Gulboeva Dilafruz Ruziboevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sanoat chiqindi suvlaridan Cu(II) va Zn(II) ionlarini ba’zi azot tutgan reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K665.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Qobiljon Gafurovich, texnika fanlari doktori, professor; Alieva Muqaddas To‘ychievna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat chiqindi suvlaridan tarkibidagi  Cu(II) va Zn(II) ionlarini, kompleks hosil qiluvchi azot tutgan reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash va tozalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ortofosfor kislotasi, polietilenpoliamin, pentaeritrit asosidagi azot tutgan yangi selektiv ionitlar olingan, ularning kompleks hosil qilish maqbul sharoitlari, tarkibi va tuzilishi aniqlangan;
aurin va aurin hosilalari asosidagi immobillangan organik reagentlarning kimyoviy va sorbsion-analitik xususiyatlari hamda mis va rux ionlari bilan kompleks hosil qilish mexanizmi ilmiy isbotlangan; 
atrof muhitni muhofaza qilishda zararli metall ionlari bilan hosil qilingan kompleks birikmaning tarkibiy nisbati Cu:R=1:2 va Zn:R=1:2 ekanligi hamda kvant kimyoviy hisoblashlar va kompleks zaryadni aniqlash natijalariga asosan kompleksning tuzilishi aniqlangan;
aurin va aurin hosilalari asosidagi immobillangan organik reagentlar bilan atrof muhitni muhofaza qilishda mis va rux kompleks hosil qilishining metrologik va analitik xossalari aniqlangan;
sorbentlarga immobillangan organik reagentlar yordamida mis(II) va rux(II) ionlarini ekologik obektlar tarkibidan sorbsion-spektrofotometrik aniqlash va tozalashning yangi usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat chiqindi suvlaridan Cu(II) va Zn(II) ionlarini ba’zi azot tutgan reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aurin va aurin nitrobirikmalari hamda aurin sulfo birikmalari asosidagi immobillangan organik reagentlari “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining 2024 yil 29 martdagi P04/ShE-1316-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlari tarkibidagi Zn(II) va Cu(II) ionlarini har xil muhitda aniqlash va tozalash imkonini bergan;
sanoat chiqindi suvlaridan Cu(II) va Zn(II) ionlarini ba’zi azot tutgan reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash usullari “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining 2024 yil 29 martdagi P04/ShE-1316-son ma’lumotnomasi). Natijada, azot tutgan organik reagentlarni immobillash asosida ishlab chiqilgan sorbentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash, hamda mavjud usullarini optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish