Latipov Rustambek Atazanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslarning integratsiyasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped797. Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024A.11.02
Rasmiy opponentlar:Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori,  professor; Sulaymanov Asqarali, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: axborot va didaktik resurslarning integratsiyasini modellashtirish va ta’lim jaroyoniga joriy qilish orqali umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslar integratsiyasining didaktik imkoniyatlari ratsional salohiyatini prognostik baholash hamda zamonaviy axborot muhitidagi ta’lim jarayoniga grafik bilim va ko‘nikmalarini oshirishning pedagogik mazmunini diagnostik-metodik tahlillash hamda shaxs rivojlanishini belgilovchi psixologik xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi motivatsion, kreativ, faoliyatli, variativ yondashuvga moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslari ta’lim jarayoni subektlarining o‘zaro aloqa imkoniyatlari ta’limiy maqsadlarning produktiv natijadorligini mantiqiy va abstrakt fikrlashini, shaxsning ijodkorlik xususiyatlarini va kuzatuvchanligini, politexnik bilim va garfik savodxonligini rivojlantirishni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslarning integratsiyasini ta’minlash jarayoni o‘zaro hamkorlik va ishonch muhitini motivatsion, kognitiv, emotsional ehtiyojlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik infratuzilmani shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslarning integratsiyasini ta’minlash samaradorligi o‘quvchilarning grafik bilimlari va grafik ko‘nikmalarini, shaxsning ijodkorlik xususiyatlarini va kuzatuvchanligini shakllantirish, akademik va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash vositalari kompleksini ta’limiy maqsadlarga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IVTadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslarning integratsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslar integratsiyasining didaktik imkoniyatlari ratsional salohiyatini prognostik baholash hamda zamonaviy axborot muhitidagi ta’lim jarayoniga grafik bilim va ko‘nikmalarini oshirishning pedagogik mazmunini diagnostik-metodik tahlillash hamda shaxs rivojlanishini belgilovchi psixologik xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi motivatsion, kreativ, faoliyatli, variativ yondashuvga moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim jarayonini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 27- iyuldagi 02-02/3-1965-son ma’lumotnomasi). Natijada dars jarayonida o‘quvchilar bajarishi rejalashtirilgan grafik mashqlar va topshiriqlarga vaqt sarfini kamaytirishga, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga erishilgan;
umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslari ta’lim jarayoni subektlarining o‘zaro aloqa imkoniyatlari ta’limiy maqsadlarning produktiv natijadorligini mantiqiy va abstrakt fikrlashini, shaxsning ijodkorlik xususiyatlarini va kuzatuvchanligini, politexnik bilim va garfik savodxonligini rivojlantirishni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Chizmachilik va grafika. 8-sinf” hamda “Chizmachilik va grafika. 9-sinf” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021-yil 28- oktyabrdagi 01/11-01/11-1533-son guvohnoma). Natijada o‘quvchilarning grafik savodxonligini oshirish, ularda grafik madaniyat asoslarini shakllantirish, grafika bo‘yicha nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda grafika vositalari yordamida ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslarning integratsiyasini ta’minlash jarayoni o‘zaro hamkorlik va ishonch muhitini motivatsion, kognitiv, emotsional ehtiyojlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik infratuzilmani shakllantirish asosida va umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonida axborot va didaktik resurslarning integratsiyasini ta’minlash samaradorligi o‘quvchilarning grafik bilimlari va grafik ko‘nikmalarini, shaxsning ijodkorlik xususiyatlarini va kuzatuvchanligini shakllantirish, akademik va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash vositalari kompleksini ta’limiy maqsadlarga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Chizmachilik. Topshiriqlar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 9-iyundagi 220-son buyrug‘i, 220-5 raqamli guvohnoma). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi chizmachilik fanidan ta’lim jarayonining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish orqali o‘quvchilarning grafik bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish