Elmonov Bekmurod Ermat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida ish bilan bandlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2033.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Tolametova Zilola Abdijaparovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Irmatova Aziza Baxramovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida ish bilan bandlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat bozoridagi avlod vakillari bandligi samaradorligini sun’iy intellekt ishtirokida onlayn mehnat platformalarini shaxsiy hayot, mehnat faoliyati va professional qiziqishlar muhiti o‘rtasidagi balans asosida tartibga solishga ko‘ra oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mehnat bozorini global tendensiyalariga moslashtirish, raqamli va innovatsion rivojlanishga ko‘ra yangi ish o‘rinlarini ustuvor yaratish, investisiyalarning ijtimoiy foydalilik darajasini oshirish kabi omillarga ko‘ra, jumladan texnologik malaka va ta’limni yanada rivojlantirish, innovatsion hamda ijtimoiy tadbirkorlik, inklyuziv bandlik va hamkorlik ishlab chiqarishini (klaster, infratuzilma va b.) yanada qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tadbirkorlikning umumiy tadbirkorlikdagi ulushini 40-50%gacha oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha bandlik ulushi, unumdorlik va iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘zgarishining 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
aholi bandligini oshirish va «YaMMT» IDAK bandlikni raqamli vositalar majmuasi va nostandart bandlikka ko‘ra rivojlantirish hamda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi doirasida, jumladan “masofaviy bandlik operatori” kichik loyihasini amalga oshirish, aholi nostandart bandligi samaradorligini maqsadli guruhlarga ko‘ra baholash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida ish bilan bandlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
mehnat bozoridagi avlod vakillari bandligi samaradorligini sun’iy intellekt ishtirokida onlayn mehnat platformalarini shaxsiy hayot, mehnat faoliyati va professional qiziqishlar muhiti o‘rtasidagi balans asosida tartibga solishga ko‘ra oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha raqamli ekotizim” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 30 avgustdagi 01/00-02/10-8141-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif onlayn mehnat platformasida bandlar sonini umumiy bandlik tarkibidagi hissasini 1-3 %gacha oshirish (2023 yil 142,3-427,1 ming kishidan 2030 yil 178,1-514,4 ming kishigacha) imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mehnat bozorini global tendensiyalariga moslashtirish, raqamli va innovatsion rivojlanishga ko‘ra yangi ish o‘rinlarini ustuvor yaratish, investisiyalarning ijtimoiy foydalilik darajasini oshirish kabi omillarga ko‘ra, jumladan texnologik malaka va ta’limni yanada rivojlantirish, innovatsion hamda ijtimoiy tadbirkorlik, inklyuziv bandlik va hamkorlik ishlab chiqarishini (klaster, infratuzilma va b.) yanada
qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tadbirkorlikning umumiy tadbirkorlikdagi ulushini 40-50%gacha oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartish va bandlik vazirligi tomonidan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududni eksport salohiyatini va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 30 avgustdagi 01/00-02/10-8141 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif «Urgut» EIZ hududida qiymati 313,0 mln.dollarlik 55 ta investisiya loyihasi ishga tushirishga va 4 328 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha bandlik ulushi, unumdorlik va iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘zgarishining 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022 - 2026-yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2022-yil 28-aprel 222-son) qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi-ning 2023 yil 30 avgustdagi 01/00-02/10-8141 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif etilgan maqsadli parametrlarga erishishni ta’minlash viloyat aholisining bandlik darajasi respublika ko‘rsatkichlariga yaqinlashish, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, bilim sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan innovatsion sohalarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga, hududning eksport salohiyatini oshirishga olib keladi;
aholi bandligini oshirish va «YaMMT» IDAK bandlikni raqamli vositalar majmuasi va nostandart bandlikka ko‘ra rivojlantirish hamda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Samarqand viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi doirasida, jumladan “masofaviy bandlik operatori” kichik loyihasini amalga oshirish, aholi nostandart bandligi samaradorligini maqsadli guruhlarga ko‘ra baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartish va bandlik vazirligi tomonidan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududni eksport salohiyatini va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 30 avgustdagi 01/00-02/10-8141 sonli ma’lumotnomasi). Taklif aholi bandligini ta’minlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishga, viloyatda nostandart bandlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.