Juraeva Shalolaxon Xusanboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbek va fransuz tarixiy romanlarida davr va qahramon. (Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” va Prosper Merimening “Karl IX saltanatining yilnomasi” romanlari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2549.
Ilmiy rahbar: Rahimov Zokirjon Azimovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’mirjon Muxammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasirdinova Yorqinoy Abdumuxtarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz tarixiy romanlarida (A. Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, va P.Merimening “Karl IX saltanatining yilnomasi” romanlari) davr va qahramon masalasini tahlil etish orqali tarixiy haqiqat, badiiy to‘qimadan foydalanishdagi ijodkorlar uslubi, yozuvchi mahoratiga xos jihatlarni yoritish, bu davr adabiyotining taraqqiyot tendensiyalarini belgilashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tarixiy romanchiligiga fransuz tarixiy romanchiligining ta’siri masalalari hamda o‘zbek, fransuz tarixiy romanlarida davr va qahramon uyg‘unligi, A.Qodiriy P.Merime tarixiy romanlari ilk bor monografik planda qiyosiy ochib berilgan;
tarixiy roman yaratishda A.Qodiriy va P.Merime badiiy mahoratini qiyosiy ochib berish orqali tarixiy roman yaratishda yozuvchining mahorati, uslubi belgilari, tarixiy romanlarining shakllanishi hamda rivojlanishida ijtimoiy-madaniy va tarixiy omillarning o‘rni va ta’siri isbotlangan;
A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” hamda P.Merimening “Karl IX salatanatining yilnomasi” tarixiy romanlarida muallif nutqi, dialog va monologlarning xarakter yaratishdagi asar badiiy butunligini shakllantirishdagi ahamiyati muhim ekanligi isbotlangan;
o‘zbek va fransuz romanchiligida A.Qodiriy hamda P.Merime tarixiy romanlarining talqini, davr va qahramon, tarixiy haqiqat, yozuvchi mahorati, badiiy uslublardan foydalanishdagi tarixiy obrazlar tasvirida yozuvchi yashagan ijtimoiy-siyosiy davrning ta’siri masalalari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qodiriy va Prosper Merimening o‘zbek va fransuz tarixiy romanlarida davr va qahramon tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
yozuvchilar asarlaridagi xarakter yaratishning ruhiy tasvir usullari va vositalaridan, obrazlar ma’naviy olamini ochib berish mahoratidan, muallif badiiy-estetik konsepsiyasi masalalarining nazariy asoslari va tahlillaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2012-2017-yillarda bajarilgan FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tahlili va nashrga tayyorlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2023-yil 27-dekabrdagi 506–1-son ma’lumotnomasi). Natijada fransuz va o‘zbek romanchilik maktablarini o‘rganish, badiiy matn strukturasini tahlil etish, roman janri poetikasini boyitishning ilmiy mukammalligiga erishilgan;
roman badiiy olamida tarixiy shaxslar obrazi in’ikosi tahlili orqali moziy va insonni tasvirlashning badiiy-estetik prinsiplari, qahramon va personajlar tizimi, xarakter strukturasini yoritish, muayyan tarixiy romanlarning qiyosiy-tipologik, ilmiy-nazariy tahlili davomida milliy adabiyotlarga xos mushtarak badiiy-poetik manba, tamoyil, qonuniyatlar, badiiy nutq vositalarini tahlil etish yordamida yozuvchilarning poetik mahoratini asoslash asosidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘liining gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2023-yil 27-dekabrdagi 505-1-son ma’lumotnomasi). Natijada janrlarning nazariy asoslari tadqiq etilishiga erishilgan. Dissertatsiyada bayon etilgan romanda tarixiy shaxlar obrazi, badiiy nutq vositalarini tahlil etish haqidagi ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar hamda ilmiy yangiliklar asosida mazkur grant xulosalari mukammallashtirilgan va fondi boyitilgan;
tadqiqotdagi ilmiy qarashlar va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-2024-yillarda efirga uzatilgan “Ochiq muloqot”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Adabiy muhit”, “Millat va ma’naviyat”, “Kun mavzusi” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-yanvardagi 02-12-14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashib, ilmiy dalillar bilan boyidi, ko‘rsatuvlarning mazmun-mohiyati ortishiga erishildi;