Sharipov Akramjon Qurbonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta’minlash muammolari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Yu794.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Aminjonova Matluba Axmedovna – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.37.27.02:2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Kuldashev Nuriddin Abduganievich - yuridik fanlar doktori, professor; Xidoyatullaev Alisher Toirovich – yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta’minlash kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda bu boradagi tartib-taomillarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida mulkni insofli egallovchining mulkiy huquqlari himoya qilinishiga doir takliflar asoslantirilgan;
xususiy mulk huquqi daxlsizligini ta’minlashning qo‘shimcha kafolatlarini yaratish maqsadida mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlarini tatbiq etish lozimligi asoslantirilgan;
xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta’minlashni oshirish maqsadida sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish tartibini bekor qilish asoslantirilgan;
xususiy mulk huquqining daxlsizligini kuchaytirish maqsadida xususiy mulk bo‘lgan turar joyni insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida mulkdorga etkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasi” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘arma”lar mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi asoslantirilgan;
xususiy mulk huquqi daxlsizligini ta’minlashni yanada chuqurlashtirish maqsadida turar joy insofli egallovchidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishiga yo‘l qo‘yilmasligi natijasida mulkdorga etkazilgan zararning qoplab berilishi zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
mulkni insofli egallovchining mulkiy huquqlari himoya qilinishi bo‘yicha bildirilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-sonli Farmonining 6-bandini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 4-avgustdagi 11/32-3/1-505-sonli dalolatnomasi) foydalanilgan. Mazkur takliflarning joriy etilishi xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda mulkdorlarning huquqlarini ishonchli muhofaza qilish imkonini bergan;  
mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlarini qo‘llash bo‘yicha ilgari surilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-sonli qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-son qarori bilan bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan) 9-bandi “b” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 12-15-36-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi xususiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulkni insofli egallovchilarning huquqlarini samarali himoya qilishga, bunda mulkdorlarning huquqlarini ta’minlashni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish tartibini bekor qilishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–198-sonli Farmonining 1-bandi “b” kichik bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 4-avgustdagi 11/32-3/1-505-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif insofli egallovchilar mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilgan;   
xususiy mulk bo‘lgan turar joyni insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida mulkdorga etkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasi” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘arma”lar mablag‘lari hisobidan qoplab berilishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–198-sonli Farmonining 4-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 4-avgustdagi 11/32-3/1-505-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif xususiy mulk bo‘lgan turar joyni insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida mulkdorga etkazilgan zararni undirish tartibi aniq belgilanishiga xizmat qilgan; 
turar joy insofli egallovchidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishiga yo‘l qo‘yilmasligi natijasida mulkdorga etkazilgan zararning qoplab berilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-sonli qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 
5-yanvardagi 9-son qarori bilan bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan) 9-bandi 6-kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 12-15-36-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish