Usmanova Barnoxon Ilxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Genital a’zolar prolapsini bashoratlash va jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3702.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilchexra Yusufxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollar hayot sifatini oshirish va salomatliklarini yaxshilash uchun genital prolapsni jarrohlik usulida davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tos a’zolari prolapsi mavjud bo‘lgan ayollarda ustuvor tibbiy-ijtimoiy xavf omillari sifatida ayollarning yoshi, ortiqcha vazni, somatik kasalliklari (qabziyat, sistit), tabiiy tug‘ruqlar vaqtidagi jarohatlar borligi tos tubi mushaklari etishmovchiligining asosiy sabablaridan ekanligi aniqlangan va ularning ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan;
tos a’zolari prolapsi va siydik tuta olmasligi bilan og‘rigan ayollarda hayot sifatini baholash maqsadida elektron platformalarda domenlar orqali PFID-20 so‘rovnomalar yaratilib, uni tatbiq etish natijasida o‘zbek ayollari o‘rtasida siydik tuta olmaslikning tarqalishi 20,7% ni tashkil etishi bilan uning prognostik ahamiyati isbotlangan;
tos a’zolari prolapsi va siydik tuta olmasligi mavjud bo‘lgan bemorlarda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usulining samaradorligi (96,3%) va xavfsizligi tasdiqlangan (patent IAP №06988) hamda ushbu jarrohlik metodikasining klinik ahamiyatli al`ternativ usul sifatida qo‘llanilishi isbotlangan;
tos a’zolari prolapsini erta tashxislashga yo‘naltirilgan mobil dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, uning klinik amaliyotda qo‘llanilishi samaradorligi bilan tasdiqlanib, natijalar umumlashtirilgan va o‘rtacha arifmetik anketa kalitiga muvofiq hisoblab chiqilgan, bunda texnikaning ishonchliligi- 0,86, R<0,001, sezgirligi – 1,48, R<0,0001, standartlashtirilgan javob – 1,09, R<0,0001 deb belgilangan va ushbu innovatsion texnologiya patologik jarayonlarning dastlabki bosqichlarini aniqlash, tashxis jarayonini tezlashtirish va davolash strategiyasini samarali tanlash imkonini yaratishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Genital a’zolar prolapsini bashoratlash va jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tos a’zolari prolapsi mavjud bo‘lgan ayollarda ustuvor tibbiy-ijtimoiy xavf omillari sifatida ayollarning yoshi, ortiqcha vazni, somatik kasalliklari (qabziyat, sistit), tabiiy tug‘ruqlar vaqtidagi jarohatlar borligi tos tubi mushaklari etishmovchiligining asosiy sabablaridan ekanligi aniqlangan va ularning ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlanganligi Toshkent shahridagi 5-sonli shahar tug‘ruq majmuasi (2024-yii 05 sentyabrdagi 77-son buyruq bilan) va 7-sonli (2024-yii 05 sentyabrdagi 75-son buyruq bilan) shahar tug‘ruq majmuasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi №277-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tibbiy yordam darajasida tos a`zolar prolapsi bilan reproduktiv yoshdagi ayollarni boshqarish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi, vaziyatli xavf va shaxsiy xavf darajasi aniqlash qulay va samarali diagnostika usuli bo‘lib xizmat qiladi va davolashning samaradorlik ko‘rsatkichi maqsadida qo‘llaniladi, bu esa, to‘g‘ri profilaktika yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga, tanlangan davolash yo‘nalishining samaradorligi xisobiga bemor xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Iqtosidiy samaradorligi: siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usuli o‘tkazish uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha, ya’ni 34,83% ni mablag‘ni tejash imkonini berdi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 131 bemor uchun esa 532000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: birlamchi tibbiy yordam darajasida prolaps genitaliy bo‘lgan ayollarda siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usuli o‘tkazish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilagan, shuningdek, 1 nafar reproduktiv yoshdagi ayollarni 5 kunlik shifoxonada jarrohlik amaliyoti o‘tkazish va davolanish vaqti uchun 4000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: tos a’zolari prolapsi va siydik tuta olmasligi bilan og‘rigan ayollarda hayot sifatini baholash maqsadida elektron platformalarda domenlar orqali PFID-20 so‘rovnomalar yaratilib, uni tatbiq etish natijasida o‘zbek ayollari o‘rtasida siydik tuta olmaslikning tarqalishi 20,7% ni tashkil etishi bilan uning prognostik ahamiyati isbotlanganligi, siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usulining samarasi va xavfsizligi (patent IAP №06988) Toshkent shahridagi 5-sonli shahar tug‘ruq majmuasi (2024-yii 05 sentyabrdagi 77-son buyruq bilan) va 7-sonli (2024-yii 05 sentyabrdagi 75-son buyruq bilan) shahar tug‘ruq majmuasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi №277-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tos a’zolarining prolapsi (PTO) chastotasining pasayishi, klinik natijalarning yaxshilanishi, shuningdek, qin kasalliklari va ular bilan bog‘liq asoratlar darajasining pasayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi ayollarni tos a’zolarining prolapsasi bilan birlamchi tibbiy yordam darajasida tashxis qo‘yish va boshqarish kasallikni erta aniqlash va uning natijalarini bashorat qilish sifatini oshirishga yordam beradi va siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usuli o‘tkazish uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi, ya’ni 34,83% ni, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 131 bemor uchun esa 532000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: birlamchi tibbiy yordam darajasida tos a’zolari prolapsi bo‘lgan ayollarda siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usuli o‘tkazish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilagan, shuningdek, 1 nafar reproduktiv yoshdagi ayollarni 5 kunlik shifoxonada jarrohlik amaliyoti o‘tkazish va davolanish vaqti uchun 4000000 so‘mni, ya’ni 34,83% ni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: tos a’zolari prolapsi va siydik tuta olmasligi mavjud bo‘lgan bemorlarda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usulining samaradorligi (96,3%) va xavfsizligi tasdiqlangan (patent IAP №06988) hamda ushbu jarrohlik metodikasining klinik ahamiyatli al`ternativ usul sifatida qo‘llanilishi isbotlanganligi, siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usulining samarasi va xavfsizligi (patent IAP №06988) Toshkent shahridagi 5-sonli shahar tug‘ruq majmuasi (2024-yii 05 sentyabrdagi 77-son buyruq bilan) va 7-sonli (2024-yii 05 sentyabrdagi 75-son buyruq bilan) shahar tug‘ruq majmuasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi №277-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tos a’zolarining prolapsi (PTO) chastotasining pasayishi, klinik natijalarning yaxshilanishi, shuningdek, qin kasalliklari va ular bilan bog‘liq asoratlar darajasining pasayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi ayollarni tos a’zolarining prolapsasi bilan birlamchi tibbiy yordam darajasida tashxis qo‘yish va boshqarish kasallikni erta aniqlash va uning natijalarini bashorat qilish sifatini oshirishga yordam beradi. Siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usuli o‘tkazish uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi, ya’ni 34,83% yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 131 bemor uchun esa 532000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: birlamchi tibbiy yordam darajasida prolaps genitaliy bo‘lgan ayollarda siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usuli o‘tkazish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilagan, shuningdek, 1 nafar reproduktiv yoshdagi ayollarni 5 kunlik shifoxonada jarrohlik amaliyoti o‘tkazish va davolanish vaqti uchun 4000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tos a’zolari prolapsini erta tashxislashga yo‘naltirilgan mobil dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, uning klinik amaliyotda qo‘llanilishi samaradorligi bilan tasdiqlanib, natijalar umumlashtirilgan va o‘rtacha arifmetik anketa kalitiga muvofiq hisoblab chiqilgan, bunda texnikaning ishonchliligi- 0,86, R<0,001, sezgirligi – 1,48, R<0,0001, standartlashtirilgan javob – 1,09, R<0,0001 deb belgilangan va ushbu innovatsion texnologiya patologik jarayonlarning dastlabki bosqichlarini aniqlash, tashxis jarayonini tezlashtirish va davolash strategiyasini samarali tanlash imkonini yaratishi isbotlanganligi Toshkent shahridagi 5-sonli shahar tug‘ruq majmuasi (2024-yii 05 sentyabrdagi 77-son buyruq bilan) va 7-sonli (2024-yii 05 sentyabrdagi 75-son buyruq bilan) shahar tug‘ruq majmuasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 dekabrdagi №277-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tos a’zolarining prolapsi (PTO) chastotasining pasayishi, klinik natijalarning yaxshilanishi, shuningdek, qin kasalliklari va ular bilan bog‘liq asoratlar darajasining pasayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi ayollarni tos a’zolarining prolapsasi bilan birlamchi tibbiy yordam darajasida tashxis qo‘yish va boshqarish kasallikni erta aniqlash va uning natijalarini bashorat qilish sifatini oshirishga yordam beradi va siydik tuta olmaslikda U-simon chok bilan modifikatsiyalangan Kelli jarrohlik usuli o‘tkazish uchun o‘rtacha 4000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, ya’ni 34,83% ni, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 131 bemor uchun esa 532000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish homiladorlikning asoratlari chastotasining pasayishiga, kichik chanoq a’zolari prolapsi chastotasining pasayishiga, siydik tuta olmaslikni U-simon chok yordamida korreksiya qilish samarasining oshishiga, personallashtirilgan tibbiyot tamoyillariga amal qilgan holda (bemorlarni tanlash va natijalarga statistik ishlov berish) standartlashtirilgan anketa va so‘rovnoma asosida jarrohlikdan keyingi davrni baholash imkonini bergan va 5 kunlik shifoxonada bir ayol uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazish va davolanish vaqti uchun 4000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.