Axmedov Bexzod Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3466.
Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Uktamov Xusniddin Faxriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlaridan foydalanish mexanizmlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yashirin iqtisodiyot darajasini kamaytirishning soliq ma’muriyatchiligi samarali vositalari va ular ta’sirchanligini oshirish orqali moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash samaradorligi asoslangan;
moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda pul-kredit siyosatining strategik ahamiyatdagi, makroiqtisodiy tahlil va prognozlash yo‘nalishidagi, kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha samarali tadbirlarni ishlab chiqish asoslangan;
xorijiy kreditlardan foydalanish amaliyotida davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlash kafolatlarini mustahkamlash maqsadida markazlashgan investisiyalar umumiy hajmda davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarning ishtiroki ulushini 50 foizdan oshirmaslik taklif etilgan;
moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash mqsadida aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida uning moliyaviy ta’minoti kafolatlarining yangi manbalarini qidirib toppish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda moliyaviy havfsizlikni ta’minlash yoʻnalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yashirin iqtisodiyot darajasini kamaytirishning soliq ma’muriyatchiligi samarali vositalari va ular ta’sirchanligini oshirish orqali moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11 sentyabr 2023 yildagi “O‘zbekiston-2030 Strategiyasi to‘g‘risida”gi №PF-158-sonli Farmoni 46-maqsad “Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish” 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari - “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali soliq bazasini qo‘shimcha kengaytirish imkoniyatidan foydalanish bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024 yil 5 apreldagi 1152-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida yashirin iqtisodiyot darajasini hisoblash aniqligi 25% ga oshirildi;
moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda pul-kredit siyosatining strategik ahamiyatdagi, makroiqtisodiy tahlil va prognozlash yoʻnalishidagi, kommunikasiya yoʻnalishi bo‘yicha samarali tadbirlarini ishlab chiqishga oid taklifi 31 oktyabr 2023 yilda O‘zbeksiton Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan “Pul-kredit siyosatining 2024 yil va 2025-2026 yillar davriga mo‘ljallangan Asosiy yoʻnalishlari”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024 yil 5 apreldagi 1152-sonli ma'lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida yaqin istiqbolda moliyaviy havfsizlikni ta’minlashning pul-kredit siyosatiga oid strategik ahamiyatdagi (2025 yildan boshlab asosiy stavkaning shartli prognozini e’lon qilish va bozor ishtirokchilari bilan muhokama qilish; pul bozorida repo operasiyalari hajmini kengaytirishga asosiy e'tibor qaratish; pulning turli davrlardagi narxlari asosida daromadlar egri chizig‘ini shakllantirish choralarini ko‘rish; overnayt foiz stavka svoplari amaliyotini joriy etish va ular asosida daromadlilik egri chizig‘ini shakllantirishga oid tadbirlar amalga oshirilgan;
xorijiy kreditlardan foydalanish amaliyotida davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlash kafolatlarini mustahkamlash maqsadida markazlashgan investisiyalar umumiy hajmida davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarning ishtiroki ulushini 50 foizdan oshirmaslik yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 dekabr 2022 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №459-sonli Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024 yil 5 apreldagi 1152-sonli ma'lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish davlat qarzlarini samarali boshqarish, xorijiy kreditlarni samarali jalb etish va ularni manzilli hamda davlat investision siyosatining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq maqsadli taqsimlash imkoniyatlarini oshirdi;
moliyaviy havfsizlikni ta’minlash maqsadida aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida uning moliyaviy ta’minoti kafolatlarining yangi manbalarini qidirib topishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 fevral 2023 yildagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi №PF-27-sonli Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024 yil 5 apreldagi 1152-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi xalqaro va mahalliy fond birjalarida «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJning ipoteka obligasiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun kompaniyaning ustav fondi 100 mln AQSh dollari ekvivalentiga etkazilishi ta’minlandi va bunda, ipoteka obligasiyalarini joylashtirish hisobiga jalb qilingan mablag‘lar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtirilishi tartibi joriy etildi.