Mirakilova Dilfuza Botiralievnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alcea rosea L. o‘simligi asosidagi balg‘am ko‘chiruvchi va yaraga qarshi dori vositalari texnologiyasi», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Far3.

Ilmiy maslahatchi: Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.

Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Baxodir Toxirovich, texnika fanlari doktori; Mamatxanov Axmadxon Umarxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish standartizatsiyasi davlat markazi» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Alcea rosea L. o‘simligi asosida balg‘am ko‘chiruvchi va oshqozon yarasiga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan yangi samarador dori vositalari tarkibi va dori shakllari texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

pushti bahmalgul ildizi va poyasidan olingan quruq ekstraktlar asosida «Al`seum» va «Glisirozin» tabletkalari, «Glisirozin», «Gastrofit» va «Glisirofit» kapsulalari hamda «Pul`mostim» ko‘p komponentli qiyomi yangi dori preparatlari yaratilgan;

ilk bor yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishida balg‘am ko‘chiruvchi «Al`seum», «Glisirozin» tabletka va kapsula dori shakllari hamda oshqozon-ichak yarasini davolovchi «Gastrofit» va «Glisirofit» kapsula dori shakllarini olish texnologiyalari ishlab chiqilgan;

ilk bor beshta mahalliy dorivor o‘simliklar (pushti bahmalgul ildizi, qizilmiya ildizi, katta zubturum bargi, na’matak mevasi va termopsis o‘ti) asosida original dori vositasi «Pul`mostim» ko‘p komponentli qiyomning muqobil tarkibi tanlangan va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

pushti baxmalgul ekstraktlari va ular asosida olingan dori shakllarining sifatini nazorat qilish va standartlash usullari ishlab chiqilgan;

klinik oldi farmakologik izlanishlar va klinik tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan dori vositalarining farmakoterapevtik samaradorligi va xavfsizligi aniqlangan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Pushti baxmalgul o‘simligi asosida balg‘am ko‘chiruvchi va yaraga qarshi dori vositalari texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Pul`mostim» qiyomi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05436, 2017 y.). Natijada mahalliy dorivor o‘simliklar asosida olingan yangi qiyomning tarkibi yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini samarali davolash imkonini bergan;

pushti baxmalgul ildizi, pushti baxmalgul ildizi quruq ekstrakti,  pushti baxmalgul poyalari, pushti baxmalgul poyasi quruq ekstrakti,  «Al`seum» tabletkalari, «Glisirozin» tabletkalari va kapsulalari uchun me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining qarori bilan tasdiqlangan (FM 42 Uz-0613-2017; FM 42 Uz-1067-2017; FM 42 Uz-1369-2017; FM 42 Uz-1370-2017; VFM 42 Uz-1068-2007; VFM 42 Uz-1069-2007; KFM 42 Uz-22815978-2017). Natijada olingan dori vositalari yuqori nafas yo‘llari va oshqozon-ichak kasalliklarini samarali davolash imkonini bergan;

pushti baxmalgul ildizlari quruq ekstrakti va pushti baxmalgul poyalari quruq ekstrakti Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida ro‘yxatga olingan (guvohnoma, №07/384/1, 2012 y.; №08/499/2,  2012 y.). Mazkur me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi mahalliy xomashyo asosida yaratilgan, iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;

«Al`seum», «Glisirozin» preparatlariga (04-07-son shahodatnoma, 05-07-son shahodatnoma, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvoxnomasi №01572/06/17) tibbiyotda ishlatishga ruxsat berilgan, «Pul`mostim» qiyomi (dalolatnoma, 14.04.2016 y.)  va «Glisirofit» kapsulalari (dalolatnoma, 21.12.2017 y.)  «LAFZ» MChJda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Natijada «Pul`mostim» va «Glisirofit» preparatlarini tayyorlash texnologiyalari o‘zlashtirilib, dori preparatlarini ishlab chiqarish importni qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish