G‘anieva Guliruxsor Islamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “VII-sinfda biologiyani fizika bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (baliqlar misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped6339. 
Ilmiy rahbar: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmatov Uchkun Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot etib: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablarining VII-sinfida biologiyani fizika bilan uyg‘unlashgan holda media vositalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
media vositalarining tashkiliy komponentlari biologiyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishga oid nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari metodik, ijtimoiy, kreativ, psixologik, pedagogik, individual, kommunikativ, innovatsion texnologiyalar orqali takomillashtirilgan;
biologik va fizik mazmunga ega bo‘lgan interfaol, muammoli, vizual va amaliy topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, ular orqali o‘quvchilarning media savodxonligi, tanqidiy fikrlashi, muloqot va fikrini asoslab bera olish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik asos yaratildi;
biologiya va fizika fanlarini media vositalari orqali bog‘lash tamoyilidan foydalangan holda takomillashtirilgan “Biologiyani fizika bilan fanlararo aloqadorlikda o‘qitish texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan;
biologiya va fizika fanlarini uyg‘unlashgan holda o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini elektron axborot ta’lim resurslari asosida tashkil etish darajalari (reproduktiv, produktiv, izlanishli, ijodiy) mazmuni kompyuter dasturlari (Scratch, Genially, Blooket, Quizizz)ga muvofiq takomillashtirilgan hamda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan elektron axborot ta’lim resurslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. VII-sinfda biologiyani fizika bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (baliqlar misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
biologiyani fizika bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘qitishga oid nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari metodik, ijtimoiy, kreativ, psixologik, pedagogik, individual, kommunikativ, innovatsion media vositalari asosida takomillashtirilgan media vositalarning tashkiliy komponentlariga oid taklif va tavsiyalar “Biologiyani fizika bilan fanlararo aloqadorlikda o‘qitish texnologiyasi” (№008186 10.12.2024) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurudagi ta’lim markazining 2025-yil 25-fevraldagi 01/11-1-163-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kreativligi va kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari, didaktik jihatlari, media vositalarining tashkiliy komponentlarini o‘qitishga oid nazariy bilim, amaliy koʻnikma, malaka va kompetensiyalarining rivojlanganligi, oʻquv-bilish faoliyatining shakllanganligi kabi omillarini interfaol oʻqitish bilan optimallik darajasini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
biologiyani fizika bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘qitishning samarali usul va metodlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Biologiyada baliqlar bo‘limini fizika bilan bog‘lab o‘qitish metodikasini takomillashtirish” web ilovasi (№DGU 30204.21.11.2023) mazmuniga singdirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurudagi ta’lim markazining 2025-yil 25-fevraldagi 01/11-1-163-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiyani o‘qitishning samarali ilmiy-metodik ta’minoti takomillashtirishga erishilgan;
dars, darsdan tashqari konferensiya, to‘garak mashg‘ulotlarida biologiyani fizika fani bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishning tashkiliy–metodik komponenti innovatsion o‘qitishning kognitiv (mediasavodxonlikka yo‘nalganlik), pedagogik faoliyatga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (bilishga va o‘rganishga) qaror toptirishning didaktik ta’minoti (rejalashtirish, dasturlashtirish, loyihalashtirish) asosida shakllantirishga oid takliflar “VII-sinfda biologiyani fizika bilan bog‘lab noana’naviy o‘qitish metodlari” o‘quv-uslubiy dasturi mazminiga (№DGU 44467.18.11.24) singdirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurudagi ta’lim markazining 2025-yil 5-fevraldagi 01/11-1-163-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning innovatsion, kreativ fikrlash va kognitiv faoliyatini rivojlantirish metodikasini elektron taʼlim resurslari vositasida takomillashtirish imkoniyati yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish