Shermanov Abduvali Ortikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent shahrida yashovchi maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni antropometrik ko‘rsatkichlari yoshga xos xususiyati», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4442.
Ilmiy rahbar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shatmanov Suynali Toktonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari asosida ularning o‘sish me’yorlariga muvofiqligini baholash va erta davrdagi rivojlanishning morfologik ko‘rsatkichlarni baholash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari rivojlanishining yillik yosh-jinsiy dinamikasiga ta’sir qiluvchi bo‘y uzunligi, tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak aylanasi, bosh aylanasi, elka, bilak, son, oyoq, boldir uzunligi, elka kengligi, elka aylanasi, son aylanasidagi o‘zgarishlarning zamonaviy standartlardan og‘ishi asoslangan;
sentil jadvallari asosida shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning antropometrik parametrlari o‘sishning eng barqaror va yuqori sur’atdagi bosqichlari aniqlangan;
Z-score usulida (bo‘yni/yoshga nisbatan Z-score ko‘rsatkichi, vaznni/bo‘yga nisbatan Z-score ko‘rsatkichi, TVIning Z-score ko‘rsatkichi) maktabgacha ta’lim yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik o‘lchamlarining ma’lum bir ko‘rsatkichi standart og‘ishlarning o‘rtacha qiymatiga qanchalik yaqin yoki uzoqligini baholashning yangi varianti asoslangan;
shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun sentil jadvallari asosida “salomatlik yo‘lagi” yaratilib, ularni morfo-somatotiplar bo‘yicha guruhlarga ajratish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari rivojlanishining yillik yosh-jinsiy dinamikasi tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari rivojlanishining yillik yosh-jinsiy dinamikasiga ta’sir qiluvchi bo‘y uzunligi, tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak aylanasi, bosh aylanasi, elka, bilak, son, oyoq, boldir uzunligi, elka kengligi, elka aylanasi, son aylanasidagi o‘zgarishlarning zamonaviy standartlardan og‘ishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/267-t-son bilan tasdiqlangan «Toshkent shahrida yashovchi maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarini yosh-jinsiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika pediatriya ilmiy tekshirish institutining 06.11.2024 yildagi 137-son hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining 10.02.2025 yildagi 1112-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 martdagi 13/13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari rivojlanishining yillik yosh-jinsiy dinamikasi ta’sir qiluvchi bo‘y uzunligi, tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak aylanasi, bosh aylanasi, elka, bilak, son, oyoq, boldir uzunligi, elka kengligi, elka aylanasi, son aylanasi o‘zgarishlarning zamonaviy standartlarga og‘ish tartibi natijasida yuzaga kelgan somatik kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishning morfologik jihatlar asosida baholash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari rivojlanishining yillik yosh-jinsiy dinamikasi ta’sir qiluvchi bo‘y uzunligi, tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak aylanasi, bosh aylanasi, elka, bilak, son, oyoq, boldir uzunligi, elka kengligi, elka aylanasi, son aylanasi o‘zgarishlarning zamonaviy standartlarga og‘ish tartibi asosida yuzaga kelgan kasalliklarini erta tashxislash va davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 90000 so‘m, bir kurs davolanish uchun esa 900000 so‘m mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: sentil jadvallari asosida shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning antropometrik parametrlari o‘sishning eng barqaror va yuqori sur’atdagi bosqichlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/267-t-son bilan tasdiqlangan «Toshkent shahrida yashovchi Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarini yosh-jinsiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika pediatriya ilmiy tekshirish institutining 06.11.2024 yildagi 137-son hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining 10.02.2025 yildagi 1112-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 martdagi 13/13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning sentil jadvallari asosida antropometrik parametrlarning eng intensiv o‘sish dinamikasini baholash natijasida yuzaga kelgan somatik kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishning morfologik jihatlar asosida baholash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning sentil jadvallari asosida antropometrik parametrlarning eng intensiv o‘sish dinamikasi natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni erta tashxislash va davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 90000 so‘m, bir kurs davolanish uchun esa 900000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: Z-score usulida (bo‘yni/yoshga nisbatan Z-score ko‘rsatkichi, vaznni/bo‘yga nisbatan Z-score ko‘rsatkichi, TVIning Z-score ko‘rsatkichi) maktabgacha ta’lim yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik o‘lchamlarining ma’lum bir ko‘rsatkichi standart og‘ishlarning o‘rtacha qiymatiga qanchalik yaqin yoki uzoqligini baholashning yangi varianti asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/267-t-son bilan tasdiqlangan «Toshkent shahrida yashovchi maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarini yosh-jinsiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika pediatriya ilmiy tekshirish institutining 06.11.2024 yildagi 137-son hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining 10.02.2025 yildagi 1112-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 martdagi 13/13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari rivojlanishining yillik yosh-jinsiy dinamikasi ta’sir qiluvchi bo‘y uzunligi, tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak aylanasi, bosh aylanasi, elka, bilak, son, oyoq, boldir uzunligi, elka kengligi, elka aylanasi, son aylanasi o‘zgarishlarning zamonaviy standartlarga og‘ish tartibi natijasida yuzaga kelgan somatik kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishning morfologik jihatlar asosida baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Z-score usulida (bo‘yni/yoshga nisbatan Z-score ko‘rsatkichi, vaznni/bo‘yga nisbatan Z-score ko‘rsatkichi, TVIning Z-score ko‘rsatkichi) maktabgacha ta’lim yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik o‘lchamlarining ma’lum bir ko‘rsatkichi standart og‘ishlarning o‘rtacha qiymatiga qanchalik yaqin yoki uzoqligini baholashning yangi varianti asosida qo‘llaniladigan ntegratsiyalashgan usulda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni tekshirishda 20440000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: shahar maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun sentil jadvallari asosida “salomatlik yo‘lagi” yaratilib, ularni morfo-somatotiplar bo‘yicha guruhlarga ajratish tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martdagi 03-24/267-t-son bilan tasdiqlangan «Toshkent shahrida yashovchi maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarini yosh-jinsiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika pediatriya ilmiy tekshirish institutining 06.11.2024 yildagi 137-son hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining 10.02.2025 yildagi 1112-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 martdagi 13/13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shahar maktabgacha ta’lim yoshidagi (3-7 yosh) bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari rivojlanishining yillik yosh-jinsiy dinamikasi ta’sir qiluvchi bo‘y uzunligi, tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak aylanasi, bosh aylanasi, elka, bilak, son, oyoq, boldir uzunligi, elka kengligi, elka aylanasi, son aylanasi o‘zgarishlarning zamonaviy standartlarga og‘ish tartibi natijasida yuzaga kelgan somatik kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishning morfologik jihatlar asosida baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va umumiy salomatlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlili asosida somatotiplar bo‘yicha guruhlarga ajratish tartibi an’anaviy tekshirish usuliga taqqoslanganda integratsiyalangan usul yordamida 50 nafar bolani tekshirishda 2500000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.