Yunusova Dilfuza Xusanboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Osobennosti narusheniya reproduktivnoy funksii u jenshhin perenesshix COVID-19”, 14.00.01 – Akusherlik i ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Tib2622.
Ilmiy rahbar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar:  Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan ayollarda hayz siklining buzilishi xususiyatlarini, va koronavirus infeksiyasining ayollar reproduktiv funksiyasiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan ayollarda bachadon va tuxumdon arteriyalarida rezistenlik indeksi (RI) va pul`satsion indeks (PI) oshishi kuzatildi, va asosiy guruhda RI ko‘tarilishi taqqoslash guruhiga nisbatan 1,9 barobar va nazorat guruhiga nisbatan 3 barobar yuqori bo‘ldi (P<0,01), PI asosiy guruhda, taqqoslash guruhiga nisbatan 1,5 barobar va nazorat guruhiga nisbatan 2 barobar oshgani bilan isbotlangan;
postkovid sindromi boshdan kechirgan asosiy guruhda TTG darajasi nazorat guruhiga nisbatan 4,69 barobar va taqqoslash guruhiga nisbatan 2,5 barobar yuqori, T3 darajasi nazorat guruhiga nisbatan 2,1 barobar va taqqoslash guruhiga nisbatan 1,9 barobar ko‘p, TPO antitelolarining darajasi 500,0 IE/ml bo‘lib, nazorat guruhi (20,0 IE/ml) va taqqoslash guruhi (32,89 IE/ml) bilan solishtirganda sezilarli darajada yuqori edi, bu esa qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, autoimmun tireoidit rivojlanishi va reproduktiv tizimdagi disbalans infeksiyaga javob sifatida paydo bo‘lgan metabolik va gormonal buzilishlari bilan isbotlangan;
COVID-19ni boshidan kechirgan ayollarda AMG va ingibin V darajalari pasayib, dopplerometriya (RI va PI) ko‘rsatkichlari oshgan, asosiy guruhda AMG darajasi 18-20 yoshda 2,08 ng/ml bo‘lib, bu nazorat guruhiga nisbatan 4,4 barobar kam. 36-41 yoshda esa AMG darajasi 0,15 ng/ml ga tushib, 21 barobar kamayganligi va Ingibin V darajasi 186 pg/ml dan 76 pg/ml ga tushishi bachadon va tuxumdon arteriyalarida RI > 0,90 (48,4% va 51,6%) va PI > 2,30 oshishi, ovarial rezervning kamayishi bilan korelyasiyasi isbotlangan;
tadqiqot asosida COVID-19 o‘tkazgan ayollarda “Reproduktiv faoliyati buzilishlarining prognozlash modeli” yaratilgan, natijada asosiy guruhda reproduktiv salohiyati past ayollar 11%, reproduktiv salohiyati o‘rtacha ayollar 58% tashkil qildi, model` reproduktiv salohiyati pasaygan, ammo to‘liq yo‘qolmagan ayollarni aniqlash va profilaktik tadbirlarning samaradorligini 85-90% gacha oshirishi isbotlangan;.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan ayollarda menstrual va reproduktiv salomatlikning buzilishini aniqlash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan ayollarda gemodinamik buzilishlar bachadon va tuxumdon arteriyalarida RI (rezistentlik indeksi) va PI (pul`satsiya indeksi) ko‘rsatqichlarini ortishi asosiy guruhda, taqqoslash guruhiga nisbatan 1,9 barobar,  nazorat guruhiga nisbatan esa 3 barobar yuqori (P<0,01) bo‘lgani isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvarda № 307-t bilan tasdiqlangan “Diagnosticheskie kriterii narusheniya menstrual`nogo sikla u jenshhin perenesshix COVID-19” nomli uslubiy tavsiyanomada aks etilgan, mazkur taklif Toshkent shaxar №5 son tug‘ruq kompleksi 2024 yil 13 iyunda №74 sonli buyrug‘i, xamda Toshkent shaxar №3 son tug‘ruq kompleksi 2024 yil 10 iyunda №81 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 oktyabrdagi №7/114-son xulosasi). Ijtimoiy samaradoligi: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda bachadon va tuxumdon arteriyalarida gemodinamik ko‘rsatkichlari RI va PI ko‘rsatkichlarining asosiy guruhda 1.9 barobar (taqqoslash guruhiga nisbatan) va nazorat guruhiga nisbatan 3 barobar yuqori bo‘lishi qon aylanishi susayishi sababidan ovarial rezervni va reproduktiv faoliyatning buzilishlariga olib kelishi bu asoratlarni  erta muddatda aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradoligi: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda bachadon va tuxumdon arteriyalarida rezistentlik va pul`satsiya indekslarining asosiy guruhda 1.9 barobar (taqqoslash guruhiga nisbatan) va nazorat guruhiga nisbatan 3 barobar yuqori bo‘lishi aniqlangan, bu esa ayollarda ovarial rezervni va reproduktiv faoliyatning buzilishlarini doplerometrik tekshiruv orkaliq aniqlash va reproduktiv faoliyatni baxolash standart diagnostika algoritmiga nisbatan bir teshiruv uchun sarflanadigan 310000 so‘m, 62 nafar bemor xisobidan  12400000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Postkovid davrda ayollarda bachadon va tuxumdom doplerometriyasini qullash usuli tuxumdonlardagi qon aylanishi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan reproduktiv faoliyati pasayishini oldini olgan va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib 1 nafar bemor xisobidan harajatlarni 200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID- 19 o‘tkazgan ayollarda qalqonsimon bez gormonlarida o‘zgarishlar, jumladan TTG darajasi 4,69 barobar oshishi, umumiy T3 darajasi esa 2,1 barobar oshishi, TPO antitelolarining darajasi 500,0 IE/ml bo‘lganligi kuzatilgan, bu esa o‘z navbatida  autoimmun tireoidit, gipotireoz rivojlanishi va reproduktiv tizimdagi buzilishlar infeksiya sababidan paydo bo‘lgani bilan isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvarda № 307-t bilan tasdiqlangan “Diagnosticheskie kriterii narusheniya menstrual`nogo sikla u jenshhin perenesshix COVID-19” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar №5 son tug‘ruq kompleksi 2024 yil 13 iyunda №74 sonli buyrug‘i, xamda Toshkent shaxar №3 son tug‘ruq kompleksi 2024 yil 10 iyunda №81 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 oktyabrdagi №7/114-son xulosasi). Ijtimoiy samaradoligi: COVID- 19 o‘tkazgan ayollarda qalqonsimon bez gormonlarida o‘zgarishlar, jumladan TTG darajasi 4,69 barobar, umumiy T3 darajasi 2,1 barobar, TPO antitelolarining darajasi 500,0 IE/ml oshishi autoimmun tireoidit, gipotireoz rivojlanishi va reproduktiv faoliyatidagi buzilishlar infeksiya sababidan paydo bo‘lgani isbotlanishi endokrinologlar, umumiy amaliyot shifokorlari uchun ushbu ayollarda reproduktiv faoliyati buzilishini erta tashxislashda aniq diagnostik mezonlardan foydalanishga hamda COVID- 19 o‘tkazgan ayollarni davolashda samarali patogenetik usulni belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradoligi: gormonal buzilishlari bo‘lgan bemorlarni standart laborator diagnostikasi uchun bir tekshiruvga 880000 so‘mni tashkil qiladi, tadqiqotimiz asosida aniqlangan, aynan COVID-19 ta’siridan kelib chiqadigan reproduktiv faoliyati bulizilishlarini xavfini aniqlash uchun sezgir gormonlarni tekshirish 62 nafar bemor xisobidan 24180000 mablag‘ni tashkil etgan va byudjetdan tashkari mablag‘larni 30380000 so‘mga tejash imkonini bergan. Xulosa: COVID- 19 o‘tkazgan ayollarda gormonal va reproduktiv buzilishlarni erta aniqlashda aynan COVID-19 infeksiyasi ta’siridan kelib chiqadigan reproduktiv faoliyati bulizilishlarini xavfini aniqlash uchun sezgir gormonlarni tekshirish yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi 1 nafar bemor uchun 490000 so‘mni tashkil qildi, bu esa standart laborator diagnostikasi xarajatlardan 390000 so‘m mablag‘ tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda AMG va ingibin V darajalari pasayishi, asosiy guruhda AMG darajasi 18-20 yoshda 2,08 ng/ml bo‘lib, bu nazorat guruhiga nisbatan 4,4 barobar kamligi, 36-41 yoshda esa AMG darajasi 0,15 ng/ml ga tushib, 21 barobar kamaygani, Ingibin V darajasi 186 pg/ml dan 76 pg/ml ga tushishi ovarial rezervni kamayishiga olib kelgan va bu o‘zgarishlar bachadon va tuxumdon arteriyalarida rezistentlik oshishi bilan korelyasiyasi isbotlangan, mazkur taklif Toshkent shaxar №5 son tug‘ruq kompleksi 2024 yil 13 iyunda №74 sonli buyrug‘i, xamda Toshkent shaxar №3 son tug‘ruq kompleksi 2024 yil 10 iyunda №81 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 oktyabrdagi №7/114-son xulosasi). Ijtimoiy samaradoligi: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda asosiy guruhda AMG darajasi 18-20 yoshda 2,08 ng/ml bo‘lib, bu nazorat guruhiga nisbatan 4,4 barobar kamligi, 36-41 yoshda esa AMG darajasi 0,15 ng/ml ga tushib, 21 barobar kamaygani, Ingibin V darajasi 186 pg/ml dan 76 pg/ml ga tushishi ovarial rezervni kamayishiga olib kelgan va bu o‘zgarishlar bachadon va tuxumdon arteriyalarida rezistentlik oshishi bilan korelyasiyasi isbotlanishi orqali COVID-19ni reproduktiv tizimga ta’siri asoratlarini o‘tkazayotgan yuqori xavf guruxdagi ayollarni erta muddatda aniqlashda yuqori samaradorlikni ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradoligi: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda AMG va ingibin V darajalari pasayishi ovarial rezervni kamayishiga olib kelgan va bu o‘zgarishlar bachadon va tuxumdon arteriyalarida rezistentlik oshishi bilan korelyasiyasi aniqlanganligi postkovid davrida reproduktiv buzilishlarni aniqlash uchun doprerometrik tekshiruv o‘tkazilganligi xarajatlarni 114 bemor hisobidan 98040000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda AMG va ingibin V darajalari pasayishi ovarial rezervni kamayishiga olib kelgan va bu o‘zgarishlar bachadon va tuxumdon arteriyalarida rezistentlik oshishi bilan korelyasiyasi isbotlanishi COVID-19ni o‘tkazgan ayollarda ovarial rezerv va gormonal o‘zgarishlarni aniqlashda standart diagnostika algoritmiga qaraganda, xar 1nafar bemor xisobidan 860000 so‘mgacha mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tadqiqot asosida COVID-19 o‘tkazgan ayollarda “Reproduktiv faoliyati buzilishlarining prognozlash modeli” yaratilgan, natijada asosiy guruhda reproduktiv salohiyati past ayollar 11%, reproduktiv salohiyati o‘rtacha ayollar 58% tashkil qildi, model` reproduktiv salohiyati pasaygan, ammo to‘liq yo‘qolmagan ayollarni aniqlash va profilaktik tadbirlarning samaradorligini 85-90% gacha oshirishi isbotlangan, mazkur taklif Toshkent shaxar №5 son tug‘ruq kompleksi 2024 yil 13 iyunda №74 sonli buyrug‘i, xamda Toshkent shaxar №3 son tug‘ruq kompleksi 2024 yil 10 iyunda №81 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 oktyabrdagi №7/114-son xulosasi). Ijtimoiy samaradoligi: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda “Reproduktiv faoliyati buzilishlarining prognozlash modeli” ni qo‘llash natijadasi asosiy guruhda reproduktiv salohiyati past ayollar 11%, reproduktiv salohiyati o‘rtacha ayollar 58% tashkil qildi, model` reproduktiv salohiyati pasaygan, ammo to‘liq yo‘qolmagan ayollarni aniqlash va profilaktik tadbirlarning samaradorligini 85-90% gacha oshirishi endokrinolog, reproduktolog, umumiy amaliyoti shifokorlari uchun COVID-19 o‘tkazgan ayollarda bepushtlik xavfi yuqori bemorlarni erta aniqlashda samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradoligi: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda “Reproduktiv faoliyati buzilishlarining prognozlash modeli” ni qo‘llash natijadasi asosiy guruhda reproduktiv salohiyati past ayollar 11%, reproduktiv salohiyati o‘rtacha ayollar 58% tashkil qildi, model` reproduktiv salohiyati pasaygan, ammo to‘liq yo‘qolmagan ayollarni aniqlash va profilaktik tadbirlarning samaradorligini 85-90% gacha oshirishi menstrual va reproduktiv faoliyati buzilgan bemorlarni standart diagnostika usuliga nisbatan 114 nafar ayollarni tekshiruvi uchun bemor xisobidan umumiy tejamkorlik 54150000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan ayollarda “Reproduktiv faoliyati buzilishlarining prognozlash modeli” ni qo‘llash natijadasi asosiy guruhda reproduktiv salohiyati past ayollar 11%, reproduktiv salohiyati o‘rtacha ayollar 58% tashkil qildi, model` reproduktiv salohiyati pasaygan, ammo to‘liq yo‘qolmagan ayollarni aniqlash va profilaktik tadbirlarning samaradorligini 85-90% gacha oshirishi menstrual va reproduktiv faoliyati buzilgan bemorlarni standart diagnostika usuliga nisbatan 1 nafar bemor uchun to‘laqonli tekshiruv o‘tkazish uchun bemor xisobidan 34,17% xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish