Sapaeva Sohiba Otaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi vaqt tushunchasining lingvistik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5120
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisomovna filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Akmal Gulyamjonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent (kengash a’zosi) Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi vaqt tushunchasining lingvomadaniy xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
vaqt tushunchasiga oid metaforalar manba sohasi (source domain) va maqsad sohasi (target domain) orqali madaniy muhit hamda lingvistik vositalar kontekstida kognitiv-konseptual, chog‘ishtirma tadqiq metodlari asosida ochib berilgan;
asardagi voqealarning adresat tomonidan vaqtga nisbatan lokalizatsiya qilinishida kelajak, o‘tmish yoki o‘zga orbitadagi vaqt va muallif qo‘llagan lisoniy birliklarning ma’noviy strukturasi leksik, semantik va matn darajasida real vaqtdan qanday farqlanishi dalillangan;
notenglik, uyg‘unlik, nisbiylik kabi prinsiplar va obektiv, subektiv, antromorfik kabi toifalar asosida vaqt kategoriyasi madaniy-estetik tafakkurni tilda ifodalovchi lisoniy birlik sifatida tadqiq etilgan;
vaqt tushunchasining obektivlashtiruvchi paremiya va frazemalarning semantik modeli aniqlangan holda tabiiy-astronomik, lingvistik, ijtimoiy-tarixiy, madaniy-falsafiy, badiiy-estetik jihatdan vaqtni idrok etish asnosida yuzaga kelgan siklik va chiziqli modeli tizimlashtirilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi vaqt tushunchasining lingvistik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vaqt tushunchasiga oid metaforalar manba sohasi (source domain) va maqsad sohasi (target domain) orqali madaniy muhit hamda lingvistik vositalar kontekstida kognitiv-konseptual, chog‘ishtirma tadqiq metodlari asosida ochib berilgani xususidagi ilmiy-nazariy mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan PZ-2020042022 – “Turkiy tillar elektron lingvodidaktik platformasini yaratish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-fevraldagi 01/6-334-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy va amaliy tavsiyalar loyiha mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan;
asardagi voqealarning adresat tomonidan vaqtga nisbatan lokalizatsiya qilinishida kelajak, o‘tmish yoki o‘zga orbitadagi vaqt va muallif qo‘llagan lisoniy birliklarning ma’noviy strukturasi leksik, semantik va matn darajasida real vaqtdan qanday farqlanishi dalillangani borasidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda amalga oshirilgan AL-482103231-sonli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-fevraldagi 01/6-335-son ma’lumotnomasi). Natijada vaqt kategoriyasi tadqiqiga doir ma’lumotlar loyiha asosida yaratilgan elektron platformaning takomillashuvida muhim ahamiyat kasb etgan;
notenglik, uyg‘unlik, nisbiylik kabi prinsiplar va obektiv, subektiv, antromorfik kabi toifalar asosida vaqt kategoriyasi madaniy-estetik tafakkurni tilda ifodalovchi lisoniy birlik sifatida tadqiq etilganiga oid nazariy va amaliy tavsiyalaridan OT-F1-030 – “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-fevraldagi 01/6-336-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida yaratilgan dastur, elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
vaqt tushunchasining obektivlashtiruvchi paremiya va frazemalarning semantik modeli aniqlangan holda tabiiy-astronomik, lingvistik, ijtimoiy-tarixiy, madaniy-falsafiy, badiiy-estetik jihatdan vaqtni idrok etish asnosida yuzaga kelgan siklik va chiziqli modeli tizimlashtirilgani borasidagi xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan 2024-2025-yillarda bajarilishi mo‘ljallangan “Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 9-sentyabrdagi 01/15-09-40-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlanayotgan elektron manbalar mundarijasi mazmunan boyitilishiga erishilgan.