G‘ulomov Jobirbek G‘iyos o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasini takomillashtirish 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6834.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Ilmiy rahbar Djuraev Risboy Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Eshimov Rahmon Rustamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari adaptiv darajadan tizimli raqamlashtirilgan darajaga o‘tishini ta’minlash hamda nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va reflektiv o‘z-o‘zini baholash vositalarini zamonaviy mehnat bozorining ehtiyojlariga uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasidan o‘quv jarayonida foydalanishning didaktik modeli tizimli va faoliyatli yondashuvlarga ustuvorlik berish, didaktik tamoyillarni rivojlantirish bosqichlariga uyg‘unlashtirish hamda “Informatika o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishning tarkibiy qismlarining maqsadli-motivatsion, kognitiv-amaliy, refleksiv-funksional, kreativ-ijodiy va baholash monitoringi uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning raqamli ta’lim platformasi (io.tdpu.uz)ni o‘quv jarayoniga tadbiq etish metodikasi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari, modul materiallari, video va audio darslar, turli mezonli darajali topshiriqlar, nazorat testlar, muloqot chati, guruhlar monitoringiga transformatsiyalash hamda didaktik vositalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik mezonlari bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasidan foydalanish samaradorligi interaktivlik, moslashuvchan ta’lim, motivatsiyani oshirish, ijtimoiy mustaqillik, didaktik materiallarni loyihalash, o‘zaro hamkorlik, innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda resurslar bilan ishlashning didaktik va metodik funksiyalarini kasbiy faoliyatga moslashtirishning maqsadli-motivatsion, kognitiv-amaliy, refleksiv-funksional, kreativ-ijodiy mezonlarini baholash darajalari dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari adaptiv darajadan tizimli raqamlashtirilgan darajaga o‘tishini ta’minlash, hamda nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va reflektiv o‘z-o‘zini baholash vositalarini zamonaviy mehnat bozorining ehtiyojlariga uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 8-maydagi 11-05-2066/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi raqamli vositalardan foydalanish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish va refleksiya qobilyatlari rivojlangan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasidan o‘quv jarayonida foydalanishning didaktik modeli tizimli va faoliyatli yondashuvlarga ustuvorlik berish, didaktik ta’moyillarni rivojlantirish bosqichlariga uyg‘unlashtirish hamda “Informatika o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishning tarkibiy qismlarining maqsadli-motivatsion, kognitiv-amaliy, refleksiv-funksional, kreativ-ijodiy va baholash monitoringi uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 8-maydagi 11-05-2066/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasidan foydalanishga qulay sharoitlar yaratilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning raqamli ta’lim platformasi (io.tdpu.uz)ni o‘quv jarayoniga tadbiq etish metodikasi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari, modul materiallari, video va audio darslar, turli mezonli darajali topshiriqlar, nazorat testlar, muloqot chati, guruhlar monitoringiga transformatsiyalash hamda didaktik vositalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik mezonlari bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 8-maydagi 11-05-2066/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy fanlarni o‘qitish mazmunini yaxshilashga va kasbiy kompetentlikning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasidan foydalanish samaradorligi interaktivlik, moslashuvchan ta’lim, motivatsiyani oshirish, ijtimoiy mustaqillik, didaktik materiallarni loyihalash, o‘zaro hamkorlik, innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda resurslar bilan ishlashning didaktik va metodik funksiyalarini kasbiy faoliyatga moslashtirishning maqsadli-motivatsion, kognitiv-amaliy, refleksiv-funksional, kreativ-ijodiy mezonlarini baholash darajalari dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 8-maydagi 11-05-2066/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan raqamli ta’lim platformasidan faydalanib bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning dinamik o‘sishi kuzatilgan.