Yigitalieva Muxlisa Axadovna    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ornitonim tarkibli turg‘un birikmalarning lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.11– Til nazariyasi. Amaliy va  kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4744.
Ilmiy rahbar: Ergashev Muxammadjon Rahmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Solijonov Sobirjon Ataxanovich, filologiya fanlari nomzodi, professor; Usmonova Xurniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillarda ornitonim tarkibli turg‘un birikmalarning kognitiv asosini aniqlash, bu turdagi leksik birikmalarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rnini belgilash, ularning milliy-madaniy, leksik-semantik xususiyatlari, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqli jihatlarini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tizimli tillardagi ornitonim tarkibli turg‘un birikmalarning struktural-semantik, derivatsion ya’ni ornitonimlardan qanday yangi atamalar va iboralar hosil bo‘lishi va kognitiv xususiyatlari, til orqali ornitonimlarni milliy-madaniy xoslanganligi aniqlangan;
o‘rganilayotgan tillarda  konseptual metafora va konseptual metonimiya tahlil usullari yordamida ornitonim tarkibli turg‘un birikmalarning yasalishi bilan bog‘liq  kognitiv mexanizmlar  hamda  til orqali bir tushunchaning boshqa bir tushuncha bilan bog‘lanishi dalillangan;
olamning insoniy manzarasini aks ettirishda turli tizimdagi tillarda ornitonim tarkibli turg‘un birikmalar o‘rni shuningdek turli tillarda ornitonimlar va ularning birikmalari o‘rtasidagi  umumiy va farqli jihatlar asoslangan;
ornitonim tarkibli turg‘un birikmalar turli tizimdagi tillarda milliy-madaniy belgisi ya’ni e’tiqodlar, afsonalar va an’analar asosida ornitonim bilan bog‘liq iboralar  mavzuviy guruhlarga  ajralishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ornitonim komponentli turg‘un birikmalarning yasalishi lingvokognitiv asosi va milliy-madaniy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan natijalar quyidagi ishlarda joriy qilingan: 
ornitonim tarkibli turg‘un birikmalarning struktural-semantik, kognitiv asosini aniqlash, bu turdagi leksik birikmalarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rnini belgilashga oid xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 211-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning nazariy asoslariga doir ma’lumotlar milliy til imkoniyatlari hisobiga kengaytirilgan; 
olamning lisoniy manzarasini aks ettirishda ingliz va o‘zbek tillaridagi ornitonim tarkibli turg‘un birikmalarning o‘rni, ulardagi farqli jihatlar, konseptual metafora va konseptual metonimiya, ornitonim komponentli turg‘un birikmalarni yasash kognitiv mexanizmlariga asoslanib berilgan xulosalardan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlar ilmiiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014-yillarda bajarilgan A1-XT-092997 raqamli “Yoshlarni  umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 210-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihada nazarda tutilgan til va adabiyotni rivojlanishiga oid masalalar lisoniy va badiiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
ornitonim tarkibli turg‘un birikmalar terminining mohiyati, ornitonim tarkibli turg‘un birikmalarning motivlanganlik darajasi, ingliz va o‘zbek tillaridagi semantik tahlili, konseptual-derivatsion tahlili, konseptual metofora va metonimiya hodisalari yoritilishi, olam lisoniy tasviridagi o‘rni, milliy-madaniy xususiyatlari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi   O‘zbekiston”  teleradiokanali “DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan 2023-yil yanvar va may oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til–millat ko‘zgusi”  nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 04-36-762-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda milliy jihatdan boyitilib, xalqchilligi va ta’sirchanligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish