Raxmatullaev Adxam Abadbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz malformatsiyalarida diagnostika va xirurgik davolashni optimallashtirish”, 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib1306.
Ilmiy raxbar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazida, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Aslamxon Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti.  (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarida (O‘BTKM) davolash natijalarini tug‘ilishdan oldingi va keyingi tashxislashni takomillashtirish, davolash taktikasi va maqbul jarrohlik usullarini tanlash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarini keng qamrovli klinik materialni tahlili asosida erta tashxislash va davolashda patomorfologik yondashuvlar axamiyati asoslangan;
bolalarda o‘pka-bronx tizimi kistoz mal`formatsiyalarining anatomik shakllari va klinik xususiyatlarini aniqlashda qo‘shimcha instrumental tashxislash usullaridan foydalanish orqali kasallikning nozologik shakllarini tashxislash usullari asoslangan;
bolalarda o‘pka-bronx tizimi kistoz mal`formatsiyalarining klinik kechish xususiyatlarini inobatga olgan holda jarrohlik amaliyotining optimal muddati, turi va taktikasining ahamiyati asoslangan;
bolalarda o‘pka-bronx tizimi kistoz mal`formatsiyalarining turli shakllarida jarrohlikdan keyingi asoratlarga olib keluvchi qo‘shma patologiyaning darajasi va xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash usullarini tanlash va jarrohlik taktikasini optimallashtirish uchun differensial yondashuvning ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/17-sonli xulosasiga ko‘ra quyidagilar taqdim etilgan:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarini keng qamrovli klinik materiallar asosida erta tashxislash va kompleks davolash patomorfologik yondashuvlari axamiyati asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 03/308-son bilan tasdiqlangan «Diagnostika kistoznix mal`formatsii bronxolegochnoy sistemi u detey», hamda «Optimizatsiya taktiki i sposobov  xirurgicheskogo lecheniya kistoznix mal`formatsii bronxolegochnoy sistemi u detey» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot institutining shifoxonasi bo‘yicha 23.11.2024 yildagi 66/A-son hamda Surxondaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.11.2024 yildagi 285-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/17-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarini antenatal ul`tratovush tekshiruvi natijasida homilaning o‘pkalardagi tug‘ma nuqonlarni o‘z vaqtida tashxislash orqali yangi tug‘ilgan chaqloqlarda yuzaga keladigan asoratlarni kamaytirish orqali xastalikning o‘z vaqtida tashxislash va davolash taktikasini tanlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarini antinatal ul`tratovush tekshiruvi asosida o‘pkalardagi tug‘ma nuqonlarni o‘z vaqtida tashxislash orqali asosiy guruhdagi bemorlarning shifoxonada qolish muddati nazorat guruhiga nisbatan 2,58 kunga qisqartirish orqali bir yotoq kuniga xarajatlar o‘rtacha 536639 so‘mni, umumiy sarf xarajatlar orqali 1384528 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarini antinatal ul`tratovush tekshiruvi asosida o‘pkalardagi tug‘ma nuqonlarni o‘z vaqtida tashxislash orqali 13845286 so‘mni iqtisod qilish imkonini  bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘pka-bronx tizimi kistoz mal`formatsiyalarining anatomik shakllari va klinik xususiyatlarini aniqlashda qo‘shimcha instrumental tashxislash usullaridan foydalanish orqali kasallikning nozologik shakllarini tashxislash usullari asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 03/308-son bilan tasdiqlangan «Diagnostika kistoznix mal`formatsii bronxolegochnoy sistemi u detey», hamda «Optimizatsiya taktiki i sposobov  xirurgicheskogo lecheniya kistoznix mal`formatsii bronxolegochnoy sistemi u detey» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya  tibbiyot institutining shifoxonasi bo‘yicha 23.11.2024 yildagi 66/A-son hamda Surxondaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.11.2024 yildagi 285-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/17-son xulosasi). Ijtimoiy ahamiyati bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarining anatomik shakllari va klinik xususiyatlari qo‘shimcha instrumental tashxislash (MSKT, MSKTAG, rentgenografiya, morflogik tekshiruv) usullari yordamida xastalikning nozologik shakllarini tashxislash algortmini yaratish natijasida tashxislashdagi xatoliklar xavfini kamaytirish, jarrohlik amaliyotini tanlash orqali xastalikni erta tashxislash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarining anatomik shakllari va klinik xususiyatlari qo‘shimcha instrumental tashxislash usullari yordamida xastalikning nozologik shakllarini ajratish va davolash taktikasini tanlash natijasida asosiy guruhdagi bemorlarning jarrohlikdan keyingi davrda shifoxonada yotish muddatini 5,94 kunga qisqartirish hisobiga 3187635 so‘mni iqtisod qilish imknini bergan. Xulosa: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarining anatomik shakllari va klinik xususiyatlari qo‘shimcha instrumental tashxislash usullari yordamida xastalikning nozologik shakllarini tashxislash va samarali davolash natijasida bemorlarning jarrohlikdan keyingi davrda shifoxonada yotish muddatini 5,94 kunga qisqartirish hisobiga 3187635 so‘mni iqtisod qilish imkoni bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘pka-bronx tizimi kistoz mal`formatsiyalarining klinik kechish xususiyatlarini inobatga olgan holda jarrohlik amaliyotining optimal muddati, turi va taktikasining ahamiyati asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 03/308-son bilan tasdiqlangan «Diagnostika kistoznix mal`formatsii bronxolegochnoy sistemi u detey», hamda «Optimizatsiya taktiki i sposobov  xirurgicheskogo lecheniya kistoznix mal`formatsii bronxolegochnoy sistemi u detey» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot institutining shifoxonasi bo‘yicha 23.11.2024 yildagi 66/A-son hamda Surxondaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.11.2024 yildagi 285-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/17-son xulosasi). Ijtimoiy ahamiyati: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarini klinik xususiyatlarini kechishini inobatga olgan holda jarrohlik amaliyoti vaqti, turi va taktikasini tanlash orqali, asosiy guruhda jarrohlik taktikasi va intensiv terapiyani optimallashtirish asoratlarini darajasi kamaytirish, umumiy jarrohlik asoratlari 4,3% ga (11,7% dan 7,4% gacha), maxsus asoratlar 3,4% ga (7,5% dan 4,1% gacha) kamaytirish va bemorlarning  umumiy ahvolini yaxshilash, bolalar kasallanish va nogironlik darajasini pasaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarini klinik xususiyatlarini kechishini inobatga olgan holda jarrohlik amaliyoti vaqti, turi va taktikasining o‘rni asoslangan ishlab chiqilgan tashxislash algoritmi va dasturiy ta’minotni qo‘llash hamroh anomaliyalar va somatik kasalliklarni aniqlash darajasini 8,2% ga oshirish orqali statsionarda bir nafar bemor uchun kunlik xarajatlar 536639 so‘mni, taqqoslash guruhida o‘rtacha davolanish davomiyligi 21,81±3,95 yotoq kunini asosiy guruhda esa 13,28±2,48 yotoq kunini tashkil qilgan va taklif etilgan yondashuv shifoxonada yotish muddatini o‘rtacha 8,53 kunga qisqartirish va davolash kursi uchun 4577531 so‘mni mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarini klinik xususiyatlarini kechishini inobatga olgan holda jarrohlik amaliyoti vaqti, turi va taktikasining o‘rni asoslash natijasida taklif etilgan yondashuv shifoxonada yotish muddatini o‘rtacha 8,53 kunga qisqartirish va davolash kursi uchun 4577531 so‘mni mablag‘ni tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘pka-bronx tizimi kistoz mal`formatsiyalarining turli shakllarida jarrohlikdan keyingi asoratlarga olib keluvchi qo‘shma patologiyaning darajasi va xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash usullarini tanlash va jarrohlik taktikasini optimallashtirish uchun differensial yondashuvning ahamiyati isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 03/308-son bilan tasdiqlangan «Diagnostika kistoznix mal`formatsii bronxolegochnoy sistemi u detey», hamda «Optimizatsiya taktiki i sposobov xirurgicheskogo lecheniya kistoznix mal`formatsii bronxolegochnoy sistemi u detey» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot institutining shifoxonasi bo‘yicha 23.11.2024 yildagi 66/A-son hamda Surxondaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.11.2024 yildagi 285-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/17-son xulosasi). Ijtimoiy ahamiyati: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarining turli shakllarida jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarga olib keluvchi qo‘shma patologiyaning darajasi va xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash usullarini tanlash va jarrohlik taktikasini optimallashtirish uchun differensial yondashuv xastalikni erta tashxislashda antenatal tashxislashning hal qiluvchi o‘rni va bemorlarni prenatal hamda postnatal davolash samaradorligini oshirishga yordam berishi orqali homiladorlikni olib borish taktikasini o‘z vaqtida belgilash, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida tug‘ruqni rejalashtirish va chaqaloq tug‘ilishi bilanoq zarur yordam ko‘rsatish orqali og‘ir asoratlar xavfini kamaytirish, muvaffaqiyatli jarrohlik yoki konservativ davolash imkoniyatini oshirish va chaqaloqlar o‘limini pasaytirish imkonini yaratganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarining turli shakllarida jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarga olib keluvchi qo‘shma patologiyaning darajasi va xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash usullarini tanlash va jarrohlik taktikasini optimallashtirish uchun differensial yondashuv natijasida statsionarda bir nafar bemor uchun kunlik xarajatlar 536639 so‘mni, asosiy guruhdagi bolalar shifoxonada o‘rtacha 13,28±2,48 yotoq kunini va 7126565 so‘mga (536639×13,28 kun) so‘mni, taqqoslash guruhida o‘rtacha davolanish davomiyligi 21,81±3,95 yotoq kunini hamda 11704096 so‘m (536639 × 21,81 kun) xarajatlarga to‘g‘ri kelgan, taklif etilgan yondashuv shifoxonada yotish muddatini o‘rtacha 8,53 kunga qisqartirish  va davolash kursi uchun 4577531 so‘mni mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: bolalarda o‘pka-bronx tizimining kistoz mal`formatsiyalarining turli shakllarida jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarga olib keluvchi hamroh patologiyaning darajasi va xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash usullarini tanlash va jarrohlik taktikasini optimallashtirish uchun differensial yondashuv shifoxonada yotish muddatini o‘rtacha 8,53 kunga qisqart irish va davolash kursi uchun 4577531 so‘mni mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish