Boratov Eldor Muhitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adolat ma’naviyatning kategoriyasi sifatida”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal387 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Irkaev Abdurahim Pandjievich, falsafa fanlari nomzodi, professor
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Marhabo Davlatovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi adolatning ma’naviy universal kategoriya sifatida jamiyat barqaror taraqqiyotidagi ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adolatning ma’naviyatning me’yoriy kategoriyasi sifatidagi mezoniy (insonlararo munosabatlarni baholash, insoniy ideallarga mos kelish), siyosiy-huquqiy (manfaatlarni himoya qilish, muvozanatni saqlash, faollikni oshirish), iqtisodiy (tenglik, ijtimoiy himoyalanganlik) xususiyatlari hamda adolatsizlikning ma’naviy holatni ifoda etuvchi proteksionizm va byurokratiya, mahalliychilik va boqimandalik, korrupsiya va iste’molchilik kabi ko‘rinishlari asoslab berilgan; 
adolat jamiyat barqarorligini (barqarorlashtiruvchi va inson manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi qadriyat), milliy jipslikni (turli darajadagi manfaatlarni uyg‘unlashtirish va muvozanatni ta’minlash), milliy taraqqiyotni (hududlararo iqtisodiy disproporsiyalarni kamaytirish, kommunal va infratuzilmaviy sohalarda tenglik) ta’minlash omili hamda ijtimoiy tizimning adolatga asoslangan muvozanatli rivojlanishini ta’minlovchi markaziy kuch sifatidagi ahamiyati ochib berilgan;
ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi (manfaatlar muvozanati, qayta taqsimlash hamda kapitalizmni saqlash, kuchsiz qatlamni “yutish”) muqobil va qarama-qarshi konseptlar jamiyatda adolat prinsipini ta’minlovchi (huquqlarini tan olish, tenglik, manfaatlar muvofiqligi) institutsional mexanizm sifatida komparativistik ochib berilgan hamda O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish adolat, barqarorlik, tenglikni hayotga tatbiq etish va ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash sharti sifatida dalillangan;
adolatparvarlikning inson qadrini yuksaltirishga oid kriteriylarining ma’naviy tarbiyaga komillik, harakat va mehnatni e’tirof etish mezoni, botil g‘oyalarga qarshi ma’rifiy immunitet va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish vositasi sifatidagi ta’siri aniqlangan hamda yosh avlodda tashabbuskorlikni tarbiyalash, boqimandachilik kayfiyatini oldini olish tamoyili sifatida ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adolatning ma’naviy universal kategoriya sifatida jamiyat barqaror taraqqiyotidagi ahamiyatini hamda inson qadrini ulug‘lash va milliy ma’naviyatni yuksaltirishdagi rolini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
adolatning ma’naviyatning me’yoriy kategoriyasi sifatidagi mezoniy (insonlararo munosabatlarni baholash, insoniy ideallarga mos kelish), siyosiy-huquqiy (manfaatlarni himoya qilish, muvozanatni saqlash, faollikni oshirish), iqtisodiy (tenglik, ijtimoiy himoyalanganlik) xususiyatlari hamda adolatsizlikning ma’naviy holatni ifoda etuvchi proteksionizm va byurokratiya, mahalliychilik va boqimandalik, korrupsiya va iste’molchilik kabi ko‘rinishlariga oid ilmiy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan g‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O'zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 24-iyuldagi 331-son ma’lumotnomasi). Natijada, adolat kategoriyasining mazmun-mohiyati, uning shakllari, inson rivojlanishidagi o‘rni haqidagi fikrlarni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilishga xizmat qilgan;
adolat jamiyat barqarorligini (barqarorlashtiruvchi va inson manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi qadriyat), milliy jipslikni (turli darajadagi manfaatlarni uyg‘unlashtirish va muvozanatni ta’minlash), milliy taraqqiyotni (hududlararo iqtisodiy disproporsiyalarni kamaytirish, kommunal va infratuzilmaviy sohalarda tenglik) ta’minlash omili hamda ijtimoiy tizimning adolatga asoslangan muvozanatli rivojlanishini ta’minlovchi markaziy kuch sifatidagi ahamiyatiga doir fikrlar va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Nuqtayi nazar” hamda 2024 yil 19-iyun kunlari efirga berilgan “Noyob meros” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 20-iyundagi 17-05/101-son ma’lumotnomasi). Natijada, radiotinglovchilarning adolatning mazmun-mohiyatini, uni tashkil etuvchi mezonlar haqidagi bilimlarini oshirishga, ularda adolat tuyg‘usini dastlab oilada shakllantirish uchun bildirilgan tavsiyalar radiotinglovchilarning ma’naviy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi (manfaatlar muvozanati, qayta taqsimlash hamda kapitalizmni saqlash, kuchsiz qatlamni “yutish”) muqobil va qarama-qarshi konseptlar jamiyatda adolat prinsipini ta’minlovchi (huquqlarini tan olish, tenglik, manfaatlar muvofiqligi) institutsional mexanizm sifatida komparativistik ochib berilgan hamda O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish adolat, barqarorlik, tenglikni hayotga tatbiq etish va ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash sharti sifatidagi nazariy umumlashmalar va tavsiyalaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida, jumldan, “Ayollar qanoti”ning “Sog‘lom oila – mustahkam oila”,  “Farovon oila” loyihalarida hamda “Yoshlar qanoti”ning ijtimoiy yo‘nalishida belgilab berilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 7-avgustdagi 01-27/387-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda nazariy-metodologik asos sifatida hamda partiya tomonidan tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
adolatparvarlikning inson qadrini yuksaltirishga oid kriteriylarining ma’naviy tarbiyaga komillik, harakat va mehnatni e’tirof etish mezoni, botil g‘oyalarga qarshi ma’rifiy immunitet va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish vositasi sifatidagi ta’siri aniqlangan hamda yosh avlodda tashabbuskorlikni tarbiyalash, boqimandachilik kayfiyatini oldini olish tamoyili sifatida ahamiyatiga oid amaliy tavsiya va xulosalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan 21-05/1t-8-raqamli “Ma’naviy etuk yoshlar – porloq kelajak sari yo‘l boshlar” (2021-2022 yy) grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 28-maydagi 04/2199-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant doirasida “O‘z biznesingni yarat” va “Men faol tashabbuskor va yetakchi” mavzularida o‘tkazilgan seminar treninglarda adolat, ijtimoiy adolat, ijtimoiy sheriklik jamiyatda milliy jipslikni hamda taraqqiyotni ta’minlovchi kuch ekanligi isbotlangan, adolat asosida ijtimoiy sheriklik munosabatini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish