaxshilanishiga erishildi. Reabilitatsiya muddatining qisqarishi va tiklanish tezlashganligi sababli bir bemor uchun o‘rtacha 1927000 so‘m miqdorida iqtisod qilinadi. Xulosa: surunkali og‘riq sindromining kasbiy triggerlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan profilaktik va reabilitatsion algoritm amaliyotda samarali deb topildi va klinik faoliyatda qo‘llash uchun tavsiya etildi.
to‘rtinchi yangilik: ilk bor surunkali nospesifik dorsalgiyalarda og‘riq sindromining xronizatsiyasi va residivlar xavfini bashoratlashda psixoemotsional buzilishlar o‘ta ahamiyatli patogenetik determinant sifatida klinik jihatdan asoslangan hamda xavfli guruhni aniqlash va maqsadli profilaktik strategiyani shakllantirishda ularni stratifikatsiya mezoni sifatida qo‘llash imkoniyati isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Olimlar kengashi tomonidan 26.12.2024 yildagi 46-son bilan tasdiqlangan “Nespesifik dorsalgiyalar tashxislash va davosiga  innovatsion yondashuvlar" va “Nespesifik dorsalgiyasi bo‘lgan bemorlarning reabilitatsiya qilishning zamonaviy strategiyalari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti O.Yu.Otabekov nomli klinikasi 2025 yil 14 yanvardagi 10i/ch-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali 2025 yil 13 yanvardagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali nospesifik dorsalgiya bilan og‘rigan bemorlarda og‘riq sindromi va psixoemotsional buzilishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash asosida ishlab chiqilgan yondashuv ushbu guruh bemorlari uchun erta psixologik intervensiya va kompleks reabilitatsiya choralarini joriy etish imkonini yaratadi. Bu esa og‘riq sindromining xroniklashuvi, hayot sifati va jamiyatdagi faollikka salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi. Taklif psixoemotsional holati og‘ir bemorlarni aniqlash, ularni xavf guruhi sifatida saralash va individual reabilitatsiya strategiyalarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan yondashuv orqali og‘riq va stress darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda qayta-qayta tibbiy yordamga murojaat qilish holatlari kamayadi, ortiqcha tashxis va davolash xarajatlari qisqaradi. Shu bilan birga, bemorlarni tezroq mehnat faolligiga qaytarish, ish unumdorligini tiklash va sog‘liqni saqlash tizimi yukini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi. Xulosa: turtinchi yangilik sifatida taklif etilgan og‘riq sindromi va psixoemotsional buzilishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan diagnostik va reabilitatsion algoritm bemorlarning og‘riq darajasi va ehtiyojlarini erta aniqlashda, hamda ularga moslashtirilgan yondoshuvni ta’minlashda samarali vosita sifatida klinik amaliyotga tavsiya etiladi.
beshinchi yangilik: surunkali nospesifik dorsalgiyalarda funksional faollikni tiklash, kinezofobiyani kamaytirish va og‘riqning surunkalanish mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida kognitiv-harakat terapiyasining markaziy neyroplastik adaptatsiya va kognitiv-emotsional modulyasiya orqali neyroreabilitatsion yondashuv optimallashtirilganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Olimlar kengashi tomonidan 26.12.2024 yildagi 46-son bilan tasdiqlangan “Nespesifik dorsalgiyalar tashxislash va davosiga  innovatsion yondashuvlar" va “Nespesifik dorsalgiyasi bo‘lgan bemorlarning reabilitatsiya qilishning zamonaviy strategiyalari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti O.Yu.Otabekov nomli klinikasi 2025 yil 14 yanvardagi 10i/ch-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali 2025 yil 13 yanvardagi 11-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan neyroreabilitatsion dastur kognitiv-harakat terapiyasi va kinezioterapiyani sinergetik tarzda birlashtirgan holda, bemorlarda kinezofobiyani kamaytirish, harakat faolligini tiklash va reabilitatsiya natijadorligini oshirish imkonini yaratadi. Ushbu yondashuv surunkali bel og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarning hayot sifati, harakatda mustaqillik va ijtimoiy faolligini yaxshilashga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu dasturni joriy qilish orqali reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi va bemorlarni tezroq mehnat faolligiga qaytarish ta’minlandi. Samaradorlik tahliliga ko‘ra, har bir bemor uchun o‘rtacha 1927000 so‘m miqdorida xarajat iqtisod qilinadi. Xulosa: ishlab chiqilgan neyroreabilitatsion dastur surunkali nospesifik dorsalgiyada qo‘llash uchun samarali va patogenetik asoslangan bo‘lib, klinik amaliyotga tavsiya etiladi. Ushbu yondashuv reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va bemorlar hayotini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish